Диплом лойиха диплом бажарди: Тохиров Ж. Диплом рахбар: Қодирова Д. Тошкент 2012 mundarija: Bet



Download 1,36 Mb.
bet1/23
Sana07.04.2022
Hajmi1,36 Mb.
#533801
TuriДиплом
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
aralash usul bilan portlandtsement ishlab chiqarish (1)


URDU TEXNIKA FAKULTETI QURILISH MATERIALLARI, BUYUMLARI ВА КОНСТРУКЦИЯЛАРИ ТЕХНОЛОГИЯСИ КАФЕДРАСИ
Мавзу: «Аралаш усул билан портландцемент ишлаб чиқариш»

ДИПЛОМ ЛОЙИХА


Диплом бажарди: Тохиров Ж. Диплом рахбар: Қодирова Д.
ТОШКЕНТ – 2012
MUNDARIJA:
Bet

  1. Kirish…………………………………………………………………….2

  2. Texnologik qism………………………………………………………..12

Mahsulotning nomenklaturasi……………………………………....13
Ishlab chiqarish usulini tanlash va asoslash…………………......….32
Sexning ish rejimi…………………………………………….……..39
Buyum turlari bo‘yicha sex mahsuldorligini hisoblash……………..40
Xom ashyo va yarim fabrikatlarga sexning talabini aniqlash……….41
Texnologik uskunalarni tanlash va asoslash………………………...43

  1. O‘rta kalonnani hisoblash…………………………………....................46

  2. Iqtisodiy qism…………………………………………………………...51

  3. Mehnat muhofazasi……………………………………………………..57

  4. Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………74 O‗tgan yili faoliyat ko‗rsatayotgan korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash hamda zamonaviy, yuksak texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishni tashkil etishni tezlashtirish borasida faol investitsiya siyosati yuritishga alohida e‘tibor qaratildi.

Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishga yo‗naltirilayotgan kapital qo‗yilmalar hajmi ancha oshib, o‗tgan yilga nisbatan ularning o‗sish sur‘atlari 109,3 foizni, yalpi ichki mahsulot tarkibidagi ulushi esa 24,5 foizni tashkil etishi kutilmoqda.Shuningdek, xorijiy investitsiyalar va jalb qilinadigan kreditlar hajmi 16 foizga ko‗payib, 3 milliard 300 million dollardan oshadi. Mazkur mablag‗ning 2 milliard 300 million dollardan ortig‗i yoki qariyb 70 foizini to‗g‗ridan-to‗g‗ri xorijiy investitsiyalar tashkil etishi ayniqsa e‘tiborlidir.Bu xorijiy investorlarning iqtisodiyotimizning mustahkamligi va barqarorligiga, eng muhimi, O‗zbekiston taraqqiyotining istiqboliga bo‗lgan qiziqishi va ishonchi tobora ortib borayotganidan yaqqol dalolat beradi.
O‗tgan yili protokol bilan belgilangan topshiriqqa binoan mamlakatimizning barcha yirik korxonalari va ishlab chiqarish tarmoqlarida o‗tkazilgan texnik audit natijasida 37 mingga yaqin asbob-uskuna va texnologiyalarning jahon miqyosida sinovdan o‗tgan, zamonaviy turlariga almashtirilishi lozimligi aniqlandi.
Viloyat va hududiy tuzilmalar rahbarlari transport va kommunikatsiya, birinchi navbatda yo‗l qurilishi sohasi, shuningdek, ijtimoiy va obodonlashtirish ishlari ko‗p mehnat talab etadigan va ayni vaqtda yaxshi haq to‗lanadigan, aholini ish bilan ta‘minlash imkonini beradigan tarmoqlar ekanini doimo yodimizda tutishimiz zarur. Shu nuqtai nazardan qaraganda, mamlakatimizning barcha hududlarini ishonchli ravishda bog‗laydigan, mintaqaviy va jahon bozorlariga chiqishni ta‘minlaydigan O‗zbek milliy avtomagistrali tarkibiga kiradigan yo‗llarni qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarini jadal amalga oshirish biz uchun g‗oyat muhim ahamiyatga ega.Shu maqsadda 2012-yilda 517 kilometrlik avtomobil yo‗llari, ikkita yirik transport bog‗lamasi, 544 pogon-metr ko‗prik va yo‗l o‗tkazgichlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish mo‗ljallanmoqda. Buning uchun Respublika yo‗l jamg‗armasidan 360 million AQSh dollaridan ortiq qiymatdagi, o‗tgan yilga nisbatan 12,5 foiz ko‗p mablag‗ yo‗naltirish rejalashtirilmoqda.
O‗zbek milliy avtomagistralini modernizatsiya qilish nafaqat mamlakatimiz, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun ulkan strategik ahamiyatga ega ekanini inobatga olgan holda, ushbu loyihani amalga oshirishda Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Arab Muvofiqlashtirish guruhi a‘zolari singari xalqaro moliya tuzilmalari faol ishtirok etmoqda.Mazkur tashkilotlar tomonidan 742 kilometrlik avtomobil yo‗llarini qurish va rekonstruksiya qilish, yo‗l qurilishi bo‗yicha zamonaviy texnika sotib olish uchun 1 milliard 400 million dollarga yaqin imtiyozli kreditlar ajratildi.
Faqat 2012-yilning o‗zida ushbu maqsadlar uchun 109 million dollar miqdoridagi mablag‗ni o‗zlashtirish, 165 kilometr sment-beton qoplamali yo‗llarni foydalanishga topshirish, jumladan, Qamchiq dovoni orqali o‗tadigan yo‗lni rekonstruksiya qilish mo‗ljallanmoqda.
Faqat o‗tgan yilning o‗zida namunaviy loyihalar asosida umumiy maydoni 1 million 100 ming kvadrat metrga teng bo‗lgan 7 ming 400 ta xususiy uy-joy qurib bitkazildi. Bu maqsad uchun 576 milliard so‗mlikdan ortiq investitsiyalar yo‗naltirildi, ularning 63 foizidan ziyodini markazlashtirilgan manbalar va ―Qishloq qurilish bank‖ mablag‗lari tashkil etadi.
Joriy yilda umumiy turar-joy maydoni 1 million 200 ming kvadrat metrdan ortiq bo‗lgan 8 ming 510 ta yakka tartibdagi uy-joy qurilishi rejalashtirilgan, bu esa o‗tgan yilga nisbatan 15 foiz ko‗pdir.
Shu bilan birga, davlat mablag‗lari, takror aytaman – byudjet mablag‗lari hisobidan turar-joy posyolkalarini qurish bo‗yicha oldindan tasdiqlangan kompleks rejalarga muvofiq 425 kilometrdan ziyod vodoprovod tarmog‗i, qariyb 260 kilometr yelektr liniyalari, 375 kilometr gaz tarmoqlari va 306 kilometr ichki yo‗llar qurilishi rejalashtirilgan.
Ijtimoiy infratuzilma ob‘ektlarini barpo etish hisobidan kompleks qurilish joylarida 26 ta qishloq vrachlik punkti, 10 ta umumta‘lim maktabi va 680 tadan ziyod xizmat ko‗rsatish va servis ob‘ekti foydalanishga topshiriladi.
Ushbu maqsadlarda yil davomida qariyb 810 milliard so‗mlik kapital qo‗yilmalarni o‗zlashtirish rejalashtirilmoqda. Umuman aytganda, Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirishning 2015-yilgacha mo‗ljallangan tasdiqlangan dasturini amalga oshirish ishlariga 2 milliard 200 million AQSh dollari qiymatidagi mablag‗ yo‗naltirish ko‗zda tutilmoqda.Bu dasturning amalga oshirilishida Osiyo taraqqiyot banki faol ishtirok etmoqda.Mazkur bank qishloqda yakka tartibdagi uyjoylar qurilishiga 500 million dollar miqdorida, jumladan, 2012-yilda 160 million dollar investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda.
Shu borada masalaning yana bir jihatiga e‘tiboringizni qaratmoqchiman. ―Qishloq qurilish bank‖ tomonidan uning o‗z mablag‗lari va Osiyo taraqqiyot bankining zayom mablag‗lari hisobidan namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi uy-joylarni qurish uchun kreditlar qishloq aholisiga imtiyozli shartlarda, 15-yil muddatga yillik 7 foizli stavka bo‗yicha berilmoqda. Bu esa tijorat banklarining ipoteka kreditlari stavkasidan qariyb ikki barobar past bo‗lib, mohiyat e‘tibori bilan qishloqda yashayotgan oilalarga katta imtiyoz va imkoniyat yaratib berishga qaratilgandir.
Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,
―Qishloq qurilish invest‖ kompaniyasi, Davlat arxitektura va qurilish qo‗mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, ―Qishloq qurilish bank‖ shu yil fevral oyining oxirigacha qishloq joylardagi yakka tartibdagi turar-joy massivlarida uy-joylar, tashqi muhandislik va transport kommunikatsiyalari, ijtimoiy va bozor infratuzilmasi ob‘ektlarini moliyalashni va ularning qurilishi boshlanishini ta‘minlasin.
Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani, transport va kommunikatsiyalar qurilishini jadal rivojlantirish, aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarining ko‗lamini kengaytirish hisobidan 2012-yilda qariyb 75 mingta yangi ish o‗rni tashkil etish ko‗zda tutilmoqda.
Mustaqillik yillari davomida qo‘llanilib kellanilayotgan bosqichma – bosqich islohatlar siyosati O‘zbekiston aholisi hayotida farovonlikni oshirishda anchagina ijtimoiy – iqtisodiy yangiliklar olib keldi. Shu bilan rivojlanib kelayotgan Respublika jahon hamjamoyati tomonidan tan olindi va o‘z mavqeyiga ega bo‘ldi.
Yuzaga kelgan barcha imtiyozlardan unumli va oqilona foydalanish uchun samarali ishlab chiqarish turlarini loyihalashtirish va ularni tadbiq etish talab qilinadi.
Respublikamiz xalq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari orasida qurilish materyallari salmoqli o‘rin egallaydi.Shu jumladan qurilish materyallarini umumiy ishlab chiqarish hajmiga nisbatan tsement – 70 % ni,shifr – 15 % ni,maxsus qurilish materyallari – 10 %ni va boshqalar - 5 % ni tashkil qiladi.Ushbu keltirilgan ma‘lumotlardan ko‘rinib turibdiki qurilish materyallari ichida sement ishlab chiqarilishi katta ahamiyatga ega va tez suratlarda rivojlanib bormoqda.Masalan mamlakatimizda 2000 yilda 3.28 mln tonna tsement ishlab chiqarilgan bo‘lsa,bu ko‘rsatkich 2009 yilga kelib 6.85 mln tonnaga yetgan. 2011 yilga kelib esa tsement ishlab chiqarilish hajmi 6.99 mln tonnani tashkil etgan bo‘lsa eksport hajmi ham oshib 1 mln tonnaga etdi.
Sement tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak,dunyoda birinchi sement ishlab chiqaradigan zavod 1839-yilda Rossiyaning Petrburg shahri yaqinida ish boshlagan bo‘lsada,XIX asrning oxiri va XX asrning boshlariga kelibgina sement sanoati tez tarqqiy etgan.
Ixtiro qilinishi rus harbiy texnigi E Cheliyev va ingliz olimi Jozef Aspidin bilan boliq.Eng qizii bu ikki olimlar bir-birlaridan bexabar holda bir vaqtda 1824 -1825 yillarda sementni kashf qilishgan.
Angliyalik tadqiqotchi Jozef Aspidin mustahkam sunniy tosh sohasida ish olib borib 1824-yilda yaratgan ―Sunniy tosh ishlab chiqarishning takomillashgan usuli‖ ishi uchun patent oldi.Bu sunniy tosh Portland shahri yaqinida qazib olinayotgan portland toshiga o‘xshaganligi sababli portlandsemet deb atalgan.
Rus harbiy texnigi E.Cheliyev esa suvga chidamli sementning yanada takomillashgan turini yaratish hususuda izlanish olib borib,1825 – yili juda muhum ixtiro qildi:ohak bilan tuproq aralashmasi 1200 … 1300 0C gacha,ya‘ni oqarib tovlana boshlaguniga qadar kuydirilganiga qovushib pishgan ―kesaklangan‖ mahsulot hosil bo‘ldi.Uni tuyib suvga qorilsa,suvga chidamli va ajoyib mexanik xossaga ega bo‘lgan toshga aylanadi.E.Cheliyev o‘zining o‘sha kezlarda Moskvada nashr etgan ―Arzon va yaxshi mergel ishlash yoki suv inshoatlari,chunonchi, kanal,ko‘prik,havza,to‘g‘on,ombor,yer to‘la qurish hamda ish va yoochli imoratlarni suvashda ishlatiladigan nihoyatda pishiq sement tayyorlashga doir mufassal yo‘l yo‘riqlar‖ degan kitobida shunday yangi sement ishlab chiqarish usulini bayon etgan edi.
Vatanimiz O‘zbekistonda esa, ilk bor portlandtsement ishlab chiqarish zavodi 1918-yil may oyidan Bekobodda qurila boshlandi. Bu zavod 1926- yilga kelibgina ishga tushdi. Dastlabki 3 yil davomida korxona portlandtsement ishlab chiqarishni o‘zlashtirib, yiliga 28 000 tonnadan mahsulot berdi. O‘sha vaqtlarda zavod zamonaviy hisoblangan soatiga 4 tonna klinker ishlab chiqaradigan 45 metrli aylanma pechga ega bo‘lgan. Unda xom ashyo va klinkerni tuyuvchi shar tegirmonlar va 1000 kVt quvvatli elektrostansiyaga ega bo‘lgan.
1936 - 1937 yillardagi birinchi rekonstruksiyadan keyin zavod yiliga 155 000 tonna mahsulot bera boshladi. Zavod 1959 yili qayta rekonstruksiya qilinib, ancha kengaytirildi. Ikkita 118 metrli aylanma pech o‘rnatildi. 1961 yili yana bitta 150 metrli pech ishga tushirildi. Natijada zavodning yillik quvvati 720 000 tonnaga yetdi. 1970 yili korxona quvvati 800 000 tonnani tashkil etgan bo‘lsa, oxirgi X besh yillikda sement ishlab chiqarish 1 mln 50 000 tonnaga yetdi.
1995 yilning matr oyidan boshlab Bekobodsement nomi ―Bekobodsement‖ OAJ ga o‘zgartirildi.2003 yildan beri zavodning ishlab chiqarish hajmi oshib bormoqda.2007 yildan esa sement ishlab chiqarilishi qo‘shimchlar hisobiga sezilarli darajada ortdi.Bugungi kunda ―Bekobodsement‖ OAJ O‘zbekistonda sement ishlab chiqarish quvvati bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni egallaydi.
Zavod o‘z mahsulotini Toshkent shahri va Toshkent viloyati bozorlariga chiqarish bilan birga Qozoiston Respublikasiga ham eksport qilmoqda.Bekobodsement mahsulotlaridan Nurek va Farxod gidroelektrostansiyalari, Farg‘ona va Sirdaryo issiqlik stansiyalari,metallurgiya zavodi,Toshkent aeroporti, Sho‘rtan gaz-kimyo kompleksi va boshqa ko‘pgina elektro-energiya va sanoat korxonalari qurilishida foydalanilgan.‖Baykanur‖ kosmadromi qurilishida foydalanilgan sement ham Bekobodda ishlab chiqarilgan. Endilikda zavod texnologiyasi uzluksiz takomillashib,ulkan korxonaga aylandi.
Mamlakatimizda ikkinchi sement zavodi 1929 - yili Quvasoy shahrida qurila boshlandi.1932 - yilning 21 fevralida bu zavod ishga tushurildi. Birinchi yili Quvasoy zavodi 42,2 tonna sement ishlab chiqardi. Texnologiya takomillashib, ishchi va injener - texnik xodimlar malakasining o‘sishi tufayli birinchi 5 yillik oxirida zavodning ishlab chiqarish quvvati 120 500 tonnaga yetdi.1946 - 1951 yillarda zavod rekonstruksiya qilinishi oqibatida sement ishlab chiqarilishi yiliga 200 000 tonnani tashkil qildi. 1951 - 1959 yillarda Quvasoy zavodida katta rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi, zavod kengaytirilib, 150 metrli pechlar bilan jihozlandi.1959 yilga kelib hamma pechlar gaz bilan ishlaydigan bo‘ldi. Zavod quvvati 1960 yili 670 000 tonnani, 1970 yili yesa 800 000 tonnani tashkil qildi. XX asr 5 yillik oxirida zavod 1 mln tonna mahsulot berdi.
1995 – yili avgust oyidan zavod aksiadorlik jamiyatiga aylntirildi.1996-2001 yillarda hamma asosiy sexlarga changyutuvchi sistemalar o‘rnatildi.1999 yilda
Quvasoysement zavodida O‘zbekiston – Amerika oltin qazibolish ―Zarafshon - Nyumont‖ qo‘shma korxonasi uchun va Respublikadagi issiqlik elektrostansiyalari uchun suv qattiqligini bartaraf qilish uchun ohakni yuqori sifatli maydalash tenologiyasi ishlab chiqildi va joriy qilindi.
Quvasoy sement zavodi mahsulotlarini Farona vodiysi va Qiriiston Respublikasi bozorlarini ta‘minlab kelmoqda.Zavod sement yetishtirib berish bo‘yicha respublikamizda 3 o‘rinda turadi.
Zavod mahsuloti asosida To‘xtagul Gidroelektrstansiyasi va Andijon suv ombori qurilgan.Shuningdek ―Faronaqurilish‖, ‖Namanganqurilish‖ va
―Andijonqurilish‖ trestlari zavodning doyimiy mijozlaridir.
Ikkinchi Jahon urushidan so‘ng boshqa zavodlardan ko‘chib keltirilgan jihozlar hisobiga Angren shahrida bir soatda 6.2 tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan , uzunligi 57,5 metr,diametri 3 metr bo‘lgan bir pechli zavod qurildi. Kichik hisoblangan bu zavodning yillik quvvati 40 000 tonnaga ham yetmas edi. Zavod 60- yillarning o‘rtalarida qayta jihozlanib, 80 metrli pechlar o‘rnatildi. Zavodning yillik o‘rtacha qiymati esa 50 ming tonnani tashkil yetdi.1977 yiling boshiga qadar Angren sement zavodi yiliga 60 ming tonna oq sement ishlab chiqardi.1989 yilda ―Angren qurilish materyallari kombinati‖ qoshida ―Sementchi‖ koperativi tashkil qilinadi.1992 yilda esa davlat mulkiga aylantirlidi.1995 yildan ―Angren qurilish materyallari kombinati‖ Ochiq turdagi aksiodorlik jamiyatiga aylantirilsa,2002 yildan ―Angren sement kombinati‖OAJ ga o‘zgartiriladi. Hozirda bu yerda 4 xil rangli sement ishlab chiqarilmoqda.
1968 yilning boshida Ohangaron sement zavodi ishga tushiruldi. Ohangaron sement zavodi yiliga 2 mln tonna sement ishlab chiqarilmoqda. M.ulomov tavsiyasiga binoan Angrendagi past sifatli kaolinitli tuproqdan va Ohangoron ohaktoshidan juda yaxshi qovushib pishadigan yuqori mustahkamlikga ega bo‘lgan oq sement olinmoqda.1983 yilda sement tegirmonlari taminlandi.1995 yildan soatiga
2000 qopda chiqarish quvvatiga ega bo‘ldi.2006 yili ―Yevrosement group‖ Xolding zavodi tarkibiga kirganidan keyin rivojlanishning yangi bosqichga ko‘tarildi.
2008-yili ―Oxongaronsement‖OAJ portlandsement ishlab chiqaruvchi zavodiga O‘zbekstandart agentligi tomonidan ―O‘zbekistonning eng yaxshi maxsuloti‖ diploma topshirildi.2009 yili esa tashkilot ―Yevrosement group‖ Xoldingning ―Eng foydali tashkiloti ‖ kubogi bilan taqdirlandi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda sement ishlab chiqarish bo‘yicha eng yirik hisoblangan ―Qizilqumsement‖ OAJ ga 1977-yili asos solindi.1977 – 1978 yilarda birinchi va ikkinchi linyalardagi diametrlari 6,4/7 mater uzunligi 95 metr bo‘lgan aylanma pechlari ishga tushurildi.1989 yili esa uchinchi linyasi diametri 4,5 va uzunlgi 97,5 metrli aylanma pechi o‘rnatildi.har bir aylanma pechning loyihalangan quvvati sutkasiga 3 000 tonna klinkrni tashkil qiladi.
Bugungi kunda ―Qizilqumsement‖ OAJ 64 % aksiyalari davlatga,24 % ishchi xodimlarga,qolgan 13 % esa aksiodorlarga tegishli.Korxonada 2300 ga yaqin odam ishlamoqda. ―Qizilqumsement‖ OAJ zavodi O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan sementning 55 %,eksportning 70 % ini ishlab chiqaradi.
1996 yildan boshlab sementlar qoplarda ham chiqariladigan bo‘ldi.
―Qizilqumsement‖ OAJ sement ishlab chiqaradigan zavodning O‘zbekistondagi boshqa zavodlardan farqi shundaki,bu zavodda sement quruq usulda ishlab chiqariladi,boshqa zavodlarda esa ho‘l usulda.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda sement ishlab chiqarishda quydagi zavodlar yetakchilik qilad:
―Qizilqumsement‖ OAJ - 3.1 mln tonna;
―Oxongaronsement‖ OAJ - 1.74 mln tonna;
‖Quvasoysement‖OAJ - 920 ming tonna;
AK ―O‘zqurilishmateryallari‖ dunyoda sement ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi hisoblangan Lafarge (Fransiya) kompanyasi bilan hamkorlikda Vatanimizda yana bitta quruq usulda sement ishlab chiqariladigan zavod Jizzax viloyatida qurilishiga kelishildi.Ishlab chiqarish quvvati yiliga 2 mln tonna bo‘ladi. Zavod 2013 yilda ishga tushurilishi kutilmoqda.
Bugungi kunda sement tayyorlash texnalogiyasi sohasi oldida bir qancha vazifalar turadi. Bu vazifalarga 1000-2000 markali, mustahkamlik darajasi yuqori hamda o‘ta tez qotib, sutka mobaynida markadagi mustahkamligining 70% iga erishadigan sementlar tarkibini ishlab chiqarish va ularni tadbiq etish kiradi. Bunday sementlar asosida tayyorlanadigan betonlar va beton konsruksiyalar korroziyaga, sovuq,quruq va issiq iqlim sharoitiga chidamliligi bilan birga suv o‘tkazmaslik kabi xossalarini oshirishi ham muhim vazifalardandir.

Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish