Farg’ona-2019 umumiy pedagogika o’quv-uslubiy majmua



Download 4,31 Mb.
bet20/168
Sana19.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#459798
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   168
Bog'liq
УМУМИЙ ПЕДАГОГИКА МАЖМУА 2019 У Максудов

Nazorat uchun savollar:
1. Zamonaviy ta’limning asosiy turlarini ta’riflab bering.
2. “Ta’limning tashkiliy tizimi” tushunchasi mohiyatini tuShuntirib bering.
3. Ta’limning individual shakli afzalliklari nimadan iborat?
4. Sinf-dars tizimining afzalliklari nimalardan iborat?
5. Zamonaviy darsga qanday talablar qo‘yiladi?
6. O‘quvchilar bilish faoliyatining individual, guruhli, frontal shakllaridan foydalanib mutaxassislik fani bo‘yicha dars rejasi va konspektini ishlab chiqing.
7. Har bir darsda o‘quvchilar faoliyatini nazorat qilishni amalga oshirish va baholash kerakmi? Agarda zarur deb hisoblasangiz mumkin bo‘lgan metodik variantlarini ko‘rsatib bering.


Foydalaniladigan adabiyotlar

      1. Mavlonova R. va boshq. Pedagogika. – Toshkent, O‘qituvchi, 2001.

      2. Podlasiy I.P. Pedagogika. Noviy kurs. V 2 kn. Kn. 1. – Moskva, Vlados.

      3. YUzlikaeva E., Madyarova S., Yanbarisova E., Morxova I.V., Markendudi M.A. Teoriya i praktika obщey pedagogika. T.: TGPU, 2013.

      4. YUzlikaeva E., Ahmedova M., Qurbonova G., Tashmetova SH., Xushnazarova M. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. – T.: TDPU, 2012.

      5. Pedagogika. // M.To‘xtaxo‘jaevning umumiy tahriri ostida. – T.: “O‘zbekiston faylasuflari Milliy jamiyati”, 2010.

      6. Ibragimov X.I., Abdullaeva SH.A. Pedagogika nazariyasi. – T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2008.

8- mavzu: O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tashxis etish.
Reja:
1. Ta’lim olganlikning tashxis etishning mohiyati.
2. O‘quv jarayonida nazorat va hisobga olish funksiyalari.
3. Ta’lim olganlikni tashxis etish tamoyillari.
4. O‘quv faoliyati natijalarini hisobga olish turlari, shakllari va metodlari.
5. Bilim ko‘nikma va malakalarni baholash mezonlari.


Tayanch iboralar: Tashxis, nazorat, xisobga olish, funksiya, tamoyil, o‘quv faoliyati, shakl, metodlar, bilim, ko‘nikma

Ta’lim taraqqiyotining istiqboli turlarida uzluksiz ravishda o‘qitiladigan o‘quv fanlar bo‘yicha mehyoriy barchani, jumladan, muayYan davlatlar hukumati, turli xil daraja va ixtisoslikdagi o‘quv muassasa rahbarlari, ilmiy xodimlar, o‘quv-dasturiy qujjatlarni ishlab chiquvchi pedagoglar va darslik mualliflari, ta’limning turli darajalarida o‘quv-tarbiya jarayonini uzluksiz tashkil qiluvchi amaliyotchi psixolog va pedagoglar, o‘z farzandlarining yaqin va uzoq kelajagi bilan qiziqadigan ota-onalar va Shu bilan birga o‘quvchilarning o‘zlarini ham qiziqtiradi. Ta’limning kelajagi bilan bog‘liq muammolarni o‘rganuvchi pedagogikaning Yangi tarmog‘i – pedagogik prognostika doirasida tadqiq etiladi.


Ta’lim mazmunini bashorat qilish zarurmi? Umuman, o‘quv jarayonida pedagogik prognostikaga asoslangan ishlanmalarga extiyoj bormi? - degan savollar tug‘iladi. Ushbu savollarga faqat bitta mazmunda isbotlovchi javob bo‘lishi mumkin.
Ha, bunday bashoratga qat’iy ehtiyoj mavjud. Hozirgi vaqtda ta’lim taraqqiyoti istiqboliga bog‘liq bo‘lgan omillarning murakkab va ko‘p qirraligiga qaramasdan, turli xil ilmiy ishlanmalarni yaratish zaruriyati tug‘ilmoqda. Shu sababli ham Yangi XXI asrda jamiyatni barqaror rivojlantirish uchun uning istiqboldagi taraqqiyotini ta’minlovchi yosh avlodga taqdim etiladigan ta’lim mazmunini prognostika qilish zarur.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 29 avgustda bo‘lib o‘tgan 1-chaqariq 9-sessiyasida “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi. Bu hujjat ta’limni isloh qilish sohasida muhim qadam bo‘ldi. Mazkur dasturilamal hujjatda ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari, ta’lim tizimi va uning boshqaruv tarkibi, pedagog xodimlarning xaq-xuquqlari, burch va mas’uliyatlari belgilab berildi.
Muxim muammolardan biri - bu o‘quvchining bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni bo‘lib, bu uning tabiiy va ijtimoiy jarayonlar uyg‘unligini anglab etishiga xizmat qiladi. Bunda pedagogika fani shaxsning tabiiy qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarib, uni faollashtirish imkoniyatlarini yaratadi.
Ta’limning eng muhim ijtimoiy vazifalaridan biri - o‘quvchini jamiyat hayotida mustaqil faoliyat ko‘rsatishga tayyorlashdan iborat. Shu sababli ham pedagogika fani oldida insonga beriladigan ta’limning eng maqbul mazmuni va yo‘nalishlarini aniqlab, uni takomillashtirish istiqbollarini belgilab berishdan iboratdir, qaysi tuzumda qanday tub o‘zgarishlar ro‘y berishidan qat’iy nazar, shaxsning jamiyatda o‘z o‘rnini topa olishiga ko‘maklashishdek maShul vazifani hal etish ta’lim jarayoni zimmasidadir. Ta’lim mazmunini belgilashda didaktikada mavjud bo‘lgan eng Yangi nazariy yondaShuvlarga taYanish muhim ahamiyatga ega.
Darxaqiqat, ta’lim mazmuniga Yangi o‘quv fanlarining kiritilishi muntazam davom etmoqda. Jumladan, “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari”, “Jahon xalqlari tarixi”, “Vatan tuyg‘usi”, boshlang‘ich sinflarda esa “Odobnoma” “Konstitutsiya saboqlari”, «Yo‘l harakati qoidalari” kabi o‘quv kurslari kiritildi.
Bugungi kunda pedagogika fani ijtimoiy hayot bilan axborot oqimini tartibga keltirish maqsadida Yangi ta’lim mazmunini vujudga keltirishga harakat qilmoqda. Ya’ni Yangi namunadagi, Yangicha qadriyatlar va Yangicha turmush tarzini ta’lim mazmuniga singdirmoqda, ularning fanlararo aloqasini aniqlamoqda, tadqiq qilmoqda va sinovdan o‘tkazmoqda.
1980 yilda mashhur pedagog olim M.N.Skatkin ta’lim mazmuni bahzan mehyoridan ortiqcha ko‘pirtirilayotgani, fanlarning parchalanib, bo‘linib ketayotganligi xaqida yozgan edi. Xuddi Shu fikrni J.G‘.Yo‘ldoshev “Ta’limimiz istiqloli yo‘lida” asarida tasdiqlagan .
YA’ni u pedagogika fanining bugungi kunda o‘quv muassasalarini bitiruvchilar qanday bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishlari, bundan ularning o‘zlari va jamiyatga qay darajada manfaat kelishi, jamiyatning bitiruvchi oldiga qo‘ygan ijtimoiy buyurtmasi nimalardan iboratligi kabi masalalarni hal qilishni anglatadi. Bu masala, albatta, ta’lim standartlariga borib taqaladi. Shuningdek, ta’lim mazmunining tarkibida umuminsoniy qadriyatlarni mujassamlashtirilishi zarurligini ko‘rsatadi.
