www.pedagoglar.uz
22-son 4 –to’plam fevral 2022
Sahifa: 283
5. Mustaqil kitob tanlay oladigan, muntazam kitob o`qiydigan, o`qilgan kitobni
to`g`ri baqolay oladigan ongli kitobxonni tarbiyalaydi.
Tа`lim tizimidаgi аmаlgа оshirilаyotgаn islоhоtlаr, tа`lim mаzmunidаgi
o`zgаrishlаr
bеvоsitа
sinfdаn
tashqai
o`qish
dаrslаrini
tаshkil
etishni
tаkоmillаshtirishgа turtki bo`ldi. Bоshlаng`ich sinfda sinfdan tashqari o`qish
dаrslаrini tаshkil etish usullаrigа yangichа yondаshishni tаlаb etdi. Bu bоshlаng`ich
sinf o`quv dаsturlаri vа dаrsliklаri, o‗quv qo‗llanmalarining yangi аvlоdini yarаtish
zаruriyatini yazаgа kеltirdi. Аnа shu ehtiyoj bilаn 1-3- sinflar uchun ‖Kitоbim -
oftobim‖
16
qo‗llanmalarining qayta ishlangan nashri chop etildi.
www.pedagoglar.uz
22-son 4 –to’plam fevral 2022
Sahifa: 284
ALISHER NAVOIY LIRIKASI‖ MODULINI O`QITISHNING USTUVOR
YO`NALISHLARI
Nurmonov Nuriddin Uralovich va
Mirzayeva Manzura Joʻrayevna
Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumanidagi 15maktab
Ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilari
Annotatsiya:
Alisher Navoiy lirikasi – o`zbek mumtoz adabiyoti xazinasiga
qo`shilgan qiyossiz noyob durdonadir. Bu buyuk tafakkur sohibining badiiy
yaratmalarisiz, nafaqat, turkiy, balki boshqa qardosh xalqlar adabiyoti ravnaqini
tasavvur etish qiyin.
Kalit so‘z:
qadar, , nashr, g‘oyaviy, bag‘ishlanish, norasmiy
Zero, ulug‘ shoir she‘riy merosida o`ziga qadar yaratilgan Sharq mumtoz adabiyoti
an‘analarini davom ettiribgina qolmay, yangi badiiy timsollarga murojaat etish orqali
mutafakkirona qarashlarini ifodalash bilan ularning mavzular ko`lamini boyitdi, inson
ruhiyatining murakkab qirralarini san‘atkorona tasvirlashga erishdi. Bu, albatta, o`z
navbatida shoirning she‘riy merosi o`zbek va boshqa xalqlar qalamkashlari uchun
ijod maktabi, ilhom manbayi vazifasini o`tadi, deyishimizga asos bo`ladi. Alisher
Navoiy ayni choqda zullisonayn shoir sifatida fors-tojik adabiyoti ravnaqiga ham
sezilarli hissa qo`shadi. Shoir zamondoshlari uning har ikkala tilda ham birday ijod
qilish imkoniyatiga ega ekanligini e‘tirof qilib, ta‘bi ko`proq turkiyga moyilligini
ta‘kidlashgan. Jumladan, Abdurahmon Jomiy «Bahoriston» asarida yozadi: «Ba on
zabon besh az vay va beh az vay kase she‘r naguftaast va gavhari nazm
nasufta».
1
(«U tilda, ya‘ni turkiyda hech kim undan ko`p va undan yaxshi she‘r ayta
olmagan va nazm durdonalarini socha olmagan».)
Alisher Navoiy ijodi muxlislari bu noyob iste‘dod sohibining badiiy yaratmalarini o`z
vaqtida qadrladilar. Ulug‘ shoir sohib devon shoir sifatida tanilishida she‘riyati
muhiblarining hissasi beqiyos kattadir. Ularning sa‘y-harakati bilan hijriy 870-,
milodiy 1465-1466 yillarda shoirning ilk norasmiy devoni vujudga keldi. Bu devon
taniqli xattot Sulton Ali Mashhadiy tomonidan nasta‘liq xati bilan ko`chirilgan bo`lib,
Do'stlaringiz bilan baham: |