Ma’ruza. SINIQ BAHYaQATOR HOSIL QILIB TIKISh MAShINALARI
REJA:
Siniq baxyaqator hosil bo’lish xususiyatlari.
«Dyurkopp» firmasiningsiniq baxyaqator hosil qilib tikuvchi mashinasi 3.«Minerva» (Chexiya) firmasining 335 rusumli tikuv mashinasi 4.Kashta tikish mashinalari
5.Tikuv mashinalarida ishlatiladigan moslamalar 6.Tikuv mashinalari ishida sodir bo’ladigan nuqsonlar.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Olimov Q.T. ―Yengil sanoat mashina va apparatlari‖, «DITAF» Toshkent- 2001.,-246 b. 2.Olimov K..T. ―Tikuvchilik korxonalari jihozlari‖. «DITAF» Toshkent 2001. –191 b.
Olimov Q.T. «Yengil sanoat mashina va apparatlari» ikkinchi to`ldirilgan nashri, Abdulla Qodiriy nashriyoti.Toshkent –2003.-286 b.
V.Ya.Franst, V.V.Isaev. Shveynыe mashinы. Legprombitizdat. Moskva-1986 g. – 182 s. 5.K.T.Olimov, R.M.Rustamov, L.P.Uzoqova. «Tikuv mashinalari. Uzinkomtstentr.Toshkent-2002.
3.1.6.Olimov Q.T. Tikuvchilik korxonalari jiщozlari. «DITAF» Toshkent-2002.
Siniq bahyaqator hosil bo’lish xususiyatlari.
rasm, a da tasvirlangan siniq bahyaqatordan tikuvchilik sanoatida keng foydalaniladi. Bunday bahyaqator moki bahya mashinalarda ham, zanjirsimon bahya mashinalarda ham yuritilishi mumkin. Siniq bahyaqator qavish va bukib tikish ishlarida, turlarni, qoplama bezaklarni ulashda, detallarni tutashtirib tikishda, bezak guli takrorlanib turadigan eng oddiy kashta bahyaqatorlar yuritishda, halqalarni yo’rmashda ishlatiladi.
Siniq moki bahyaqator yuritishda igna vertikal harakatdan tashqari bahyaqatorning ko’ndalangiga (platformaning uzunasiga) ham harakatlanadi, shuning uchun moki shunday burilgan bo’ladiki, uning aylanish tekisligi ignaning og`ish tekisligiga parallel bo’lsin.
Siniq moki bahyaqator quyidagicha hosil bo’ladi: igna chapki teshik 1 ni teshadi va eng pastki holatdan ko’tarilayotganda ustki ipdan halqa hosil qiladi, bu halqani mokining uchi ilib olib, naycha atrofidan aylantirib o’tadi; keyin igna materialdan chiqib, bahyaqatorning ko’ndalangiga og`adi (reyka bu paytda materialni bir bahyaqator kengligicha suradi) va ikkinchi teshik 2 ni teshadi. Keyin jarayon takrorlanadi.
66-rasm. Siniq bahyaqatorning turlari.
Bezak ishlarini bajarishda detallarni bir-biriga juda pishiq qilib ulash uchun ko’p sanchiqli siniq moki bahyaqator yuritiladi. Bu baxyaqatorlar bir ignali va ikki ignali mashinalarda bajariladi. Bunday bahyaqatorlar 66-rasm, b da tasvirlangan. Bu rasmlarda ko’rinishicha (ularga chapdan o’ngga tomon qaralsa), ko’p sanchiqli bahyaqatorlar uchta, oltita, o’n ikkita va ikkita ketma- ket takrorlanadigan bahyalardan iborat bo’ladi.
Ikki chiziqli siniq bahyaqator yuritish uchun bitta moki bilan ishlaydigan ikkita igna maxsus igna tutkichga o’rnatiladi. Ignalarni gorizontal harakatga kopir g`ildiragi keltiradi.
Siniq baxyaqator hosil qilib tikish mashinalarida igna va mokining o’zaro harakatini ko’rib chiqamiz. (67-rasm). Krivoship 180 ga burilganda, igna o’zining eng ostki holatini egallaydi.
Igna ostki g`olatidan Z1 uzunlikka ko’tarilganda, ustki ipdan halqa hosil qiladi. Bu vaqtda moki 1 burchakka buriladi. Halqani ilib olish davrida moki uchi m no’qtadan igna ko’zidan S1 masofada joylashgan bo’ladi. Ignaning o’ng
tomonda sanchilishda moki burilish burchagi
2 1
ga teng bo’ladi.
67-rasm. Igna va mokining o’zaro harakat sxemasi
Igna ipi halqasini ilib olish vaqtida moki uchi h nuqtada joylashadi. Ignaning Z2 khtarilish balandligi Z1 ga qaraganda kichik, masofa esa
S21 bo’ladi. Bundan ma’lumki, ignaning tebranish masofasi ti oshishi bilan, ignaning o’ng holatida moki uchining halqani ilib olishi yomonlashadi. Buni bartaraf etish uchun quyidagi texnik echimlarni qo’llash mumkin:
Moki diametrini kattalashtirish bilan va va 2 burchaklarni kamay- tirishga erishishi mumkin. Biroq moki diametrining kattalashishi natijasida igna ipining eyilishi oshadi.
Mokining notekis harakatini ta’minlash orqali mokining ikkinchi holatidagi aylanishini kamaytirish mumkin. Bu usulni yuqori tezliqda ishlaydigan mashinalarda qo’llab bo’lmaydi.
Moki uchi O1 ni siljitish yo’li bilan moki uchining igna ipi halqasini o’z vaqtida ilib olishni ta’minlash mumkin.
rasm, a dan ko’rinib turibdiki, O2 nuqtadan o’tgan R radius aylanasi m va n nuqtalarda igna o’qini kesib o’tadi va S1 hamda S2 orasidagi masofalar farqi kamayadi. Mayatnik tipidagi igna mexanizmli mashinalarda (67-rasm, b) moki o’qi bosh val o’qi bilan bir tekislikda yotadi. Ignaning o’ng (I) va chap (II) tomondagi ostki holatida va krivoship turli holatlarni egallaydi.
Krivoship harakatida hosil bo’lgan burchak igna og`ishiga bog`liq bo’ladi. Krivoship va moki aylanish harakatlari turli bo’lgan holatda ya’ni AV1 dan AV2 holatga o’tganda, bosh val =360- burchakka buriladi.
Bu vaqtda moki 2=720-2 burchakka buriladi.
Shunday qilib, ignaning o’ng tarafda sanchilishda mokining halqani ilib olish burchagi 1, chap sanchilishda esa 2=2+1+ ga teng bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |