50
-fermentlarni hujayra ichiga fiksatsiya qilish usuli glyukozoizomeraza fermentini sanoatda
ishlatilishini asosini tashkil qiladi. Streptomitsetlarni (produtsentlar) 60-80
0
S gacha 3-5 daqiqa davomida
qizdirilganda, ularning hujayralarida kichik molekulalar bemalol o‘tadigan mu’tadil teshikchalar paydo
bo‘ladi. Mana shu hujayralar bilan reaktorlar to‘ldiriladi va undan glyukoza eritmasi o‘tkaziladi. Oqibatda
glyukoza-fruktoza sharbati hosil bo‘ladi.
SHu usulda
Artrobacter
hujayrasida fiksatsiya qilingan glyukozoizomeraza fermenti ham
amaliyotda ishlatilib kelinmoqda.
SHakar sanoatida shuningdek qiyin hazm bo‘luvchi raffinozani saxaroza va galaktozagacha
parchalab beruvchi ferment L-galaktozidazani ham immobillangan shaklidan keng foydalanib
kelinmoqda.
-kovalent bog‘lanish orqali immobillash usuli eng keng tarqalgan usullardan hisoblanadi.
Tashuvchi sifatida organik hamda noorganik, ko‘proq silikatli (g‘ovakli shisha) moddalardan
foydalaniladi. Fermentni tashuvchi bilan “tikuvchi” modda sifatida xilma-xil kimyoviy birikmalardan,
xususan glutaraldegid, gossipol, karbodiamid singari bifunksional moddalardan foydalaniladi. Bu usul
bilan olingan immobillangan fermentlar mustahkamligi bilan boshqa preparatlardan farqlanib turadi. Bu
usulni asosiy kamchiligi bog‘langan fermentlarni solishtirma faolligini pastligi hisoblanadi. Misol
tariqasida quyidagilarni keltirish mumkin: g‘ovak shishalarda kovalent bog‘lar orqali immobilizatsiya
qilingan glyukoamilaza fermentini reaktorlarda to‘xtovsiz ishlatilganda, ularni yarim inaktivatsiya davri
1,5 yilga to‘g‘ri kelgan. (AQSH ni Ayova shtatidagi biotexnologiya laboratoriyasi axboroti);
-fermentni sintetik polimerlar strukturasiga kiritish usuli, immobilizatsiyani eng oddiy va samarali
usullaridan biri hisoblanadi. Bu maqsad uchun ko‘proq poliakrilamid va jelatina gellaridan foydalaniladi.
Bu usulni asosiy kamchiligi yuqori molekulali substratlarga ta’sir etganda sodir bo‘ladigan diffuzion
muammolar hisoblanadi. Mana shu usul bilan juda katta miqyosda ishlatiladigan glyukozoizomeraza,
aminoatsilaza, β-galaktozidaza fermentlarini immobillangan shakllari olingan.
Biotexnologiyada fermentlarni texnologik jarayonlar sharoitiga moslashtirish bo‘yicha har xil ilmiy
va amaliy izlanishlar doimiy ravishda olib borilmoqda. 56-jadvalda sanoatda kengroq foydalaniladigan
fermentlarni immobillangan shakllari keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: