O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
Farg’ona - 2020
“Fizika” fanidan laboratoriya ishlarini bajarish bo’yicha
5320300 – «Texnologik mashina va jihozlar» yo’nalishi bo’yicha bakalavriat talabalari uchun
USLUBIY KO’RSATMA
“Физика” кафедраси
Ushbu ko’rsatma O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi qoshidagi fizika bo’yicha uslubiy birlashma tasdiqlagan amaldagi o’quv dasturiga asosan ishlab chiqilgan bo’lib, u texnika Oliy o’quv yurtlarining talabalari uchun “Fizika” fanidan laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazishga mo’ljallangan. Ko’rsatma “Fizika” fanidan 15 ta laboratoriya mashg’ulotlarini tashkillash va o’tkazish bo’yicha yo’riqnomalarni o’z ichiga olgan.
Tuzuvchilar:
FarPI Energetika fakulteti
Fizika kafedrasi: f-m.f.n.dots: Z.Mirzajonov
assistent: T.I.Raxmonov
Taqrizchilar:
FarPI Energetika fakulteti
Fizika kafedrasi: f-m.f.n.dots: E.Raximov
Ushbu ko’rsatmani energetika
fakultetining uslubiy
komissiyasi ma’qullagan.
Bayonnoma №___ “___” _________ 20__ yil.
Ushbu ko’rsatmani «Fizika» kafedrasining
uslubiy seminarida muhokama qilingan.
Bayonnoma №__ “___” _________ 20__ yil.
KIRISH
Hozirgi zamon fan-texnikasining rivojlanishida fizika fanining ahamiyati kattadir. Shuning uchun texnika oliy yurtlarida yuqori malakali muhandislar tayyorlashda fizika fanini o’qitish o’ziga yarasha ahamiyat kasb etadi.
Umumiy fizika kursidan laboratoriya miashg’ulotlari o’tkazishda quyidagi maqsadlar ko’zda tutiladi:
a) bo’lajak muxandislarga asosiy fizikaviy qonunlarni va hodisalarni chuqurroq o’zlashtirishlariga yordamlashish;
b) talabalarni ilmiy tekshirish ishlariga ijodiy yondoshish, eksperimental uslubni tog’ri tanlay bilish, fizikaviy kattaliklar qiymatlarini o’lchash va ularni formulalar vositasida tekshirishga o’rgatish;
v) zamonaviy asbob-uskunalar hamda fizikaviy o’lchash natijalarini matematik tahlil qilish uslublari bilan tanishtirish .
Ushbu uslubiy ko’rsatma “Fizikadan laboratoriya ishlari uchun uslubiy ko’rsatma” kitobning ikkinchi qayta ishlangan va to’ldirilgan nashri bo’lib, fizika kursining “Mexanika va molekulyar fizika” bo’limini o’z ichiga oladi. Ko’rsatmani tayyorlashda birinchi nashrdagi aksariyat ishlarda yo’l qo’yilgan nuqsonlarni bartaraf etishga, formulalar, belgilar, chizma hamda grafiklar sifatining yaxshilanishiga erishilgan. Ko’rsatmada har bir bajarilgan ish uchun nazariy ma’lumot, tajriba o’tkaziladigan qurilmaning tuzilishi, ishning bajarilish tartibi, o’zlashtirish uchun savollar va foydalanilgan adabiyotlar ko’rsatilgan.
Ushbu ko’rsatma 15 ta laboratoriya ishini o’z ichiga olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |