307
shundaylardan. Qisqa umr ko‘rganiga qaramay, dunyoning ko‘p
mamlakatlariga sayohat qilib, ham tijorat ham ma’rifat ishlari bilan
shug‘ullandi. Tijoratchi bo‘lganda ham, haqiqiy vatanparvar, e’tiqodli,
xalqiga sodiq, vatan ravnaqi va taqdiri uchun qayg‘uradigan tijoratchi edi.
O‘z zamonasining ziyoli, ilg‘or fikrli namoyandasi
sifatida vatanining
umumjahon taraqqiyotidan orqada qolganini angladi, buning sabablarini
qidirdi, o‘z xulosalarini ilgari surdi. Qoloqlikdan qutulish uchun jiddiy
islohotlar zarurligini, ilg‘or Evropa davlatlari
tajribasiga tayanish
lozimligini, faqat ma’rifatgina najot yo‘lini munavvar qiluvchi omil
ekanligini qayta-qayta takrorladi. U Buxoro jadidlari organi bo‘lgan
“Buxoroi sharif” gazetasi muassislaridan. O‘z ijtimoiy-ma’rifiy
qarashlarini “Tuhfai ahli Buxoro” (Buxoro ahliga tuhfa) nomli asarida
bayon etdi. Asar “Sayohatnoma” nomi bilan 1913 yil “Buxoroi sharif”
gazetasida chop etildi.
Besh yoshimda otam meni maktabga berdi. O‘n yoshimda savodim
chiqib, forsiyda o‘qish va yozishni o‘rgandim. So‘ngra qariyb ikki yil
mobaynida o‘z uyimda bir savodli muallim qo‘lida
axloq va tarixga oid
ba’zi forsiy kitoblarni, arab lug‘atlarini va she’rlarni mutolaa qildim.
Kasbim sarroflik bo‘lganligi sababli, otamning maslahati bilan
sarmoyadorlik bilan shug‘ullanib, sarroflik do‘kolarining birida o‘tirdim.
Lekin o‘qish va yozishga maylim kuchli edi. SHuning uchun bir yildan
so‘ng rus tilini biladigan muallim qo‘lida ruscha o‘qish va yozishni o‘rgana
boshladim va olti oyda ruscha o‘qish va yozishni o‘rgandim. SHundan
so‘ng o‘sha paytda Buxoroda ochilgan yangi rus maktabiga o‘qishga
kirdim.
Bir yil davomida til, matematika, geografiya fanlaridan saboq
oldim. Rus va turk gazetalariga obuna bo‘lib, turkiyni ham yaxshi
o‘rgandim. Olti oy muddatda bir fransuz muallimi qo‘lida tahsil olib, bu
ilmni ham o‘zlashtirdim. Ba’zan she’r yozishni ham mashq qilardim.
Arabcha o‘qishni ham o‘rgandim.
Bu ishlar orasida kasbim bilan ham shug‘ullanib turardim.
Tijorat
do‘koni ochib, tijorat ishlari bilan shug‘ullandim. Xizmatkor va
o‘rinbosarlarim bor edi. Ko‘p hollarda paxta bilan savdo qilardim. Natijada
katta tijorat idorasi paydo bo‘ldi.
Buxoroda ham odamlar mening paxtamni sotib olishardi. Har oyda
bir marotaba Buxoroga kelib, o‘z manzilimda qolib ketardim va bu erdagi
ishlarim bilan mashg‘ul bo‘lardim. So‘ng yana Farg‘onaga otlanardim.
CHunki Farg‘onada mashina va paxta zavodlari ko‘p, hatto qishloqlarda
ham bor edi. Bu erdagi tijorat Turkistonning biror shahrida yo‘q. Mamlakat
boyliklaridan keladigan foydani ko‘pincha banklar, rus kampaniyalari
308
ko‘rardi. Aholi ilm-fan va tijoratdan bexabar. Farg‘ona aholisiing
aksariyati dehqon, kosib va to‘quvchidir.
Samarqanddagi uch kunlik muqimlikdan so‘ng Buxoroga keldim va
bir
kecha tunab, yana tezda Qo‘qonga yo‘l oldim. Pillalarim qurigandan
so‘ng idoraga borib, o‘z odamlarimdan ba’zilarini ta’tilga chiqardim va
yana Buxoroga qaytdim. Uch vagon pilla Marselga jo‘natilgan edi.
Ularning kvitansiyalaridan bittasini saqlab qolganini Buxorodagi Xitoy
banki bo‘limiga topshirdim. Barcha pilla Marsel va Milanga jo‘natildi.
Qariyb o‘n kun Buxoroda o‘z ishlarim bilan mashg‘ul bo‘ldim.
Keyinroq Fransiyaga safar qilish maqsadida Evropaga ravona bo‘ldim.
CHunki dunyo voqealari havasimni tortardi...
Do'stlaringiz bilan baham: