52.Nazariy tadqiqotning mazmuni,unda qo’llaniladigan metodlar.
Nazariya – ilmiy bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirishning oliy shaklidir. Nazariya mavjud ob`ektlarni, ular hakidagi ma`lumotlarni, jarayon va hodisalarni tushunish va bilishga, umumlashtirishga, yangilarini bashorat qila olishga imkon beradigan ilmiy tamoyillar va qonunlarni, tadqiqot metodlarini shakllantiradi. Shuningdek, nazariya olingan bilimlardan insonlarning amaliy faoliyatida foydalanish bo`ycha tegishli tavsiyalar manbaasi hamdir. Nazariy tadqiqot. Nazariy tadqiqotda tadqiqot manbaini
o ̳rganishning ilmiy-nazariy asoslari qaraladi va ilm-fanning tadqiqot
manbaiga qo ̳llaniladigan tadqiqot usullari va vositalari yordamida
olingan yangi, ya‘ni hali ma‘lum bo ̳lmagan qonuniyatlarini tahlil va
sintez qilinadi. Nazariy tadqiqotning maqsadi o ̳rganilayotgan manbani,
ularning turli aloqalarini to ̳liqroq, chuqurroq umumlashtirish ishchi
farazga iloji boricha ko ̳proq bog‘lanishdan iboratdir. Bunda ishchi faraz
yanada takomillashtiriladi va tekshirilayotgan ma‘lumot nazariyasini
ishlab chiqishga imkon yaratiladi, ya‘ni o ̳rganilayotgan muammoni
echimlarini topish tizimini yaratish imkoni topiladi. Bularning ichidan
eng samarali echimni topish esa tadqiqotchining ilmiy salohiyatiga
bog ̳liq bo ̳ladi.Insonning boshqa mavjudotlardan farqi uning ma’lum bir maqsad sari harakat qilishidadir. Kishi maqsadga yetishish jarayonida bir qator tabiiy va sun’iy to’siqlarni yengib o’tadi. Bu to’siqlarni bartaraf qilish uchun bir qator tadbirni ko’radi. Maqsadga yetishishda muayyan to’siqni yengib o’tish uchun qo’llaniladigan tadbirlar majmuini usul deyiladi.Maqsadga yetishishda bir necha, goho o’nlab-yuzlab to’siqlarni yengishga to’g’ri keladi. Bu to’siqlarni yengish uchun tegishli usullar tizimi qo’llaniladi. Maqsadga yetishishdagi qo’llaniladigan usullar tizimi uslubi (yo’l) deyiladi.Usullarni ma’lum bir tartibda qo’llanish jarayonida bir harakat maqsad ko’rsatkichlariga bo’ysundiriladi. Undan tashqari, kishi maqsadga yetishish jarayonida dialektikaning eng umumiy qonunlariga hamda muayyan sohasi umumiy va xususiy qonuniyatlariga ham amal qiladi. Inson bu faoliyati nihoyasida qanday ko’rsatkichlar erishishini ko’z oldiga yaqqol keltirib amalga oshiradi. bilimlar majmui nazariy tiadqiqot metodlari orqali egallanadi.