Tadqiqotning ilmiy-amaliy ahamiyati:
1. Yakka tartibdagi frontal mashg’ulotlarda to`g’ri nutq va xulk-atvor
ko`nikmalarini tarbiyalash bo`yicha qo`shimcha mashgulotlar o`tkazishni
(noto`g’ri talaffuz etishni tuzatish, ruhiy ko`rinishdagi suhbatlar va hokazo)yo`lga
qo`yish. Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarning nutq rejimi kattalarning keng
ko`lamli yordami orqali amalga oshiriladi. Bunda ular bolalarning bir nutq
bosqichidan boshqasiga o`tishini muntazam nazorat qilish. Nutq mashklarini tanlab
olishni, ular tomonidan to`g’ri nutq talablarini, turli sharoitlarda to`g’ri nutq
ko`nikmalarini mashq qildirilishini nazarda tutadi.
2. Nutq kamchiliklarini bartaraf qilishda qo`llaniladigan metodlari
yordamida o`qitishning eng qulay va oson yo`llari yaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |