3.2. FOR - operatori
FOR operatori – bu tsiklning jismi oldindan koʻrsatilgan marta takroran bajarish jarayonini dasturlash uchun qoʻllanadi. Takrorlashlar soni tsikl jarayonini boshqaradigan oʻzgaruvchining qiymatiga bogʻliq boʻladi.
U
3.1-rasm.
shbu operator umumiy koʻrinishda quyidagicha yoziladi:
for x0 in range (x1, x2, x3) :
tsikl jismi
Bu yerda x0 – tsikl jarayonini boshqaruvchi oʻzgaruvchi boʻlib, tsikl jismining bajarilishi yoki bajarilmasligini hal qiladi; x1 va x2 -uning boshlangʻich va oxirgi qiymatlari, x3 -esa oʻzgarish qadami boʻlib. U 1 ga teng boʻlgan hollarda tushirib qoldirish mumkin.
For buyrugʻi quyidagicha bajariladi (3.1-rasm): dastlab x0 oʻzgaruvchi boshlangʻich x1 qiymatini oladi. Soʻngra bu qiymat uchun tsikl jismi bir marta toʻla bajariladi. Shunday keyin x0 ning qiymati x3 miqdorida orttiriladi va bu yangi qiymat uchun x02 sharti tekshiriladi. Agar uning qiymati True (rost) boʻlsa, tsikl jismi yana bir marta bajariladi va x.k. Bu jarayon to shart ning qiymati False (yolgʻon) boʻlib qolmaguncha davom etaveradi. Bu holat takrorlanishlar sonini belgilab beradi.
Masalan,
Do'stlaringiz bilan baham: |