Farg’ona-2019 umumiy pedagogika o’quv-uslubiy majmua



Download 4,31 Mb.
bet71/168
Sana19.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#459798
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   168
Bog'liq
УМУМИЙ ПЕДАГОГИКА МАЖМУА 2019 У Максудов

Nazorat savollari:
1. Turkiston o‘lkasida ta’lim rivoji.(1917-1924) 1924-1945 yillarda ta’lim va pedagogika fani rivoji qanday bo‘lgan?
2. 1945-1991 yillarda O‘zbekistonda ta’lim tizimi va pedagogika islohotlarto‘g‘risida fikrlaringiz?
ADABIYOTLAR

  1. Hoshimov K., Nishonova S., Inomova M., Xasanov R. Pedagogika tarixi. – T.: “O‘qituvchi”, 1996.

  2. Hashimov K, Nishonova S. Pedagogika tarixi. – T.: “O‘zbekiston milliy kutubxonasi” nashriyoti, 2005.

  3. Hoshimov K., Ochil S. O‘zbek pedagogikasi antalogiyasi. – T.: “O‘qituvchi”, 1999.

  4. Hoshimov K., Ochil S. O‘zbek pedagogikasi antalogiyasi. – T.: “O‘qituvchi”, 2010.

23- mavzu .
Mustaqil O‘zbekiston ta’lim tizimi. Mustaqillik yillarida pedagogik fikrlar rivoji.
REJA

        1. Mustaqil O‘zbekiston ta’lim tizimi.

        2. Mustaqillik yillarida pedagogik fikrlar rivoji.

        3. I.Karimov asarlarida jamiyat rivojining ma’naviy-ahloqiy negizlari va yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishga doir konseptual fikrlarning ifoda etilishi.

Respublikamiz mustaqilligi e’lon qilingan 1991 yil 31 avgust nafaqat O‘zbekiston uchun balki tinchlik tarafdori bo‘lmish barcha demokratik davlatlar uchun axamiyatli voqea sifatida qabul qilindi. Shu yildan boshlab O‘zbekiston xar yili 1 sentyabrda mustaqillik kuni bayramini nishonlaydi.
Avvalam bor isloxatlarning asosiy tamoyillari ishlab chiqildi. Ular quyidagilardan iborat:

  1. Iqtisodiyotning siyosatdan ustivorligi;

  2. XX asrga o‘tish davrida davlatning boshqaruvchilik roli;

  3. qonunning ustivorligi.

  4. Axolining manfaatlarini ximoya qiladigan kuchli ijtimoiy siyosat.

  5. Isloxatlarni bosqichma-bosqich amalga oshirilishi.

Ushbu besh asosiy tamoyil albatta pedagogika faning xam keyingi rivojini belgilab beruvchi yo‘nalishlar sifatida qaralishi kerak. Chunki ana Shu tamoyil O‘zbekiston Respublikasini mustaqil, demokratik davlat sifatida shakllanishi va keyingi rivojlanishini ta’minlovchi kuchga ega. Demak, pedagogika fani o‘z ldiga qo‘yadigan maqsadlari xam ana Shu tamoyoillarga xamoxang bo‘lishi lozim.
Pedagogika fani ta’lim - tarbiya ishini Shunday uyushtirishi kerakki bu jarayonda quyidagi xususiyatlar tarbiyalansin:
- xur fikrlilik, milliy iftixor, milliy qadriyatlarga xurmat, insonparzarlik, vatanparvarlik, birodarlik va xamkorlik, iymon va e’tiqod, xalollik, axloqiy poklik, ijodkorlik va tashabbuskorlik, tadbirkorlik va ishbilarmonlik.
Mustaqillik tarbiyaining Shu yo‘nalishlari - milliy axloq-odobning tarkibiy qismidir. Shuningdek, ular mustaqillik tarbiyasining asosini tashkil qiladi. Zikr qilingan pedagogik asoslar xalq xo‘jaligining barcha soxalarini rivojlantirishda, xalqni tarbiyalashda muxim rol o‘ynashi tabiiy xoldir. Milliy istiqlol mafkurasini yoshlar qalbi va ongina singdirish ta’lim-tarbiYaning turli shakllari orqali amalga oshiriladi. Bunda quyidagi vazifalarni nazarda tutish lozim:

  • ta’lim muassasalarida bolalar va talabalarning yoshiga mos ravishda milliy istiqlol mafkurasini singdirishning differensial pedagogik-psixologik dasturini yaratish;

  • kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida o‘quvchi-talabalar ongida milliy g‘oya va milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish ishlarini uzluksiz tarzda olib borish;

  • o‘quv dasturlari, darslik va qo‘llanmalarda milliy istiqlol mafkurasi g‘oyalarini teran aks ettirish;

  • maktab, litsey, kollej, institutlarda va universitetlarda mafkuraviy tarbiYani bugungi kun talablari darajasiga ko‘tarish;

  • pedagog kadrlarning mafkura borasidagi bilimlarini chuqurlashtirish.

Respublikamizning istiqlolga eriShuvi jamiyat xayotining barcha jabxalarida Shu jumladan ta’lim-tarbiya soxasida xam o‘z aksini topdi. O‘zbek pedagogikasi tarixida burilish davri, Yangilanish davri boshlanadi. O‘zbekiston Respublikasidagi mustaqil xuquqiy, demokratik davlat, erkin fuqorolik jamiyati qurish yo‘lida ulkan ishlar inson moxiyatini Yangidan kashf qilishga, uni intelektual-amaliy rivojlanishi uchun Yangi shart-sharoitlar yaratib berdi. Bu o‘z navbatida insoniyat yaratgan ma’naviy-ilmiy boyliklarga, insonning o‘ziga Yangicha munosabat, yondaShuvni yuzaga keltirdi.
Sovet davrida yagona pedagogik tizim xukmronlik qilib, ta’lim jarayoni markazdan yuborilgan darslik va tavsiyalar, o‘quv rejalari, dasturlar asosida tashkil etilar edi.
Ona tili, vatan tarixi, geografiya, milliy urf-odat va an’analar e’tibordan chetda qolib, bolalar ota-bobolar o‘tmishidan bexabar o‘qitilar edi. Respublikamizning istiqlolga eriShuvi natijasida o‘zbek pedagogikasi ijodiy va milliy yo‘nalishda e’tiborli o‘zgarishlar kasb etdi. Boy milliy madaniy me’ros va avvallari e’tibordan chetda qolgan ilg‘or pedagogik fikrlar O‘zbekiston pedagogikasida o‘z o‘rnini topdi xamda o‘z vazifasini bajara boshladi. Yangi mazmunli darsliklar, uslubiy qo‘llanmalar yaratishda milliy-madaniy, tarixiy adabiyotlardan, o‘lka materiallaridan keng foydalanila boshlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 2 iyuldagi qaroriga asosan "Ta’lim to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni kuchga kirdi. O‘zbekiston Respublikasining 1992 yilda tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’lim maktabi to‘g‘risida muvaqqat Nizomi xamda "Ta’lim to’g‘risida"gi qonuni ta’lim tizimini jiddiy Yangilanishi, islox qilishiga asos bo‘ldi. Oldingi qabul qilingan qonunlardan 1930, 1949, 1958, 1973, 1984 yillar farqli ularoq, xalq ta’limi tizimi tuzilishining quyidagi Yangi tamoyillari joriy etildi:

  • ta’lim-tarbiYaning insonparvarligi xamda xalqchilligi;

  • ta’lim tizimining uzluksizligi va izchilligi;

  • davlat ta’lim standartlari doirasida xar bir kishiga millat, dinidan qat’i nazar ta’lim olishi uchun imkoniyat yaratilganligi;

  • davlat ta’lim tizimining ilmiyligi va dunyoviyligi;

  • ta’limda umuminsoniy va milliy-madaniy qadriyatlarning ustivorligi;

  • taYanch (to‘qqiz sinf darajasida) ta’limning majburiyligi;

  • ta’lim standartlarini tanlashda yagona va tabaqalashirilgan yondaShuv bo‘lishiga asoslanganligi;

  • ta’lim muassasalarida chet tillarini jiddiy o‘rganish, din tarixi, xalqimiz tarixi, madaniyati va jaxon madaniyatini tarixi soxasida bilim olish uchun sharoitlar yaratilganligi;

  • ta’lim muassasalarining turli siyosiy partiyalar va ijtimoiy-siyosiy harakatlarning ta’siridan xoliligi;

  • amaldagi qonunlar doirasida mulkchilikning barcha shakldagi ta’lim muassasalarining teng xuquqligi;

  • bilimdonlik va iste’dodni rag‘batlantirish;

  • tarbiyalanuvchilar va ta’lim oluvchilarni xurmatlash;

  • pedagog shaxsini, uning ijtimoiy mavqeini xurmatlash va boshqalar.

Ta’limni quyidagi yo‘nalishlarda islox qilish vazifalari belgilab olindi:

  • umuminsoniy qadriyatlar va milliy madaniyat asoslarini e’tiborda tutgan xolda ta’lim-tarbiya mazmunini milliy mufkura, mustaqil Vatan tuyg‘usi asosida o‘zgartirish va takomillashtirish;

  • ta’lim samaradorligini tinmay oshirish, jaxon andozalari darajasiga olib chiqish;

  • variativ o‘quv rejalari, dasturlar, darsliklar yaratish;

  • bilimdonlik va iste’dodni qo‘llab-quvvatlash;

  • ilg‘or tajribalarga, ijodkor ustozlar tajribasiga suYanish;

  • sinov ishlari olib borish, ta’lim-tarbiyada ilm-fan, texnika yutuqlariga suYanish;

  • ta’lim tarbiyada bosh isloxatchi bo‘lgan o‘qituvchi, tarbiyachilarning Yangi avlodni tayyorlashga kirishish;

  • ta’lim muassasalarining moddiy-texnika asosini mustaxkamlash, ta’limni kompyuterlashtirish, o‘quv jarayoniga Yangi pedagogik texnologiYani olib kirish;

  • ta’lim tizimini, boshqaruv faoliyatini takomillashtirish;

  • islox g‘oyalarini iloji boricha viloyat, tuman, maktab pedagogik jamoalariga tezroq etkazish, singdirish, amalga oshirish;

  • isloxni bosqichma-bosqich, mavjud, o‘zini oqlagan uslublardan voz kechmagan xolda amalga oshirib borish.

Rivojlangan mamlakatlarning tajribasi Shuni ko‘rsatmoqda, qaerda ta’lim va tarbiyaga e’tibor katta bo‘lsa, o‘sha erda taraqqiyot, yuksalish bor. Shuning uchun respublikamizning istiqboli uzluksiz ta’limni qay darajada amalga oshirilishiga bog‘liq.


Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy tarqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy extiyojlarini qonudiruvchi ustivor soxadir.
Uzluksiz ta’limning faoliyat ko‘rsatish prinsiplari quyidagilardan iborat:

  • ta’limning ustivorligi - uning rivojlanishining birinchi darajali axamiyatga ega ekanligi, bilim, ta’lim va yuksak intellektning nufuzi;

  • ta’limning demokratlaShuvi - ta’lim va taryuiya uslublarining tanlanishida o‘quv yurtlarini mustaqilligini kengayishi, ta’limni boshqarishning davlat-jamiyat tizimiga o‘tilishi;

  • ta’limning insonparvarlaShuvi - inson qobiliyatlarining ochilishi va uning nisatan bo‘lgan turli-tuman extiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustivorligining ta’minlanishi, inson, jamiyat va atrof muxim o‘zaro munosabatlarining uyg‘unlaShuvchi;

  • ta’limning ijtimoiylaShuvi - ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni xosil qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlarni shakllantirish;

  • ta’limning milliy yo‘naltirilganligi- ta’lim milliy tarix, xalq an’analari va urf-odatlari bilan uzviy uyg‘unligi, O‘zbekiston xalqlarining madaniyatini saqlab qolish va boyitish, ta’limni milliy taraqqiyotining o‘ta muxim omili sifatida e’tirof etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini xurmatlash;

  • ta’lim va atrbiYaning uzviy bog‘liqligi, bu jarayonning xar tomonlama komil topgan insonni shakllantirishga yo‘naltirilganligi;

  • iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta’limning eng yuqori darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar.

Uzluksiz ta’limni islox qilish yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

  • ta’lim tizimining kadrlar saloxiyatini tubdan yaxshilash, tarbiyachi, o‘qituvchi, muallim va ilmiy xodimning kasbiy nufuzini oshirish;

  • davlat va nodavlat ta’lim muassasalarnining xar xil turlarini rivojlantirish;

  • ta’lim tizimini tarkibiy jixatdan qayta ko‘rish, ta’lim, fan, texnika va texnologiYaning, iqtisodiyot va madaniyatning jaxon miqyosidagi zamonaviy yutuqlarni xisobga olgan xolda ta’lim va kasb-xunar ta’limini dasturlarini tubdan o‘zgartirish;

  • majburiy umumiy o‘rta ta’limdan o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limiga o‘tilishini ta’minlash;

  • maxsus, kasb-xunar ta’limining markazlari sifatida fan va ishlab chiqarish integratsiyalashgan Yangi tipdagi o‘quv muassasalarni vujudga keltirish;

  • ilg‘or texnologiyalarni keng o‘zlashtirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar, chet el investitsiyalari ko‘lamlarining kengayishi, tadbirkorlik, kichik biznesni rivojlantirish bilan bog‘liq Yangi kasb-xunar va mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar, Shu jumladan boshqaruv tizimi kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

  • milliy mustaqillik prinsiplarini va xalqning boy intellektual merosi xamda umumbashariy qadriyatlarning ustivorligi asosida ta’limning barcha darajalari va bo‘g‘inlarida ta’lim oluvchilarning ma’naviy va axloqiy fazilatlarni rivojlantirish;

  • ta’limni boshqarish tizimini takomillashtirish, jamiyat boshqaruvi shakllarini rivojlantirish, ta’lim muassasalarini mintaqalashtirish;

  • ta’lim olishda, Shuningdek bolalar va yoshlarni ma’naviy axloqiy, intelektual va jismoniy jaxatdan tarbiyalashda oila, ota-onalar, jamoat tashkilotlari, maxallalar, xayriya va xalqaro fondlarning rolini kuchaytirish yuzasidan chora-tadbirlarni ishlab chiqish xamda ularni amalga oshirish;

  • ta’lim jarayoni va kadrlar tayyorlash sifatida xolis baxo berish tizmini yaratish va joriy etish;

  • ta’lim tizimini moliyaviy, moddiy-texnik va boshqa tarzdagi resurslar bilan ta’minlash mexanizmlarini shakllantirish;

  • uzluksiz ta’limni fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini puxta mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish;

  • ta’lim va ilm-fan bilan bog‘liq chet el xamda xalqaro tashkilotlar bilan xamkorlikni kengaytirish va rivojlantirish;

  • tub erli millatga mansub bo‘lmagan shaxslar zich yashaydigan joylarda ular o‘z ona tillarida ta’lim olishlari uchun tashkiliy va pedagogik shart-sharoitlar yaratish;

  • ta’limning barcha darajalarida ta’lim oluvchilarning xuquqiy, iqtisodiy, ekologik va sanitariya - gigiena ta’limi xamda tarbiyasini takomillashtirish.


Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish