Turkistonda dastlab ochilgan rus maktablari. Markaziy Osiyo xonliklarida islom dini davlat dini hisoblanar edi. Musulmon ruhoniylari Markaziy Osiyoning feodal hukmronlari bilan mahkam bog‘langan edi; shu hukmronlarning yordami tufayli bu yerda musulmonlarning juda kо‘p diniy о‘quv yurtlari, chunonchi: masjidlar huzurida maktablar, madrasalar va shunga о‘xshagan о‘quv yurtlari bor edi. Turkistonda birinchi general-gubernatori bо‘lgan Kaufman barcha musulmon muassasalariga nisbatan “aralashmaslik” (betaraflik) siyosatini tutdi.
О‘rta asr musulmon maktablarini isloh qilishdan bosh tortgan chorizm, ruslar о‘rnashgan yerlarda ochilgan rus maktablarini Turkistonda maorif sohasida о‘z siyosatining quroli qilib olishga harakat qildi. (Toshkentda dastlabki rus maktabi 1866 yilda ochilgan edi). Rus maktablariga ruslar bilan birga о‘qish uchun mahalliy aholi bolalari ham qabul qilinar edi. Turkistondagi boshlang‘ich rus maktablarida hunarga Rossiyaning Yevropa qismidagiga qaraganda, ancha kо‘proq о‘rgatilar edi; bundan maqsad mahalliy aholining bolalarini maktabga kо‘proq jalb qilish edi.
Chorizmning Turkistonda ruslashtirishdan iborat maktab tizimi uning Povoljye (Volgabо‘ylari) uchun maqullangan “Ilminskiy sistemasi”dan farq qilar edi. Qozon pedagogi Ilminskiy Volgabо‘yidagi chuvashlar, mariylar va boshqa xalqlar uchun alohida rus va mahalliy aholi maktablari ochgan edi. Bu maktablarda о‘qish dastlab bolalarning ona tillarida olib borilar, rus tili esa alohida fan sifatida о‘qitilar edi, shu bilan birga, hamma darsliklar xristian (pravoslaviye) dinini targ‘ib qilish ruhida tuzilgan edi. Bulardan farqli о‘laroq, islom dini ta’siri kuchli bо‘lgan Turkistonning mahalliy aholisi о‘rtasida xristianlar missionerligiga ruxsat etilmas edi; buning ustiga rus maktablarida musulmon dinini о‘qitish ham man etilgan edi; rus maktablariga о‘qishga kirgan yerli aholi bolalari dastlabki kundanoq rus tilida о‘qitilar edi.
Turkistonda dastlabki rus о‘rta о‘quv yurtlari 1870 yillardan ochila boshladi: 1876 yili Toshkentda, Verniyda (hozirgi Olmaotada) erlar va Xotin-qizlar gimnaziyalari. 1879 yili esa Toshkentda о‘qituvchilar seminariyasi ochildi. Gimnaziyalarga ham yerli aholining bolalari qabul qilinar edi. О‘qituvchilar seminariyalarida esa mahalliy aholi bolalariga 1G‘3 о‘rin ajratilgan edi.
Turkistonda dastlab ochilgani ba’zi bir rus maktablarida о‘quvchilarning 1G‘4 ini va undan kо‘prog‘ini mahalliy aholi bolalari tashkil etgan bо‘lsa-da, lekin butun Turkiston о‘lkasi bо‘yicha hisoblaganda bunday maktablarda о‘quvchi mahalliy aholi bolalari 200 tadan oshmas edi. Bularning ham kо‘pi qozoq bolalari bо‘lib, о‘zbek va tojik bolalari juda oz edi, chunki musulmon ruhoniylari “kofirlar” maktablariga qarshi targ‘ibot yurgizar edilar. Rus maktablarida, ayniqsa о‘rta maktablarda о‘quvchilar о‘rtasida о‘z ijtimoiy ahvoliga kо‘ra boylar va oq suyaklarning bolalari kо‘pchilikni tashkil etar edi.
Chorizmning maktab sohasidagi siyosati ruslashtirishdan iborat bо‘lsa ham, lekin rus bolalari bilan mahalliy aholi bolalarining birgalikda о‘qishlari, ular о‘rtasida о‘zaro dо‘stlikni tarbiyalar edi.
Rus maktabiga о‘qishga kirgan bolalar rus tilini mutlaqo bilmas edilar, natijada ancha qiyinchilik tug‘ilar edi. Shuning uchun rus maktabiga kirgan, lekin rus tilini mutlaqo bilmaydigan о‘quvchi rus tilida sо‘zlashishni о‘rganib olmaguncha odatda quyi bо‘limda о‘qir, rus tilida sо‘zlashishni о‘rganib olgandan keyingina yuqori bо‘limga о‘tkazilardi. Yuqori bо‘limlarga о‘quv yilining о‘rtalarida ham о‘tkazilar edi, chunki maktablar kichkina bо‘lib, bir vaqtning о‘zida mashg‘ulotlar bir necha bо‘limlar bilan olib borilar edi.
Rus maktablarida о‘qiydigan qozoq bolalarning kо‘pchiligi internatlarda yashar edilar, xudi shu internatlarda rus tili yanada tezroq va puxtaroq о‘rganib olinar edi.
Toshkentdagi gimnaziyada dastlabki yillarda, mahalliy aholining bolalarini rus tili bilan kо‘proq shug‘ullantirish uchun lotin tilini о‘rgatishdan ozod qilinar edi.
1880 yillarning boshlariga kelib rus maktablarida о‘qiydigan о‘zbek va tojik bolalari uchun islom dinini о‘qitish kerak, toki ota-onalari bu maktablardan qо‘rqmasinlar, degan fikr tarqalgan edi. Turkiston ma’murlari bu fikrning qanchalik tо‘g‘ri ekanligini tekshirishga qaror qildilar. 1884 yil 19 dekabrda Toshkentda, “eski shahar” qismida sinab kо‘rish uchun birinchi rus-tuzem maktabi ochilgan edi. 10 yillardan keyin Toshkentda bunday maktablar soni tо‘rttaga kо‘paydi. Bu tipdagi maktablar о‘lkadagi yirik shaharlar hamda qishloqlarda ham tashkil etila boshladi. О‘lkada rus, rus-tuzem maktablari ilk bor XIX asrning 70 – yillarida yuzaga kelgan bо‘lsa, 1904 yilga kelib ularning soni 57 taga yetdi.
Rus-tuzemmaktablaridafaqatо‘g‘ilbolalarо‘qitilaredi. Ota-onalar qizlarini bunday maktablarga bermas edilar. 1903 yilda Turkiston pedagogika tо‘garagi, Toshkentda qizlar uchun rus-tuzem maktabi ochildi. Lekin bu maktabning faoliyati uzoqqa chо‘zilmay, ikki yildan keyin yopilib qoldi.
Rus-tuzem maktablarida rus tilini о‘qitish dasturi va uslubi rus bо‘lmagan о‘quvchilar uchun mо‘ljallab tuzilar edi. (bu maktablarda ba’zan rus bolalar ham uchrab qolar edi).
1884 yili, sinash uchun ochilgan rus-tuzem maktabida (Turkiston о‘qituvchilar seminariyasining rus qismida) tarbiyalanuvchilar uchun о‘zbek tili kiritildi. Namangan yaqinida bir qishloqda 6 yil yashagan va о‘zbek tilini yaxshi о‘rganib olgan V.P.Nalivkin, bu maktabda birinchi bо‘lib о‘zbek tilini о‘qitgan edi. U sinash uchun ochilgan rus-tuzem maktabining birinchi о‘qituvchisi edi. Nalivkin V.P. seminariyada 1890 yilgacha dars berdi. Dars chog‘ida Nalivkin bо‘lajak chо‘qituvchilarga faqat о‘zbek tilinigina о‘rgatib qolmasdan, balki ularda о‘lkani о‘rganishga ham havas uyg‘otgan edi. Seminariyada о‘qib chiqqanlar orasida rus-tuzem maktablarida ishlashga tayyor bо‘lgan va bu ishni sevib qolganlar anchagina edi.
Turkistonning rus aholisi maktab ta’limi bilan yerli aholiga qaraganda ancha yaxshiroq ta’minlangan edi. Turkiston о‘lkasida birinchi bо‘lib rus maktabi Toshkentda 1866 yilda, Samarqandda 1870 yilda, oradan 1-2 yil о‘tgach, Turkiston о‘lkasining boshqa shaharlarida ham paydo bо‘ldi.
Bu rus maktablarida mahalliy aholi bolalari juda kam sonni tashkil etardi. 1876 yilda Toshkentda erkaklar progimnaziyasi va qizlar progimnaziyasi ochiladi. 1894 yilda real bilim yurti ochildi. Bu о‘quv yurtlarida boshqa shaharlardan kelgan о‘quvchilar uchun pansion (yotoqxona) ham bor edi. Bu maktablar davlat byudjetidan ta’minlanar edi.
1879 yilda Toshkentda Turkiston muallimlar seminariyasi ochildi. Bu seminariya maktablari rus boshlang‘ich sinflari uchun о‘quvchilarga ona tilidan muallimlar tayyorlab berishi lozim edi. XIX asrning 80-yillari о‘rtalaridan boshlab seminariya rus-tuzem maktablari uchun ham muallimlar tayyorlashga ham kirishdi. Mahalliy tilni о‘rganish majburiy qilib qо‘yilganligi Toshkentdagi bu seminariyaning xususiyatlaridan biri bо‘ldi. Seminariyada V.P.Nalivkin о‘zbek tilida dars bera boshlagan birinchi о‘qituvchi bо‘ldi. 1887 yilda Nalivkin tuzgan lug‘at va grammatika risolasi nashr etildi. Bular tilshunoslik tarixida о‘zbek tiliga doir birinchi qо‘llanma bо‘ldi.
Maktablar uchun ajratilgan mablag‘larning kattagina qismi о‘rta о‘quv yurtlariga sarflanardi. Toshkentdagi kodetlar korpusiga ayniqsa kо‘p mablag‘ sarf bо‘lar edi. Ishlab turgan tо‘rtta о‘quv yurtidan tashqari 1900 yildan boshlab yana beshta о‘quv yurti ochildi. Samarqandda va yangi Marg‘ilonda qizlar va erkaklar gimnaziyalari ishga tushdi; 1905-1916 yillar ichida о‘rta maktablar soni ikki baravardan ziyodroq kо‘paydi; uezd markazlarining deyarli hammasida о‘rta maktablar paydo bо‘ldi.
Iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan Qо‘qon va Toshkent shaharlarida 1905-1907 yillarda yangi tipdagi о‘rta maktablar - о‘g‘il va qiz bolalar birga о‘qiydigan kommersiya bilim yurtlari ochildi.
Turkistonning iqtisodiy rivojlanishi hunar-texnika tipidagi maktablarning ochilishiga olib keldi. Chunonchi, 1896 yildayoq Toshkentda paxta zavodlari va boshqa zavodlarni ta’mirlash uchun kadrlar tayyorlaydigan bilim yurti ochildi; 1897 yilda irrigatsiya nazoratchilari tayyorlaydigan kurs tashkil etildi. 1902 yilda Toshkent yaqinida qishloq xо‘jalik gidrotexnika maktabi ochildi: 1904 yilda Samarqandda bog‘dorchilik va shu yilning о‘zida Toshkentda temir yо‘l texnika bilim yurti ochildi. 1908 yilda A.M.Malinovskaya Toshkentda qо‘l-hunar ustalari hamda hisobchilar tayyorlaydigan xususiy qizlar hunar maktabini ochdi. Shu tariqa Turkistonda madaniy iqtisodiy rivojlanish ancha yuksa pog‘onaga kо‘tarildi.