Educational materials


Umumiy qismga quyidagilar kiradi



Download 4,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/231
Sana21.07.2022
Hajmi4,65 Mb.
#831803
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   231
Bog'liq
Educational materials

Umumiy qismga quyidagilar kiradi: 
-
tanlov savdolarida qatnashishga taklifnoma; 


-
tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid qilish yuzasidan shartnomaning 
umumiy shartlari; 
-
talabgorlarning tanlov savdolarida qatnashishga buyurtmanomalari 
shakli; 
-
talabgorning malakasini hamda uning texnik va moliyaviy ahvolini 
baholash talablari va mezonlarini, takliflarni moliyaviy baholash va tanlov 
savdolari g’olibini aniqlash mezonlari, tanlov savdolari tartibotiga taalluqli boshqa 
hujjatlardan iborat bo’lgan yo’riqnoma. 
Texnik qism Qurish, rekonstruktsiya qilish, texnika bilan qayta jihozlash, 
loyihalash, qurilish ob’ektlari uchun materiallar, konstruktsiyalar va jihozlar xarid 
qilishga doir tanlov hujjatlarini ekspertizadan o’tkazish tartibi to’g’risidagi Nizom 
talablariga muvofiq ishlab chiqiladi. 
Tanlov hujjatlarining tijorat qismi tovar (ishlar, xizmatlar) narxidan ishlar 
(xizmatlar)ni bajarish yoki tovarni etkazib berish shartlaridan, mablag’ bilan 
ta’minlash manbalari va shartlaridan, tanlov savdolari predmetini sotish 
muddatidan, shartnoma loyihasidan iborat bo’ladi.
Tanlov hujjatlari ular uchun to’lov to’langandan keyin taqdim etiladi. 
To’lov miqdori buyurtmachi va tanlov savdolari tashkilotchisi tomonidan, 
tanlov hujjatlarini ko’paytirish va tarqatish qiymatidan kelib chiqqan holda 
belgilanadi.
Ofertaning amal qilish muddati tanlov hujjatlarida belgilanadi. 
Tanlov savdolarida qatnashish uchun talabgorga quyidagi talablar qo’yiladi: 
-
tanlov savdolari predmeti qiymatining kamida 20 foizi miqdoridagi 
aylanma mablag’larning yoki ko’rsatib o’tilgan mablag’larni berishga bank 
kafolatnomasi, ishlar (xizmatlar)ni bajarish uchun zarur bo’lgan mehnat resurslari 
va mutaxassislarning mavjudligi; 
-
shartnomalar tuzish yuzasidan fuqarolik-muomala huquqiy layoqat va 
vakolatlar; 
-
ustav sarmoyasining miqdori; 
-
tanlov ob’ektiga o’xshash ob’ektlarda ishlash tajribasining mavjudligi; 
-
o’z kuchlari bilan ilgari bajarilgan ish hajmlari to’g’risidagi ma’lumotlar; 
-
tanlov ob’ektida o’z kuchlari bilan bajariladigan ishlarning 
mo’ljallanayotgan hajmi (foizlarda). 
Ta’sis hujjatlari, moliyaviy qatnashish, xolding shaklida va boshqa 
shakllarda ifodalangan bir-biri bilan bevosita tashkiliy-huquqiy yoki moliyaviy 
bog’liq bo’lgan tashkilotlarning tanlov savdolarida qatnashishi taqiqlanadi. 
Talabgorning imzosi va muhri qo’yilgan oferta savdolar tashkilotchisiga 
konvertga solib elimlangan holda jo’natiladi. 
Oferta uni taqdim etishning oxirgi kuni va vaqti tugagungacha qaytarib 
olinishi mumkin. 
Taqdim etish muddati tugagandan keyin olingan oferta ko’rib chiqilmaydi. 
Tanlov savdolari, qoidaga ko’ra, buyurtmachi joylashgan joyda o’tkaziladi. 
Tanlov komissiyasi majlisi ushbu belgilangan muddat (30yoki 35 kun) 
tugagandan keyin o’tkaziladi. 


Majlis vaqtida ofertalar solingan konvertlar ochiladi, shartlar va tartibotlarga 
rioya qilinishi, tanlov hujjatlarida ko’rsatilgan hujjatlarning mavjudligi tekshiriladi. 
Tanlov komissiyasi majlisi natijalari protokol bilan rasmiylashtiriladi. 
Tanlov komissiyasi majlislari natijalari to’g’risidagi axborot qatnashmagan 
oferentga yozma shaklda etkaziladi. 
Hujjatlar paketida tanlov hujjatlari talablarining buzilganligi aniqlangan 
taqdirda hujjatlar ularning mazmuni e’lon qilinmasdan oferentga qaytariladi. 
Tanlov hujjatlari shartlariga javob beradigan ofertalar bo’yicha oferentning 
ismi (nomi), malaka ma’lumotlari, taklif qilingan narxlar va bajarish muddatlari, 
shuningdek oferent tomonidan tanlov hujjatlari talablariga muvofiq kiritilgan 
qo’shimcha takliflar hisobga olinadi. 
Tanlov komissiyasi majlisida ofertani ko’rib chiqish davomida oferent 
tomonidan ofertaning mazmuni tushuntirib berilishiga yo’l qo’yiladi. 
Bunda ofertaning mazmunini, shu jumladan narxi yoki bajarish muddatini 
o’zgartiruvchi tushuntirishlar berilishiga yo’l qo’yilmaydi. 
Savdolarning turidan qat’i nazar, tanlov savdolari g’olibi tanlov 
komissiyasining yopiq majlisida aniqlanadi. Tender komissiyasi g’oliblarni eng 
ko’p raqobatli narxlar, etkazib berish va ishlarni bajarish (xizmatlar ko’rsatish) 
shartlari, to’lov hamda tender shartlarida belgilangan boshqa mezonlar bo’yicha, 
shuningdek tender savdolarida mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilariga narx 
preferentsiyalari berish tartibini tartibga soladigan boshqa normativ-huquqiy 
hujjatlar talablariga muvofiq aniqlaydi. Tanlov savdolari g’olibi tanlov 
qatnashchilari ishtirokida e’lon qilinadi, ishtirok etmagan qatnashchilar 
belgilangan tartibda xabardor qilinadi.
Ofertalarni ko’rib chiqish, baholash va taqqoslash natijalari to’g’risidagi 
axborot oshkor qilinmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan 
mustasno. 
Tanlov komissiyasining har bir majlisida protokol yuritiladi.
Tanlov 
savdolari 
buyurtmachi 
tomonidan 
belgilangan 
tartibda 
tasdiqlangandan keyin tugallangan hisoblanadi. 
Buyurtmachi "Davarxitektqurilish" qo’mitasi bilan kelishilgan kundan 
boshlab besh kun muddatda ommaviy axborot vositalarida tanlov savdolari 
natijalari (predmeti, g’olibi, investitsiya loyihasining shartnomaviy narxi va uni 
amalga oshirish muddati) to’g’risidagi axborotni e’lon qiladi. 
Tanlov savdolari agar quyidagi hollarda o’tkazilmaydi; 
-
ofertalarni taqdim etish muddatida uchtadan kam oferta tushsa
-
ofertalar tanlov hujjatlari shartlariga muvofiq bo’lmasa; 
-
ofertalarda tanlov savdolarida qatnashishga buyurtmanomani ta’minlash 
kafolati mavjud bo’lmasa; 
-
oferentlar tomonidan taklif etilgan narxlar tanlov savdolari predmeti 
boshlang’ich qiymatidan ancha ortiq bo’lsa; 
-
"Davarxitektqurilish" qo’mitasi bilan kelishuv bo’yicha tanlov 
komissiyasi tomonidan asoslangan boshqa holatlar paydo bo’lsa o’tkazilmagan 
hisoblanadi. 



Download 4,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish