ЭФФЕКТ
Excelning “ЭФФЕКТ” moliyaviy funksiyasidan nominal yillik foiz stavkasi va murakkab foizlarni yillik o’tkazishlar soni berilganda effektiv (haqiqiy, real) yillik foizni hisoblash uchun foydalaniladi. Bu funksiyaning argumentlari quyidagi moliyaviy ko’rsatkichlardan iborat:
ЭФФЕКТ(номинальная_ставка ;кол_пер)
Номинальная_ставка — nominal yillik foiz stavkasi.
Кол_пер —murakkab foizlar bo’yicha yillik o’tkazish davrlari soni
Eslatma
“кол_пер” argument butun songacha yaxlitlanadi.
Agar birorta argumenti butun son bo’lmasa, “ЭФФЕКТ” moliyaviy funksiyasi “#ЗНАЧ!” belgili xato qiymatni beradi.
Agar nominal stavka ≤ 0 yoki кол_пер < 1 bo’lsa, u holda “ЭФФЕКТ” moliyaviy funksiyasi “#ЧИСЛО!” belgili xato qiymatni beradi
Do'stlaringiz bilan baham: |