Farg’ona-2019 umumiy pedagogika o’quv-uslubiy majmua


Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ta’limning ma’ruza-amaliy tizimi, uning belgilari va xususiyatlari



Download 4,31 Mb.
bet19/168
Sana19.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#459798
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   168
Bog'liq
УМУМИЙ ПЕДАГОГИКА МАЖМУА 2019 У Максудов

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ta’limning ma’ruza-amaliy tizimi, uning belgilari va xususiyatlari. O‘zbekiston Respublikasining“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadralar tayyorlash milliy dasturi”da ko‘zda tutilgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari mustaqil hayotga kirib kelayotgan yoshlarga muayYan soha yo‘nalishi bo‘yicha chuqur, differensatsiyalashgan kasbiy bilimlar berish imkoniyatini yaratadi.
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida ta’limning ma’ruza-amaliy tizimidan foydalaniladi. Mashg‘ulotlar ikkita birlashtirilgan darslar ko‘rinishida 90 minut davom etadi. Ularning o‘ziga xosliklari quyidagilardan iborat:

  • ma’ruzao‘quvchilarning mustaqil ishlari uchun taxminiy asos sifatida katta hajmdagi tizimlashtirilgan axborotlarni berishning asosiy shakli (90 minut tashkil etiladi);

  • amaliy mashg‘ulotakademik litsey, kasb-hunar kolleji o‘qituvchisi rahbarligi ostida olgan o‘quv axborotlari (leksiya va mustaqil ishlari)ni chuqurlashtirish, tahlil qilish, kengaytirish, qo‘llash va o‘zlashtirilishini nazoratni tashkil etish shakli;

  • akademik litsey, kasb-hunar kollejida o‘qish asosiy shakli sifatida o‘quvchilarning mustaqil faoliyatlari amalga oshiriladi;

  • o‘quv guruhio‘quvchilarni uyushtirishning asosiy shakli (uning doimiy tartibi odatda butun ta’lim davomida saqlanib qoladi);

  • o‘quv guruhlari to‘plami akademik litsey, kasb-hunar kollejida kurslardan iborat bo‘ladi;

  • kurslarda o‘quv mashg‘ulotlari jadvalga binoan yagona o‘quv rejasi va dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladi;

  • o‘quv yili ikki semestr, attestatsiya davri va ta’tillarga bo‘linadi;

  • har bir semestr hamma o‘quv fanlari bo‘yicha yakuniy attestatsiya (imtihon topshirish) bilan yakunlanadi;

  • akademik litsey, kasb-hunar kollejida o‘qish muhim fanlar bo‘yicha attestatsiya (bitiruv imtihonlarini topshirish) va mutaxassisligi bo‘yicha bitiruv malakaviy ishni himoya qilish bilan yakunlanadi.

Akademik litsey, kasb-hunar kollejlarda ta’lim ma’ruza, seminar, laboratoriya ishi, o‘quvchilarning ilmiy tadqiqotchilik ishlari (O‘ITI), o‘quvchilarning mustaqil o‘quv ishlari, ishlab chiqarish amaliyoti, chet elda ish tajribasini oshirish kabi shakllarda tashkil etiladi. Ta’lim natijalarini nazorat qilish va baholash shakli sifatida kundalik, oraliq va yakuniy nazorat, baholash reytingi tizimidan, referativ va kurs, bitiruv ishlaridan foydalaniladi. O‘qitishning noan’anaviy shakllari doirasida amaliy-tajriba (laboratoriya) mashg‘ulotlari aloxida o‘rin tutadi. Amaliy tajriba mashg‘ulotlari odatda maxsus jixozlangan xonada yoki aloxida ajratilgan tajriba maydonida olib boriladi.
Bunday ta’lim mashg‘ulotlarini tashkil qilish ikki xil yo‘l bilan olib boriladi:
a) amaliy tajriba mashg‘ulotlari;
b) ekskursiyalar.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining V-IX sinflarida olib boriladigan amaliy-tajriba mashg‘ulotlari asosan maktab ustaxonasi, maxsus jixozlangan xonalar va o‘quv tajriba er maydonida olib boriladi.
Amaliy-tajriba mashg‘ulotlari o‘z xususiyatlariga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:



Amaliy tajriba mashg‘ulotlari turlari


M


aktab o‘quv ustaxonasida olib boriladigan mashg‘ulotlar




Maktab tajriba yer maydonida olib bori-ladigan mashg‘ulotlar




Maxsus jixozlangan xonalarda olib boriladigan mashg‘ulotlar




m

azmuni:yog‘och, plastmassa va temir materiallarni qo‘lda ishlash, ishlashda qo‘llaniladigan asbob-uskunalar bilan muomala qila bilishni o‘rgatish, amaliy faoliyat tashkil etish ko‘nikma va ma-lakalarni xosil qilish.




Mazmuni:o‘simlik va xayvonlar hayoti, ularning yashash tarzi va rivojlanishlarini chuqurroq o‘rganish, turli mazmunda tajribalar o‘tkazish orqali amaliy mehnat qilish ko‘nikma va malakalarni xosil qilish.




Mazmuni: turli asbob uskuna hamda kimyoviy moddalar yordamida tabiatda ro‘y berayotgan hodisalar mohiyatini o‘rganish, o‘z-lashtirilgan nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay bilish borasida ko‘nikma va malakalar xosil qilish.

Mashg‘ulotning tarkibiy tuzilishi.




1. Mashg‘ulot mazmuni va maqsadini tuShuntirish. 2. Ish namunasini ko‘rsatish. 3. Ish asboblari bilan tanishtirish. 4. Mashg‘ulotning boshlanishi. 5. Mashg‘ulotni yakunlash va yakuniy xulosa. 6. Ish qurollarini yig‘ishtirish, ish joyini tartibga keltirish.






Noan’anaviy dars shakllaridan biri xisoblangan ekskursiyalar sinf-dars tizimi, Shuningdek, amaliy mashg‘ulotlardan tubdan farq qiladi. Ushbu farq quyidagilardan iboratdir:
a) o‘qituvchi o‘tkaziladigan barcha ekskursiyalarga raxbarlik qilsa ham, u ekskursiya ob’ektlarining barcha detallarini yaxshi bilmasligi mumkin, bunday xolarda maxsus tayyorgarlikka ega ekskursovod ish olib boradi:
b) ekskursiya muddati turlicha bo‘lib, doimiy o‘quv jadvali talablariga amal qilish talabiga bo‘ysunishi shart hisoblanmaydi.
v) o‘qituvchi yoki ekskursavodning rahbarlik usuli va o‘quvchilarning faoliyati turlicha bo‘lishi mumkin.

Ekuskursiyalar quyidagi to‘rt yo‘nalishda uyushtiriladi:



Ekskursiyalar yo‘nalishi




Tabiatni kuzatish va o‘rganish maqsadida olib boriladigan ekskursiyalar




Sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan tanishish maqsadida olib boriladigan ekskursiyalar




Ijtimoiy va maishiy mazmundagi munosabatlar mohiyatini o‘rganish maqsadida olib boriladigan ekskursiyalar




San’at hamda adabiyot sohasini o‘rganish bo‘yicha uyushtiriladigan ekskursiyalar

Ekskursiya jarayoni quyidagi tarkibiy tuzilishiga ega:





ekskursiya haqida ekskursovodning dastlabki kirish suhbati.




EkskursiYaning tarkibiy tuzilishi




marshrut bo‘yicha ob’ektni kuzatish.




ekskursiya davomi hamda uning oxirida zarur materiallarni to‘plash.



Ekskursiya davomida bir o‘rindan ikkinchi o‘ringa ko‘chib yuriladi. Shu bois o‘quvchilardan intizomga qat’iy rioya qilish talab etiladi. O‘quvchilar ob’ektni Kuzatish jarayonida vaqti-vaqti bilan savollar beradilar, zarur ma’lumotlarni yozib boradilar. Ekskursiya yaqinida o‘qituvchi bugungi ko‘zatganlarni avval o‘zlashtirilgan materiallarga bog‘lab suhbat o‘tkazadi. Ekskursiya materiallari asosida bayon yoki insho yozdirish mumkin.
Ta’limning noan’anaviy shakli sifatida tashkil etiladigan bahs-munozara, davra suhbati, matbuot konferensiyasi muayYan predmetning muhim mavzulari yuzasidan tashkil etilib, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, o‘z fikrini ilgari surish, uni asoslash hamda ximoya qilish qobilyatini shakllantirish uchun xizmat qiladi. Bu kabi darslarning tashkil etilishida maqsadning aniqligi, Shuningdek o‘quvchilarning faol ishtiroki muhim ahamiyatga ega.
Viktorina va mo‘‘jizalar maydoni shaklida o‘tkazilayotgan darslar bellaShuv xususiyatiga ega bo‘lib, o‘quvchilarni faollikka undaydi.

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish