Эҳтиёж нима? Унинг қандай турлари мавжуд? Эҳтиёжлар бўйича Маслоу пирамидасини тушунтири беринг


Pul — bozor aloqalarining hammabop va universal iqtisodiy vositasidir



Download 342,67 Kb.
bet49/68
Sana10.02.2022
Hajmi342,67 Kb.
#439381
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   68
Bog'liq
Iqt. 1-100 (1)

1.. Pul — bozor aloqalarining hammabop va universal iqtisodiy vositasidir. bozor ishtirokchilarining hammasi puldan foydalanadilar. Xonadonlar resurslarni sotganda, firmalar tovar sotganda, davlat soliq undirganda pul oladi. Shu pulga xonadonlar bozordan iste’mol tovarlari sotib oladi, firmalar resurslar oladi, davlat esa ham resurslar, ham iste’mol tovarlarini xarid qiladi. Pul

soliqlar, badal va qarz kabi inajburiyatlarni to ‘lash uchun ham kerak. Xullas, pulsiz hech bir ish bitmaydi, hech kimning hojati chiqmaydi.


Pulning bozor iqtisodiyoti uchun beqiyos ahamiyati uning funksiyalarida namoyon bo'ladi. Pul 3 ta asosiy funksiyani bajaradi:

  1. Hisob-kitob va iqtisodiy o ‘lchov funksiyasi. Iqtisodiy faoliyatning 2 xil o ‘lchami bo'ladi. Biri moddiy o ‘lcham b o ‘lsa, ikkinchisi pul-qiymat o ich am i. Mahsulot va xizmatlar turi millionlab bo ‘lganidan ularni moddiy jihatdan bir o'lchamga keltirib, ularni taqqoslab boimaydi. Bu vazifani faqat pul bajarishi mumkin. Pulning hammabopligi shundaki, undan foydalanmaydigan iqtisodiy subyekt umuman bo'lmaydi. Pul universal vosita bo'lganidan, u harqanday iqtisodiy faoliyatning xarajati va natijasini aniqlaydi. Xullas, pul qiymat o'lchovi vazifasini o'taydi. Qiymatni o'lchash degani, ketgan sarf-xarajatlarni, yaratilgan tovar va xizmatlar miqdori va sifatining bozor narxida ifodalanishini bildiradi. Narx esa, biz bilamizki, tovar va xizmatlar xarid etilgan chog'da to'lanadigan puldir. Demak, pul qiymatni narx yordamida o'lchaydi.

2. Muomala vositasi funksiyasi. Pul bu funksiyani bajarganda oldi-sotdiga xizmat qiladi. Sotuvchi tovarini pulga almashtiradi,
bunda biz bilamizki, T-P operatsiyasi yuzaga keladi. Xaridor esa o 'z pulini tovarga ayirboshlaydi, bunda P-T operatsiyasiyuzaga keladi. Pul universal to'lov vositasi sifatida hamma yerda qabul qilinadi, chunki pulga almashtirilmaydigan tovar umuman bo'lmaydi. Pulni tovarga ayirboshlanishi bir lahzali ish emas, bu to'xtovsiz davom etadi. Shu sababli pul qo'ldan qo'lga o 'tib doimo harakatda bo'ladi. Pul insoniyatning buyuk kashfiyotlaridan biridir. Bu bilan ayirboshlashda ulkan qulaylik paydo bo'lgan, ayirboshlash sarf-xarajatlari mislsiz darajada qisqargan. Masalan, barter chog'ida bir mahsulotga boshqa kerakli mahsulotni darhol topib almashtirish amrimahol ish bo'ladi. Faraz qilaylik, agar dehqon sigirini motosiklga almashtirmoqchi bo'lsa, motosikl egasiga sigir kerak bo'lmaydi, unga uy kerak uy egasiga esa motosikl emas, balki muzlatkich kerak. Shu taxlitda dehqon motosiki egasiga kerakli tovarni topib, unga sigirini almashtirguncha ko‘p ovora b o ‘ladi, talay vaqtsarflaydi. Pul borjoyda bunday uzoq ovoragarchilik bo'lmaydi. Sigir darhol pulga sotilib, pulga motosiki olinadi. Pulning borligi tufayli ikki tovar egasining ishi bir zumda bitadi. Pul tovar ayirboshlashni jadallashtirganidan iqtisodiy o ‘sishga katta hissa q o ‘shadi, chunki ayirboshlash vaqtini tejaydi.
3. Jamg‘arish vositasi. Pul bu funksiyani bajarganda boylik to 'plashga xizmat qiladi. Bunda pulning hozirgi kungi xarid qobiliyati kelajakka ko‘chiriladi, u to ‘planib boradi va b o ‘lg‘usidagi xarid ishiga xizmat qiladi. Boylik — bu jamlangan barcha aktivlardir. Moddiy aktiv — bu jamg'arilish xususiyatiga ega b o ‘lgan va uzoq saqlanadigan moddiy shakldagi narsalardir. Bular jumlasiga yer, yerosti boyliklari, o'rmonlar, zavod, fabrikalar, fermer xo'jaliklari, binolar, inshootlar, transport vositalari, oltin, kumush, platina, javohirlar va boshqalar kiradi. Moliyaviy aktiv — bu pul va pulga tenglashtirilgan qimmatli qog‘ozlar, ya’ni aksiya, obligatsiya va sertifikatlardir. Aytilgan barcha aktivlar jamg‘arilish xususiyatiga ega. Demak, pul boylikning yagona shakli emas, chunki uning boshqa shakllari ham bor. Biroq pul jamg‘arish, boylik to ‘plashning eng qulay usuli, chunki u eng yuksak likvidli aktiv hisoblanadi.

Download 342,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish