Bog`lanishlarning turlari. Biz narsa va hodisalarning harakati, o`zgarishi va rivojlanishiga ular o`rtasidagi bog`lanish va aloqadorlik, ta’sir va aks ta’sir asos bo`ladi, deymiz. Albatta, olamdagi har qanday bog`lanish ham rivojlanishga sabab bo`lavermaydi. Chunki bu bog`lanishlarning qulami, mohiyati, ta’sir kuchi va doirasi turlicha. Bog`lanishlarning ana shu xususiyatlariga qarab, zaruriy va tasodifiy, ichki va tashgi, bevosita va bilvosita, muxim va muxim bo`lmagan va xokazo bog`lanishlarga ajratish mumkin.
Shuningdek, olamda boshqa voqea yoki hodisalardan aloxida, ular bilan bog`liq, o`zaro aloqadorlikda va ta’sirda bo`lmagan birorta ham voqea yoki hodisa mavjud emas. Demak, o`zaro bog`lanish va ta’sir natijasida narsa-hodisalarda o`zgarish sodir bo`ladi. Lekin, barcha o`zgarishni har doim ham birdaniga, yaqqol sezish mumkin emas. Chunki olamning namoyon bo`lishi turli darajada bo`lganligi sababli, o`zgarishlar ham turlichadir.
Masalan, yangi tug`ilgan chakalokning bir xafta, bir oy, yarim yil mobaynidagi o`zgarishini, ya’ni ulg`ayishini yoki bo`lmasa, tabiatdagi kish faslidan baxor fasliga o`tishdagi o`zgarishlarni oddiy ko`z bilan yaqqol sezish mumkin. Lekin biron jonsiz predmet, masalan, Yer ka’ridagi ichki jarayonlarni ma’lum davrdan keyin sezish mumkin. Ana shu sababdan ham odamlar zilzilalar, vulkonlar otilishi kabi ofatlar qarshisida lol, goxida esa Kaflatda qolib kelmokdalar. Ya’ni tashqi faktorlar (inson faoliyati, yoro`g`lik, issiqlik, namlik, atmosfera bosimi) natijasida ro`y bergan o`zgarishlarni ko`z ko`radi, qulok eshitadi. Хullas, ular oson anglab olinadi, ochiq-oydin namoyon bo`ladi. ulardagi o`zaro bog`liqlikni ham oson kurish, ilKash mumkin. Ana shunday oson kurish va ilKash mumkin bo`lgan, ochiq-oydin ro`y beradigan voqea, hodisa, natijaga nisbatan «zoxiriylik» tushunchasi, mohiyatini ilKash kiyin bo`lgan va murakkab ichki sabablar natijasida kechadigan jarayonlar va o`zgarishlarga nisbatan «botiniylik» tushunchasi qo`llaniladi. O`rta asrlarda, ayniqsa tasavvuf falsafasida bu ikki tushunchaga aloxida e’tibor berilgan.
«Harakat» tushunchasi «Borliq falsafasi» mavzuida yoritilganligi sababli, bu yerda uning quyidagi kiska ta’rifi bilan cheklanamiz: harakat deb olamdagi har qanday o`zgarishga aytiladi. Rivojlanish tushunchasi esa quyidan yuqoriga, oddiydan murakkabga tomon ilgarilab boruvchi harakatni ifodalaydi. Lekin bu jarayon gox to`g`ri chizikli, gox asta-sekin kengayib boradigan spiralsimon shakldagi harakatdan iborat bo`lishi mumkin.
Bunda doimiy bir tomonga, masalan, vaqtning utmishdan kelajakka tomon o`tishi ham, lekin makonda voqea va hodisalarning takrorlanishi, zamonda orqaga kaytishlar ham sodir bo`lib turadi. Ba’zida taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida oldingi bosib utilgan davr takrorlangandek bo`ladi, ammo bu ilgarigidan farq qiladigan, boshqacharok tarzdagi takrorlanishdir.
Хech kachon bir xil tong otmaydi, deb bejiz aytmaydilar. Хolbuki, har kuni tongda usha Јuyosh chiqadi, usha toKu toshlarni, boKu biyobonlarni, biz yashayotgan zaminni yoritadi. Odamlar ham, ish va tashvishlar ham hamon usha-ushadek. Kimdir ishga shoshadi, kimdir ukishga, kimdir yana ilgarigi kundek bekorchilikdan zerikadi... Ammo dunyo o`zgarmadimi bu bir kunning ichida? unda minglab bolalar tug`ilmadimi, son-sanoksiz jarayonlar ro`y berib, Yer sayyorasining turli burchaqlaridan boshqa joylarga kanchadan-kancha axborotlar tarkatilmadimi? Ona zamin o`z uki va Јuyosh atrofida aylanishini davom ettirmadimi? Bo`larning barchasi bir kunu-tunda ro`y bergan botiniy va zoxiriy o`zgarishlarning namoyon bo`lishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |