Farmatsevtik biotexnologiya



Download 4,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/134
Sana28.09.2022
Hajmi4,16 Mb.
#850569
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   134
Bog'liq
farmatsevtik biotexnologiya (1)

DNK ligaza
qo‘shni nukleotidlar orasidagi fosfodiefir bog‘larini tiklash orqali DNK 
bo‘laklarini bog‘lash kabi bitta asosiy vazifani bajaradi. Bu jarayon ligirlash deb ataladi. Gen 
muhandisligida ko‘pincha ligirlash uchun T4 fagining DNK-ligazasidan foydalaniladi. T4 ligaza 
yordamida DNK ning har qanday bo‘lagi “yopishqoq uchli” yoki “to‘mtoq uchli” qismlari 
biriktiriladi. Bu eng ko‘p qo‘llaniladigan fermentlardan biridir.
Nukleazalar 
- nuklein kislotlar molekulalari gidrolizi reaksiyalarini katalizlovchi 
fermentlarning yirik guruhi. DNK yoki RNK molekulalari nukleazalar ta’sirida bo‘laklarga yoki 
alohida nukleotidlarga parchalanib ketadi. Nukleazalarning hujayradagi dastlabki vazifasi – 
hayotiy jarayonning ayni vaqti uchun keraksiz bo‘lgan molekulalari (masalan, mRNK ni 
translyasiyadan so‘ng) degradatsiyasini va nuklein kislotlarni begona molekulalardan himoya 
qilish (bakteriya fag bilan zararlanganda fag DNK sini bakteriya nukleazalari tomonidan 
parchalab yuborilishi) dan iborat.
Restriktazalar.
Gen muhandisligida foydaliligi nuqtai nazaridan maxsus endonukleazalar 
alohida guruhni tashkil etadi.
Genlar ustida bevosita muolajalar o‘tkazish usullarining takomillashtirilishi restriksion 
endonukleazalar (restriktazalar)ning ochilishi bilan bog‘liqdir. 1953 yildayoq E.colining alohida 
shtammi DNK si boshqa shtammi hujayrasi (masalan, V shtammi DNKsi S shtammi hujayrasi) 


88 
ga kiritilganda, odatda, genetik faollik ko‘rsata olmaydi. CHunki u maxsus fermentlar-
restriktazalar bilan tezda bo‘laklarga bo‘lib yuboriladi. Hozirgi vaqtda turli xil 
mikroorganizmlardan mingdan ortiq har xil restriktazalar ajratib olingan. Gen muhandisligida 
200dan ortiq turi keng qo‘llanilmoqda. 
Restriktazalar endonukleazalarning DNKni muayyan maxsus ketma-ketliklari 
restriksiya 
saytlari
(nuqtalari)ni hosil qilib gidroliz qiladigan guruhi hisoblanadi. Har bir restriktaza 
o‘zining restriksiya saytini taniydi va DNKni restriksiya sayti izchilliklari ichidan yoki uning 
atrofidan boshlab qirqadi. SHunday qilib, muayyan bir restriktaza ta’sirida bitta va aynan o‘sha 
DNK ketma-ketligi har doim ham bir xildagi bo‘laklar yig‘indisini hosil qiladi. Restriktazalarni 
nomlashda ferment ajratib olingan bakteriya turining lotincha nomini bosh harflari va 
qo‘shimcha belgilaridan foydalaniladi. CHunki bir turdagi bakteriyalardan bir necha xil 
restriktazalar ajratib olingan bo‘lishi mumkin. Essherichia coli-EcoR I, EcoR V, Haemophilus 
influenzae –Hinf I, Streptomyces albus – Sal I, Thermus aquaticus – Taq I. Basillus 
ameloliguefaciens H 
Restriktazalar nukleotid ketma-ketliklarini qirqishiga ko‘ra, bir necha tipga bo‘linadi. I-
tipdagi restriktazalar restriksiya saytlarini taniydi, lekin tanib olgan saytdan ixtiyoriy masofada 
(bir necha o‘ndan to bir necha yuz ming nukleotid juftlarga qadar) qirqadi. Bunday 
restriktazalarni gen muhandisligi muammolarini hal etishda qo‘llab bo‘lmaydi. III-tipdagi 
restriktazalar ham I-tipdagi restriktazalarga o‘xshaydi, ular DNKni tanib olingan saytdan 20-35 
n.j. masofada gidroliz qiladi, shuning uchun ham amaliy maqsadlarda kam foydalaniladi. 
Rekombinant molekulalar olish uchun asosan II-tipdagi restriktazalar qo‘llaniladi. Bunday 
restriktazalarning asosiy tavsifi shundaki, ularning tanish sayti va qirqish joyi bir-biriga mos 
keladi. 

Download 4,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish