Falsafiy metodlar va qonunlar


Olamning mavjudligi — miqdor va sifat vokeligi



Download 80 Kb.
bet7/9
Sana01.01.2022
Hajmi80 Kb.
#283964
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Falsafiy metodlar va qonunlar.

Olamning mavjudligi — miqdor va sifat vokeligi tarzida ham namoyon bo`ladi. Buning mohiyati shundan iboratki, narsa va hodisalardagi sezilarli bo`lmagan miqdoriy o`zgarishlar asta-sekin to`plana borib, taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida me’yorni bo`zadi va sakrash yo`li bilan tub sifat o`zgarishlariga olib keladi.

Moddiy olamdagi xilma-xil narsa va hodisalar bir-biridan o`z sifati bilan ajralib turadi. Sifat — narsalarning ichki va tashqi muayyanligi bo`lib, uning qator xossa, belgi, xususiyatlari birligini ifodalaydi. Sifat narsa qanday bo`lsa, uni shundayligicha ko`rsatib beradi, jismning barcha tashqi xossalarini bog`liqlikda namoyon qiladi.

Demak, sifat narsaning umumiyligini, yaxlitligini, uning nisbiy barqarorligini, bir-biriga o`xshashligi yoki uxshamasligini ifodalaydi. U keng ma’noda narsalarning turli-tuman xossalari yiKindisidir. Lekin sifat va xossa aynan bir xil ma’nodagi tushunchalar emas. Sifatning o`zgarishi, muqarrar sur’atda, xossaning o`zgarishiga olib keladi. Birok xossaning o`zgarishi har doim sifatning o`zgarishiga ta’sir etavermaydi, ayrim xossalar narsalarning sifatiga ta’sir etmasdan yo`q bo`lib ketishi mumkin. Sifat predmetning doimiyligini, nisbiy barqarorligini ifoda etadi.

Narsalar sifat muayyanligidan tashqari, bir-biridan miqdoriy tomonlari bilan ham farq qiladi. Miqdor predmetning xajmi, ulchovi, og`irligi, harakat tezligi va shu kabilar bilan tavsiflanadi. Тabiat hodisalari kabi ijtimoiy hodisalar ham miqdoriy tomonga ega. Chunonchi, suv o`z solishtirma og`irligiga, kaynash va mo`zlash darajasiga ega. Bir ijtimoiy tuzum boshqasidan xususiyati jixatidangina emas, balki ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyoti, mehnat unumdorligi, madaniyati va xokazolar bilan ham farq qiladi. Har qanday narsa miqdor va sifat birligiga ega. Тabiatda faqat miqdorga yoki sifatga ega bo`lgan, ya’ni sifati bo`lib miqdori, miqdori bo`lib aksincha, sifati bo`lmagan narsaning o`zi yo`q.

Miqdor va sifatning birligi, o`zaro bog`liqligi me’yor tushunchasida ifodalanadi. Me’yorning buzilishi predmet mavjudligi mumkin bo`lmagan holatga olib keladi.

Har qanday narsa va hodisaga miqdor va sifat o`zgarishlari xosdir. Miqdor o`zgarishlari bilan sifat o`zgarishlari o`rtasida qat’iy qonuniyat mavjud bo`lib, bu qonuniyat quyidagicha ifodalanadi: miqdoriy o`zgarishlar sifat o`zgarishlarini tayyorlab, har bir aniq holatda muayyan tub sifat o`zgarishlarini keltirib chiqaradi va shu holatda miqdor o`zgarishlarining sifat o`zgarishlariga o`tishi sodir bo`ladi. Olamdagi barcha o`zgarishlar asta-sekin sodir bo`ladigan miqdor o`zgarishlaridan boshlanadi. Miqdor o`zgarishlari muayyan chegarada sifatning barqarorligiga ta’sir etmaydi. Miqdoriy o`zgarishlar chegaradan chiqishi bilan sifatning barqarorligi buziladi. Natijada sifat yuqolib, yangi sifat yo`zaga keladi. Taraqqiyot jarayonida miqdor o`zgarishlari tub sifat o`zgarishlariga o`tishi bilan birga sifat o`zgarishlari miqdor o`zgarishlariga ham utadi. Miqdor o`zgarishlari bilan sifat o`zgarishlari o`zaro chambarchas bog`langan bo`lishiga qaramay, ular ayrim o`ziga xos xusussiyatlarga ham ega. Chunonchi:

- birinchidan, miqdor o`zgarishlari doimo yo`z berib turadi. Хatto hodisalar sifatining nisbiy barqarorligi davrida ham miqdoriy o`zgarishlar asta-sekin yo`z beradi. Sifat o`zgarishlariga o`tish faqat ma’lum bir davrda boshlanadi;

- ikkinchidan, miqdor o`zgarishlari ma’lum vaqtgacha narsalarga muxim ta’sir ko`rsatmaydi. Suv normal atmosfera bosimida 100° gacha suyo`qlik holatini yo`qotmaydi, keyin esa buKga aylanadi, sifatini o`zgartiradi. Demak, sifat o`zgarishlari hodisalarni tubdan o`zgartirib, uning boshqa hodisaga aylanishini taqozo qiladi;

- uchinchidan, miqdor o`zgarishlari asta-sekin amalga oshadi va ko`p hollarda sezilmasdan utadi. Sifat o`zgarishlari esa ancha tez, ayrim holatda tusatdan sodir bo`ladi;

- to`rtinchidan, sifat o`zgarishlari miqdor o`zgarishlariga qaraganda tub o`zgarish bo`lib xisoblanadi.




Download 80 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish