Mavzu savollari
1.Jigar anatomiyasi va fiziologiyasi.
2.Jigarning tabiiy mizoj belgilari.
3.Jigarning buzilgan tabiiy mizoj belgilari.
4.Jigar xastaliklari klassifikastiyasi.
5.Jigar kuchsizligi. Jigar tiqilmalari.
6.Jigar kasalliklarini tashxislash va davolash.
7.Ut qopi xastaliklari, sababi, tashxislash va davolash.
8.Taloq, xastaliklari sababi, tashxislash va davolash.
VII-BOB.SIYDIK AJRATISH VA JINSIY A’ZOLAR KASALLIKLARI
7.1. § Buyrak, siydik tosh va qovuq xastaliklarini sharqona usulda
tashxislash va davolash
Buyrak anatomiyasi
Buyrak qonni ortiqcha suvlikdan tozalaydigan qurol sifatida yaratilgan.
Suvlikning kerak bo`lganligini o’z navbatida izohlagan edik. Qon yetilib , badanga
o’tishga tayyor bo`lganda, bu suvlikka ehtiyoj qolmaydi. Bu suvlik badanda juda
ko`p bo`lganligidan uni o’ziga tortib tozalovchi bitta katta a`zo, yoki kichik
bo`lganda bir juft a`zo yaratilishi lozim edi.
Agar u bitta va katta bo`lganda edi, yaxshi joylasholmay, siqilib qolgan
bo’lar edi. Shuning uchun bitta bo`lish o’rniga ikkita buyrak yaratilgan. Uning ikkita
bo`lishida a`zolarning ikki bo`lak qilib yaratilgandagi ma`lum manfaatlar bordir;
bular ulardan biriga biror ofat yetsa, ikkinchisi uning vazifasini qisman yoki to’la
327
bajaradi. Ehtiyot uchun ularni sonda ko`p va javharlarini pishiq qilingan, bunday
bo`lishining bir qancha foydali tomonlari bordir birinchidan, ularning soni
qo’shilishidan hajmlarining kichikligi uncha bilinmaydi; ikkinchidan, javharlari
pishiqligidan suyuq narsalardan boshqa narsani tortib shimish mumkin bo’lmaydi;
uchinchidan, javhari pishiq, a`zo, har vaqt o’zi to’lgan o`tkir xiltli suyuqlikdan tez
ta`sirlanmaydi.
Buyraklarning shunday yaratilishlari natijasida yurak venasi quvvatining
bularga yaqin oraliqdan o’tishi qulay bo`lib, u yerda joylashgan ichki a`zolarga o’rin
ochiladi. O’ng buyrak, mumkin qadar, jigarga yaqinroq, va undan xiltlarni yaxshiroq
tortadigan bo`lishi uchun shul buyrakdan balandroq joylashtirildiki, u jigarga
tegishga yaqinlashdi, xatto jigarga yaqin turgan o’siqda tegib turadigan bo’ldi. Shul
buyrak shul tomondan taloq bilan siqishganligidan ham sizilib keluvchi suvlik
mo`tadil taqsimlanishda adashmasligi uchun tubanga qo’yildi bunda: siziluvchi
suvlik oldin yaqinroqdagi, keyin uzoqroqdagi a`zoga tortiladi.
Buyraklar botiq tomonlari bilan bir-birlariga yuzlanib turadi, qavargan
tomonlari esa umurtqa suyagiga yaqin turadi. Har bir buyrakning ichida bir kovak
bo`lib, bu kovakka yuqoriga ko’tariluvchi qisqa tomirdan keladigan suvlik emiziladi.
Bu emilgan suvlik, buyrak uni qon chiqindilaridan obdon tozalagandan keyin,
buyrakning ichki tomonidan sekin-asta siydik yo`li orqali keladi.
Buyrak tozalangan narsa bilan oziqlanib, chiqindini haydaydi. Chunki
suvlik modda buyrakka tomon sof holda ajralib kelmay, balki u etni qattiq
yuvgandagi yuvindisi kabi bo`lib, unda qon qoldig’i ham bo`ladi. Shuning uchun,
buyrak kuchsizlanganda suvlik moddasi tozalanmay, qonlik qismi bilan birga
chiqariladi va shuningdek, jigar kuchsiz bo`lganda ham u suvlikni qonlikdan
keragicha ajratolmay buyraklarga yuboradi. Shunda suvlikka aralashgan qon
moddasi buyrakning oziqlanishi uchun kerak bo`lgan miqdordan ko`p bo`ladi,
328
natijada chiqadigan suyuqlik buyrak oziqlanishdan zaif bo`lganidagi kabi et
yuvindisiga o`xshash bo`ladi.
Buyrakka parda hosil qiladigan mayda asab keladi; unga jigar darvozasi
tomonidan vena tomiri va jigarga keladigan arteriyalardan kattagina arteriya tomiri
ham keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |