Ip tortgich mexanizmi. Mashinada sharnir-sterjenli ip tortgich ishlatiladi. Krivoship 15 barmog`i 14 ning (54-rasmga qarang) ichki elkasiga ip tortgich richagi 15 kiydirilgan, richagning pastki teshigiga esa podshipnik 15 qo’yilgan. Richag 19 ning o’rta teshigiga zveno 18 ning barmog`i kiydirilgan, uning orqa kallagi vint 17 bilan mashina korpusiga mahkamlangan sharnirli barmoq 16 ga kiydirilgan. Richag 19 ning quloqchasi 20 mashina o’yig`idan chiqib turadi va unga ip taqiladi.
Moki mexanizmi. Mashinada markaziy naychali bir tekis aylanadigan moki ishlatiladi.
Asosiy val 1 ga (55-rasm) ikkita vint 2 yordamida tishli baraban 3 mahkamlangan; taqsimlash vali 18 ga ikkita vint 16 yordamida tishli ostki baraban 15 mahkamlangan.Bu barabanlarga plastmassadan yasalgan tishli tasma 5 kiydirilgan bulib, tasma 5 ni o’q bo’ylab siljishi barabanni xalqali ariqchasiga qo’yilgan prujinali o’rnatish xalqalari 4 yordamida bartaraf etiladi.Taqsimlash vali 18 sharikli podshipnik 17 va ikkita vtulka 19,73 da aylanadi. Taqsimlash vali 18 ning o’q bo’ylab siljishi o’rnatish xalqasi 20 yordamida bartaraf etiladi. Taqsimlash vali 18 ga ikkita vint 69 yordamida qiya tishli g`ildirak 21 mahkamlangan, bu shesternya moki vali bilan birga tayyorlangan g`ildirak 22 bilan ilashadi (i=1:2). Moki vali mashina korpusiga vint 31 bilan mahkamlangan vtulka 30 da aylanadi. Moki valining chap uchiga ikkita vint 33 yordamida moki 34 mahkamlangan.
Maxovik g`ildirak aylantirilganda, moki 34 soat mili harakatiga qarshi aylanadi. Mokining uchi ignaga o’z vaqtida etib kelishi vintlar 33 ni bo’shatib, moki 34 ni burib rostlanadi. Bunda igna eng pastki holatdan 1,6-1,9 mm ko’tarilganda moki uchining pastki cheti igna ko’zining pastki cheti igna ko’zining pastki chetidan 0,9:1,1 mm yuqorida turishiga erishish lozim.
Moki uchi 34 bilan ignaning orasidagi zazor 0,1-0,5 mm bo’lishi kerak bo’lgan zazorni vint 31 ni bo’shatib, vtulka 30 ni o’q bo’ylab siljitib rostlanadi.
Mokining avtomatik moylanishi. Mokining va gazlama surish mexanizmi bir qancha birikmalarining avtomatik moylanib turishi uchun mashina platformasi tagida maxsus moy karteri bor. Karterni mashina platformasi quyma bo’rtiqlariga to’rtta vint 24 yordamida mahkamlangan mashina qopqog`i 19 hosil qilib turadi (55 -rasm). Moy oqib ketmasligi uchun qopqoq 19 bilan platforma quyma bo’rtiqlarining orasiga 25 qistirma qo’yilgan.
Platforma quyma bo’rtiqlariga vint 23 yordamida vtulka 5 mah- kamlangan, platforma yo’nalmasiga esa vint 11 yordamida pilik 18 ni tutib turadigan plastinasi 12 mahkamlangan. Moy pilik 18 orqali
54-rasm. a) 1022-M rusumli tikuv mashinasi moki va materialni surish mexanizmlarining konstruktiv sxemasi
rasm. b) 1022-M rusumli tikuv mashinasi moki va materialni surish mexanizmlari: a- konstruktiv sxemasi; b-strukturaviy sxemasi
55-rasm. Mokini avtomatik moylash sistemasi.
moki vali 13 ning konus qismiga va qisman radial teshik 10 orqali kanal 4 ning o’qiga kelib tushadi. Moyning qolgan qismi moy haydovchi rezba 9 orqali chapga yo’nalib, moki vali 13 bilan vtulka 5 ning tutatish joylarini moylaydi. Moy haydovchi rezba 9 orqali moy moki vali 13 ning o’rta o’yiqchasiga tushadi va radial kanal 7 bo’ylab moki valining ichiga o’tib va kanallar 4, 3 orqali moki pazi 1 bilan naycha tutkich belbog`ining tutash joylari moylanadi. Moy haydovchi rezba 6 ga moy tushib, moki valining 13 ning o’rta o’yiqchasidan zarrachalari kanal 8 ga otilib chiqadi va teshik 22 orqali paz 20 dan qopqoq 19 ning karteriga qaytib keladi. Moki vali 13 ning konussimon yuzasida moy zarralarini tutib turadigan moy sidirish plastinalari 16 vint 17 yordamida vtulka 5 ning yo’nilmasiga mahkamlanadi. Moki vali 13 bilan birgalikda tayyorlangan tishli g`ildirak 14 katta tishli g`ildirak karterdagi moyga botishi natijasida moylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |