66
qimmatli asarlari bilan islom dunyosida katta shuhrat qozondilar. Faqihlarning
davlat hukmron doiralari, xalq ommasiga ta‟siri juda kuchli edi. Diniy va ijtimoiy
hayotda uchraydigan barcha muammoli masalalar faqihlar orqali yechilgan. Fiqh
shaxs, oila va jamiyat hayoti turli shahobchalari masalalarini
qamrab olganligi
tufayli Movarounnahr maktabi namoyandalari bu o„lka xalqlari an‟analari, urf-
odatlarini umumislom mavqelaridan turib tahlil qilishdek vazifani bajarganlar.
Movarounnahrlik faqihlarning bir necha avlodlari faoliyati orqali mahalliy
xalqlarning tarixiy, huquqiy an‟analari islom madaniyatida o„z aksini topdi.
VIII-X asrlarda Movarounnahrning ayrim shaharlardagi hanafiylikka
asoslangan ilmiy markazlar paydo bo„ldi. Bunga Iroq va Xuroson maktablarining
ta‟siri katta bo„ldi. Buxoro maktabiga Abu Hafs Ahmad ibn Hafs al-Kabir al-
Buxoriy vaf. 832 y.) asos solgan. Samarqand ilmiy markazining shakllanishiga
Abu Sulaymon al-Juzjoniy, Ibn Samoa va Shaddod
ibn Hukaym kabi Balx
faqihlarining xizmati katta bo„ldi. Buxoro faqihlari bu davrda asosan fiqhning
amaliy masalalari furu al-fiqh) bilan, samarqandliklar esa o„z ilmiy faoliyatlarini
ilohiyot usul ad-din) mavzui bilan shug„ullanishga qaratdilar.
XI-XIII asrlarga kelib, fiqh ilmi o„zining yuksak taraqqiyotiga yetishdi.
Qoraxoniylar 999-1212) davri faqihlari haqida ilmiy tadqiqot olib borgan
Turkiyalik olim Y. Z. Kavakci bu davrda uch yuzga yaqin faqihlar yetishib
chiqqanligi, yigirmadan
ortiq fatvolar majmuasi, uch yuz ellikdan ortiq fiqhiy
asarlar yaratilganligi va shulardan 98 % hanafiy fiqhiga oid ekanligini aytib o„tadi.
Haqiqatan ham Movarounnahr hanafiy mazhabining “qal‟asi” edi desak
adashmaymiz.“Hanafiylik sharqqa yoyilar ekan, u Xuroson va Movarounnahrda
o„ziga mustahkam makon topdi. Bir guruh mashhur hanafiy faqihlari ham shu
diyorlarga mansubdir. Hanafiy faqihlari sulolalaridan:
Buxoro sadrlari
V/XI
asrdan to mug„ullar davri 603-1043/1206-1634)ga qadar Buxoroda Ibn Moza
Mahmud vaf. 570/1174 y.) oilasining hanafiy faqihlari meros tariqasida kelayotgan
“Sadr” unvoni bilan mamlakat siyosiy idoralarida va turli hokimliklarida yuqori
mansab sohiblari edilar, ar-Rig„damuniy, az-Zaranjariy, al-Mahbubiy, as-Saffor,
al-Pazdaviy,
Samarqand sayyidlari, al-Xayzoxaziy, al-Aqiliy, al-Marg„inoniy
oilalari ilm va ijtimoiy hayotda kuchli mavqega ega bo„ldilar. Ilm-fan rivojlandi.
Ko„plab yirik olimlar yetishib chiqdilar. Yirik faqihlar sulolalari paydo bo„ldi. Bir
necha avloddan avlodga ulanib davom etgan faqihlar sulolalari nafaqat
Movarounnahr, balki butun Islom olamida katta nufuzga ega edilar.
Umuman fiqh, xususan hanafiy mazhabining rivojlanish tarixida XI-XII
asrlardagi Movarounnahr faqihlarining ilmiy faoliyati juda muhim o„rin tutadi. Bu
davrda yetishib chiqqan hanafiy faqihlaridan - ad-Dabusiy Abi Zayd vaf. 430/1063
y.), al-Halvo„iy vaf. 456/1063 y.), Abu Bakr Muhammad as-Saraxsiy 400-
483/1009-1090), al-Pazdaviy Ali vaf. 482/1089 y.), as-Sadr ash-Shahid Umar vaf.
536/1141 y.), an-Nasafiy Umar vaf. 537/1142 y.), Alouddin as-Samarqandiy vaf.
539/1144 y.), Ibn Moza Mahmud vaf. 570/1174 y.), al-Attobiy Ahmad vaf.
586/1190 y.), al-Kosoniy Masud vaf. 587/1191 y.), Qozixon vaf. 592/1191 y.) va
yuqorida zikr etilgan al-Marg„inoniy Ali vaf. 593/1196 y.) kabi ma‟lum va
mashhur faqihlarning nomlarini keltirish mumkin.
67
Umuman olganda yuqorida bir necha davrlar va ularda mavjud bo„lgan fiqh
maktablari, bu maktablarda ilmiy faoliyat olib borgan mujtahidlar haqida qisman
bo„lsada tanishib chiqish va fiqh ilmining Payg„ambar SAV)
davrlaridan toki
taqlid davriga bo„lgan tadrijiy rivojlanishini o„rganish bizga :
-
VII-XII asrlardagi ilmiy muhit;
-
O„sha davrlarda mavjud bo„lgan fiqh maktablari va ularda ilmiy faoliyat olib
borgan muhim shaxslar;
-
XI - XII asrlarga kelib Movarounnahr fiqh maktabining ahamiyati;
-
Buxoro va Samarqand shaharlaridagi ananaviy fiqh maktablarining o„ziga
xos qirralarini ochish va ularning ahamiyati;
-
XI - XII asrlardagi faqihlar sulolalarining Movarounnahr fiqh maktabida
tutgan o„rni qanday ekanligi haqida qimmatli ilmiy ma‟lumotlar olishimiz uchun
imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: