189
Me`daga bog’liq bo`lsa:
■ Ko`ngil aynishi, ishtaxasizlik, me`da
sohasida noxush sezgi
qondan bo`lsa:
■Ko`z tomirlari bo`rtgan, qizargan, ko`z yoshlanmaydi, ko`z milki
kechqurun yopishib qoladi.
Safrodan bo`lsa:
■Ko`z sohasida qattiq sanchish, ko`zning alangalanib og’rishi, ko`z
yaralanishi, ko`z yoshi suyuq va o`tkir bo`ladi
Savdodan bo`lsa:
■Ko`zda og’irlik hissi, ko`rishning xiralashuvi, kipriklarning qovjirab
yopishishi
Yeldan bo`lsa:
■Ko`z sohasida tortishish hissi bo`ladi, ko`zdan yosh oqishi va og’irlik hissi
kuzatilmaydi
Balg’amdan bo`lsa:
Ko`z juda og’ir, milklar yopishib yiringlanadi, qovoqlar salqiydi, yoshlanish
kam.
Davolash
-kaptar qanotidan olingan issiq qon ko`zga tomiziladi
-o`zini (ya`ni bemorni) foni ham tomizilishi mumkin
- ayol ko`krak suti tomiziladi
- sovuqdan bo`lsa, hammomga
tushiriladi
- bobuna qaynatmasidan kompress qo`yish -ovqatdan 3 soat keyin suyuq
sharob ichib uxlash
1)Yuqoridagidek, moddani ko`zdan ketkazish uchun tortish yoki oqizish yo`li
bajariladi.
Tortish uchun miyadan tozalovchi dorilar bilan modda tortiladi.
190
Oqizish uchun yosh oqizuvchi dorilar buyuriladi.
2)
Uzluksizlikni
buzilishidan
bo`lsa,
ko`p
quritmaydigan,
hech
achishtirmaydigan dorilar
beriladi
3) Moddali kasalliklar bo`lsa, ovqat kamaytiriladi, yaxshi xilt saqlovchi narsalar
yeyish, bug’ paydo qiluvchi va vaznni yomon qiluvchi narsalardan saqlanish kerak.
Modda qaysi a`zodan qo`zg’alsa, o`sha a`zo tomiridan qon olinadi.
Agar miyaning sirtqi pardasidan modda kelsa, qortiq solib peshonaga
qaytaruvchi dorilar buyuriladi. Masalan: issiq modda uchun qovun po`chog’i, sovuq
modda uchun oq zok qo`yiladi.
Qon olinadigan tomirlar:
-Qifol va bosh atrofidagi turli tomirlar
-boshning old qismidagi tomirlardan qon olish ko`chirish uchun orqa qismidagi
tomirlardan qon olish tortish uchun foydalaniladi.
4) Mizojni o`zgartiruvchi sovituvchi dorilar - it uzum va qizil taskadan siqib
olinadigan suv, sachratqi suvi, sutcho`p suvi, gul suvi, ispagul shirasi
qizdiruvchi dorilar: mushk, murch, qono`t
qurituvchi dorilar: oltin va
kumush tuponi, surma
Bo`shashtiruvchi dorilar: o`rmonkara, sabr, filzaxra, za`faron, qizil guldan
tayyorlanadigan shamchalar.
Yumshatuvchi dorilar: sut, yanchilgan bodom, tuxum oqi, o`simlik shiralari.
Etiltiruvchi dorilar: zarcho`ba, sariq yo`ng’ichka, za`faron suvi, shinni, aynifsa
non botirilgan shinni.
Eritib tarqatuvchi dorilar: anziratgo`shtxo`r, arpabodiyon suvi
Og’riqsizlantiruvchi dorilar: mehrigiyo suvi, ko`knor ,afyun kabilar tavsiya
etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: