2-BOB . “SADOQAT”MCHJ NING 2018-2020-YILLARDAGI FAOLIYATI TAHLILI
Korxonaning tavsifi, tashkiliy tuzilmasi va boshqaruv faoliyati tahlili
“ Sadoqat ” МCHJ tashkiloti haqida umumiy ma`lumot.
2005 yil iyun oyida tashkilotchi rahbar Yusupov X.SH boshchiligida “Sadoqat” MCHJ (qurilish va ta`mirlash) xususiy firmasi tashkil etildi. Bu firma Navoiy viloyati, Navoiy shahrida joylashgan bo`lib, bu firmaning dastlabki ishi tarixiy va qadimiy bo`lgan “Qosim Shayx” maqbarasini qayta rekonstruksiya qilishdan boshlandi. Dastlab qurilish uchun zarur bo`lgan yordamchi inshootlar, beton zavodi, mashina va mexanizmlar bazasi, ishchilar uchun yotoqxona qurilishi boshlab yuborildi. Bundan tashqari bu firma Navoiy viloyatidagi ko`plab kollej, litsey va maktab binolarini qurilishida faol ishtirok etib kelgan. “Sadoqat” MCHJ 2010- yilda Navoiy shahridagi anfiteatr qurilishida ham o`zini katta hissasini qo`shdi. Bu firma aholi turar joy binolarini barpo etishda ham ishtirok etib kelmoqda, bunga misol qilib ko`p qavatli aholi turar joy binolarini va birinchi prezidentimiz I.A.Karimov tashabbuslari bilan hozirgi kunda ko`plab qishloq joylarda yosh oilalar uchun qurilayotgan na`munali uy-joylar qurilishida ham juda faol ishtirok etib kelmoqda. “Sadoqat” MCHJ 2012- yilda Navoiy viloyatida bo`lib o`tgan “Umid nihollari” o`yinlarini o`tkazish uchun juda katta sport inshoatlari barpo etildi va bunday katta qurilishdan bu firma chetda qolib ketmadi. Standartlarga javob beradigan stadion, suv havzasi va sport zallar qurib bitkazilib Navoiylik yoshlar qo`liga topshirildi. Bunday katta sovg`alar uchun Yurtboshimizga qancha ko`p rahmat va tashakkurlar aytsak ham kamdir.
2.1-rasm.“SADOQAT” MCHJ ning boshqaruv tashkiliy strukturasi
“Sadoqat” MCHJ ida boshqaruv faoliyati quyidagi omillar asosida olib borish ko`zda tutilmoqda.
yangi texnika va texnologiyalarni lizing shartnomalari asosida xarid qilish ishlarini jonlanyirish va qurilish montaj ishlarini bajarishda ko`proq mahalliy hom ashyo va tovarlardan foydalanish;
qurilishda menejment samaradorligini oshirish maqsadida qurilish montaj ishlari hajmining o`z ishini ta`minlash, eng ko`p miqdorda sof mahsulot va foyda olish, qurilish muddatlarini qisqartirish va chegaralangan yoki eng kam mehnat xarajatlari bilan ishlash, aylanma mablag`lar, asosiy ishlab chiqarish fondlari va moddiy resurslar sifatini oshirish;
hozirgi bozor iqtisodiyotida rentabellik darajalarining o`sishi va ishlab chiqarish foydaligini ta`minlash har qanday qurilish tashkilotining muhim vazifasi hisoblanadi. Endilikda uning ko`plab masalalari davlat mablag`lari hisobiga emas, balkin o`zi qo`lga kiritgan mablag`lar hisobiga hal qilinadi. Shuning uchun ham ular bozor iqtisodiyoti sharoitida nafaqat ko`p “pul topish”, foydani ko`paytirish va rentabellikni oshirishga intilishi emas balki o`zlari ishlab topgan mablag`larining iqtisod qilishni va ulardan oqilona foydalanish.
Yuqorida ta`kidlab o`tilgan takliflardan korxonani boshqarishda qo`llansa, menejment samaradorligi, ya`ni “Sadoqat” MCHJ ma`suliyati cheklangan jamiyati faoliyati samaradorligini oshishi va natijada iqtisodiy mustahkam faoliyat yuritishga erishish mumkin.