Taniqli ruhShunos olim L.S.Vыgotskiy esa jamiyat taraqqiyotidan ilgarilab ketgan ta’limgina samarali bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan edi. Buning uchun o‘quvchining mustaqil faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash lozim bo‘ladi. Bolani har tomonlama rivojlantiradigan, uni fikrlashga o‘rgatadigan, qobiliyati qadamba-qadam o‘sishiga imkon yaratadigan, tafakkurining Yangi-Yangi qirralarini ochadigan ta’lim-tarbiya muayYan pedagogik metodlar uyg‘unligidagina aniq natijalarga erishish imkonini berishini ko‘rsatib o‘tadi.
Bugungi kunda ta’lim mazmunini tanlashdan ko‘zlangan maqsad - o‘quvchi ko‘z o‘ngida dunyoning ilmiy manzarasini aks ettirish, uning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash, hayotga tayyorlab borishdan iborat. Buning uchun o‘quv fanlarini bloklarga birlashtirish lozim bo‘ladi. Uning mazmuni esa bola uchun maktab, turmush hamda maktabdan keyingi faoliyatida ham qo‘l keladigan ko‘nikma, malakalarni hosil qilishi kerak.
Shu bilan birga, o‘quvchilarga o‘qishdan mehnat faoliyatiga o‘tish jarayonlarini o‘rgatish zarur. Bunga bolalarda o‘z-o‘zini idora qilish, jamiyat qadriyatlari va ijtimoiy talablarni ongli ravishda o‘zlashtirish, e’tiqodni shakllantirish, boshqa kishilar, guruhlar, jamoalarning ijtimoiy-psixologik faoliyatlarini tahlil qila bilish va fikrlash, unda xotira va tasavvurni kuchaytirish bilan erishiladi.
Ma’lumki, ushbu ta’lim mazmunini takomillashtirish jarayoni kamchilik va qiyinchiliklarsiz amalga oshmaydi. Shuningdek, bunda darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarining Yangi avlodini yaratish, o‘qitish uslubiyatini o‘zgartirish juda muhimdir. Bu barcha pedagog xodimlardan o‘z kasbiga Yanada jadalroq yondashishni talab etadi. Bu esa, o‘z navbatida, olimlarning amaliyotchi o‘qituvchilar bilan hamkorlikda ta’limning samaraliroq va maqsadga muvofiq uslublarini izlash hamda ishlab chiqish ehtiyojini tug‘diradi.
Bugungi kunda fan-texnika taraqqiyoti pedagogika fani oldiga alohida talablarni qo‘ymoqda. Ma’lumki, hozirgi XXI asr - intellekt davri hisoblanar ekan, bunda o‘quvchilarga talab etilayotgan ma’lumotlar ham aql bovar qilmaydigan darajada tezlik bilan ko‘payib borishini kuzatishimiz mumkin. Shuningdek, bu ma’lumotlarning tezda eskirib qolib, Yangilashni taqozo etishi ham o‘z-o‘zidan ma’lum bo‘lmoqda.
Inson uchun zarur bo‘lgan bilimlar hajmi keskin ravishda tez oshib borayotgan hozirgi sharoitda dalillarning muayYan mazmunini o‘zlashtirish kifoya qilmaydi. O‘quvchilarga hamisha Yangilanib turadigan ma’lumotni mustaqil ravishda o‘zlashtirib olish va o‘qishni bitirgandan keyin unga jadal surhatlar bilan o‘sib borayotgan fan-texnika taraqqiyotidan orqada qolib ketmaslik imkoniyatini beradigan qobiliyatlar taraqqiyotini beruvchi tafakkur sifatlarini tarkib toptirish muammosi birinchi o‘ringa chiqib bormoqda.
Shuni hisobga olgan holda, o‘quvchilarga o‘z bilimlarini mustaqil ravishda to‘ldira borish, ilmiy va siyosiy axborotlarning tez ko‘payib borayotgan oqimi orasida yo‘l topa bilish mahoratini singdirish muhimdir... Xo‘sh, bu borada nimalar talab qilinadi?
Ta’lim mazmunida uzviylikni ta’minlash, sifatli etuk kadrlarni tayyorlash, ta’lim standartlariga taYangan holda mavjud ta’lim jarayoni - o‘qitish uslubiyatida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida mustaqil va erkin fikrlashga o‘rgatish, ularni o‘z kuchiga ishonib bilimlarni chuqur o‘zlashtirishga undash talab etiladi. Bularning barchasi kadrlar tayyorlash milliy dasturi bosqichlarining bekamu-ko‘st amalga oshishini ta’minlaydi.
Bugungi kunda mamlakatimizda sifat nuqtai nazardan etuk kadrlarning Yangi avlodini tayyorlash uchun quyidagi:

  • barcha pedagog kadrlar uzluksiz ta’lim tizimining Yangi davlat ta’lim standartlarini mukammal o‘zlashtirishi, mavjud ta’lim talablarni bilishi va pedagogik amaliyotda ularga ijodiy tarzda yondasha olishi;

  • barcha ta’lim turlarida interaktiv ta’lim tizimini joriy qilish, buning uchun pedagog kadrlarni ilg‘or pedagogik fan va texnologiyalar asosida maxsus qayta tayyorlash kurslaridan o‘tkazish;

  • o‘quv jarayoni sifatini kuchaytiruvchi o‘quv adabiyotlarining Yangi avlodini tayyorlash konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;

  • barcha ta’lim turlari bo‘yicha tabaqalashtirilgan o‘quv adabiyotlari, multimedia va kompyuter dasturlarini yaratish, ularni amaliyotga joriy etish kabi masalalarni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda. Bu ish turli yo‘llar bilan, jumladan, ta’lim mazmunini takomillashtirish va uni o‘z prinsipial negizlari asosida tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonunlarini hozirgi pedagogik kontekstda olib borilmoqda.

Hozirgi uzluksiz ta’lim tizimi mohiyatini tashkil etadigan didaktik usullar o‘quvchilarning intellektual imkoniyatlarini yuksak darajada taraqqiy ettirishga asos qilib olinadi.
O‘zbekistonning o‘ziga xos ta’lim tizimida uzviylikni saqlash ta’limning har bir bo‘g‘inida umumiy o‘rta ta’lim dasturlarini takomillashtirishga istiqbolli yondaShuvni talab etadi. Shuningdek, bu talab ilmiy bilimlarning pedagogik tizimga moslashgan istiqbolli muvozanati sharoitidagina amalga oshishi mumkin. Shuning uchun ham uzluksiz ta’lim va pedagogika fani sohasida ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik, demografik, madaniy-tarixiy, milliy-psixologik, fiziologik-gigienik va boshqa tarmoqlar taraqqiyotining istiqbolini belgilash, uning yaxlit rivojlanishini integratsiyalashni nazarda tutadigan uzluksiz ta’limning tizimli yondaShuvi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Davlat ahamiyatiga molik birinchi darajali muammolar qatoriga ta’lim va pedagogika fanining istiqbolini rejalashtirish muammolarini ham qo‘shayotgan taniqli olimlar, pedagoglar va ta’lim muassasalari xodimlarining ko‘pgina ilmiy tadqiqot ishlarida bunday g‘oya qat’iy ta’kidlanmoqda. Ammo asosiy vazifa - ta’lim sohasida istiqbolni belgilashga oid tadqiqotlardan tadqiqotlarni amalga oshirish zaruriyatini anglash, respublikada ta’lim tizimida aniq ifodalangan ijtimoiy buyurtmani amaliyotda joriy etish muhimdir.
Bunda Shuni hisobga olish kerakki, ta’lim istiqbolini belgilashga oid ishlarda uning iqtisodiy jihatlariga ko‘proq e’tibor beriladi. Masalan, kadrlarga, malakali ishchilar va mutaxassislarga bo‘lgan istiqboldagi ehtiyoj, turli xildagi ta’lim muassasalari miqdori va kasb-koriga bo‘lgan zaruriyat, ularni maqsadga muvofiq ravishda joylashtirish, ilmiy-pedagogik tadqiqotlar mavzularini istiqbolli rejalashtirish, ta’lim tizimi ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligining istiqbolini belgilash va h.k.
Uzluksiz ta’limning turli bo‘g‘inlarida o‘quv-tarbiya faoliyatining maqsadlari, mazmuni, metodlari, vositalari va tashkiliy shakllariga bog‘liq xaqiqiy pedagogik va didaktik muammolari istiqbolini aniqlash hali hanuzgacha ham tadqiq etilmoqda.
Uzluksiz ta’lim jarayoni taraqqiyoti istiqbolini belgilashning muhim metodologik mavzulari anchagina keng ko‘lamlidir. Bunda eng avvalo, pedagogika fanida istiqbolni belgilashning real ilmiy maqomini aniqlab olish, mazkur ilm sohasi qamrab olgan masalalar ko‘lamini aniqlash va uning obhekti hamda asosiy yo‘nalishlarini ko‘rsatib berish lozim. Shundan so‘nggina ta’lim sohasida istiqbolli tadqiqotlarni tashkil qilishga yondaShuv usulini belgilovchi istiqbol manbaini va muayYan mahalliy sharoitni hisobga olgan metodologik mezonlar tizimini asoslab berish zarur. Bunda istiqbolni belgilaydigan tarzdagi asosli axborotni olish va uning ishonchliligini namoyon etuvchi aniq tadqiqot metodlarini tahlil etish eng muhim vazifa hisoblanadi.
O‘zbekistonda ta’lim istiqbolini belgilash nazariyasi va amaliyoti yuzaga kelishining dastlabki bosqichida birinchi navbatda uzluksiz ta’lim tizimi rivojlanishining turli istiqbolga oid loyihalarini asoslashning metod va vositalarini aniqlash vazifasi qo‘yilmoqda. Shuning uchun ta’lim tizimidagi bu Yangi yo‘nalish ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlari uchun zarurdir.
Hozirgi davrda ta’lim istiqbolini belgilash alohida ahamiyat kasb etmoqda. Istiqbolni belgilashga oid tadqiqotlarning birinchi navbatdagi vazifalarini hal etishga diqqatni jalb qilish, Shu bilan birga bunday tadqiqotlarni Yanada samarali bo‘lishini ta’minlash imkonini beradigan umumlashgan, tizimli manbalarni yaratish muhimdir.
Uzluksiz ta’limning yaxlit tizimi rivojlanishi istiqbolini belgilash jihatidan asoslashni talab qilsa, uning mazmuni Shu talab va ehtiyojlarga mos bo‘lishi lozim. Bu o‘ta dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Shu sababli boshlang‘ich ta’lim jarayonidagi ta’lim-tarbiya tizimi murakkab va ko‘p tarmoqli istiqbolli tadqiqotlarni taqozo etadi. Ular bir-biriga bog‘liq bo‘lgan qismlardan iborat bo‘lib, boshlang‘ich ta’limning istiqbolini belgilashda alohida ahamiyat kasb etadi.
Boshlang‘ich ta’lim jarayonidagi o‘quv-tarbiya tizimini shartli ravishda uch qismga, ya’ni o‘qitish, rivojlantirish va tarbiyalashga bo‘lish mumkin. Ushbu qismlar, o‘z navbatida, ta’limning maqsadi, mazmuni, metodlari, vositalari va tarbiyalash yoki ta’lim berishning tashkiliy shakllaridan tashkil topgan. Aynan mana Shu tarkibiy qismlar boshlang‘ich ta’lim mazmunini prognostika qilish sohasidagi tadqiqotning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash imkonini beradi.
Boshlang‘ich ta’lim bosqichi o‘zining murakkabligiga farqlanadi. Bunda o‘qitish, umummehnat ko‘nikmalari, kasb-hunarga yo‘naltiruvchi elementlar, o‘quvchilarning bilish faoliyatini jadallashtirish imkoniyatlari, o‘qitishning texnik vositalari kabilar boshlang‘ich ta’lim istiqbolini belgilashda muhim yo‘nalishlar sifatida ehtirof etiladi. Boshlang‘ich ta’lim jarayoni elementlari orasidagi bir-biriga bunday aloqadorlik esa yaxlit o‘quv-tarbiya tizimi mazmunini takomillashtirish, boyitish zaruriyatini qo‘yadi. Bunda o‘quvchining individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’lim mazmunini bashorat qilish istiqbolli nuqtai nazar hisoblanadi.
Ta’lim mazmunini belgilashda hisobga olinishi zarur bo‘lgan jihatlardan Yana biri o‘quv-biluv jarayonini o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirgan holda ta’lim mazmunini belgilashdan iboratdir. Chunki bugungi kunga kelib ta’limdagi istiqbolli yo‘nalish sifatida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonini vujudga keltirish e’tirof etilmoqda [R.Safarova, U.Musaev].
Bugungi kunda pedagogika fanida boshlang‘ich ta’limning istiqboldagi mazmunini bashorat qilish eng Yangi istiqbolli yo‘nalish sifatida ehtirof etilishi mumkin. Bunda mavjud ta’lim mazmuni bilan o‘quvchilarning ehtiyoji, fan-texnika taraqqiyoti talablari asosida aniqlanadigan ta’lim mazmuni uyg‘unlashtirilib yagona, yaxlit ta’lim mazmunini yaratish imkoniyatini beradi. Bunday yondaShuv didaktika sohasidagi tadqiqotlarda izchil muvofiqlashtiruvchi ish bo‘lib, o‘quv-tarbiya jarayoni samaradorligini ifodalashga xizmat qiladigan oxirgi natijani mo‘ljallaydi.
Boshlang‘ich ta’limning istiqboldagi mazmunini belgilashda mehyoriy pedagogik talablarni hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Bu talablar pedagogik mezonlar, qoidalar, farazlar shaklida mavjud bo‘lib, o‘zaro bir-birini taqozo qiladi. Shunga ko‘ra boshlang‘ich ta’limning istiqboldagi mazmunini belgilashda muayYan didaktik talablar, me’yorlarga taYanish maqsadga muvofiqdir.
Tadqiqot jarayonida amalga oshirgan kuzatishlarimiz Shuni ko‘rsatadiki, boshlang‘ich ta’lim mazmunining istiqbolini belgilashning didaktik imkoniyatlari, omillarini aniqlash dolzarb pedagogik muammo sifatida mavjud va bu muammo o‘z echimini kutmoqda.

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish