Qora qo'tir po'st, po'stloq — teridagi birlamchi pufakcha, pufak, yiringcha va chuqur yaralar kabi toshmalar tarkibidagi tiniq yoki yiringli suyuqlikning qurib qolishi natijasida yuzaga keladi. Ba'zan qora qo'tir po'stga awal ishlatilgan dorilarning yopishib qolish hollari ham kuzatiladi. U teri yuzasidan ko'tarilib turadi, rangi har xil bo'ladi. Qora qo'tir po'stlar seroz, seroz — yiringli, yiring va qon aralash bo'lishi mumkin.
Yoriqlar — terming chiziqli yetishmovchiligi bo'lib, yallig'lanish, infiltratlanish oqibatida hamda teri o'zining yumshoqligi va elastikligini yo'qotganida vujudga keladi. Yuzaki yoriqlarda patologik jarayon faqatgina terming epidermis qismida joylashadi. Chuqur yoriqlarda esa jarayon terining derma va undan ham chuqurroq qismida joylashgan bo'lishi mumkin. Odatda yoriqlar surunkali ekzema, piodermiya, kandidozda kuzatiladi va asosan terining tabiiy burmali joylari (tizza, barmoqlar yuzasi, og'iz burchaklari va boshqalar)da uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |