4-Ma’ruza. TO’G`RI MOKI BAXYaQATOR HOSIL QILIB TIKISh MAShINALARI.
REJA:
Siniq baxyaqator hosil bo’lish xususiyatlari
«Dyurkopp» firmasiningsiniq baxyaqator hosil qilib tikuvchi mashinasi 3.«Minerva» (Chexiya) firmasining 335 rusumli tikuv mashinasi
Kashta tikish mashinalari
Tikuv mashinalarida ishlatiladigan moslamalar
Tikuv mashinalari ishida sodir bo’ladigan nuqsonlar va ularni bartaraf etish yo’llari
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Olimov Q.T. ―Yengil sanoat mashina va apparatlari‖, «DITAF» Toshkent- 2001.,-246 b. 2.Olimov K..T. ―Tikuvchilik korxonalari jihozlari‖. «DITAF» Toshkent 2001. –191 b.
Olimov Q.T. «Yengil sanoat mashina va apparatlari» ikkinchi to`ldirilgan nashri, Abdulla Qodiriy nashriyoti.Toshkent –2003.-286 b.
V.Ya.Franst, V.V.Isaev. Shveynыe mashinы. Legprombitizdat. Moskva-1986 g. – 182 s. 5.K.T.Olimov, R.M.Rustamov, L.P.Uzoqova. «Tikuv mashinalari. Uzinkomtstentr.Toshkent-2002.
3.1.6.Olimov Q.T. Tikuvchilik korxonalari jiщozlari. «DITAF» Toshkent-2002.
Moki baxyaqatorning xususiyatlari. Moki bahyaqator hosil bo’lish jarayoni.
Ikki ipli moki bahyaqator (45-rasm) ikkita ustki A va ostki B ipning tikilayotgan gazlamalar orasida bir-biri bilan chalishishdan hosil bo’ladi. Ustki ip A igna ko’ziga taqilgani uchun igna ipi deb, ostki ip B esa moki ipi deb ataladi.
Igna utgan ikkita qo’shni teshiklar orasidagi masofa bahya yirikligi - L ni ifodalaydi. Moki bahyaqator qiyin so’kiladigan bo’lib, bu bahyaqator uzunasiga ham, ko’ndalangiga ham uzilishga etarli darajada chidamlidir. Moki bahyaqator zanjirsimon bahyaqatorga nisbatan kamroq cho’ziladi, shuning uchun turli kiyimlar ust va ich kiyimlar tikishda undan keng foydalaniladi.
45-rasm. Ikki ipli moki bahyaqator
Moki bahyaqator hosil qilishga sarflanadigan ipni aniqlashda o’rta hisobda 1,2-1,7 ga teng bo’lgan ishlatish koeffistenti hisobga olinadi. Chunonchi, ishlatish koeffistienti 1,3 ga teng bo’lganda, uzunligi 10 sm bo’lgan chokka ustki ipdan 13 sm va ostki ipdan 13 sm sarflanadi.
Ishlatish koeffistentini bahya yirikligiga, tikiladigan gazlama xususiyati va qalinligiga, ipning taranglik darajasiga va boshqa omillariga bog`liq bo’ladi.
Zanjirsimon bahyaqator hosil qilishga qaraganda moki bahyaqator hosil qilish uchun anchagina murakkab mexanizmlar kerak bo’ladi. Masalan, moki qurilmasi ko’pgina detallardan iborat bo’lib, uni doimiy moylab, tozalab turish talab qilinadi. Moki qurilmasida naycha borligi mashinaning ishlash
koeffistentini kamaytiradi. Masalan, 97-A rusumli tikuv mashinasida shimning odim qirqimlarini choklashda 3-5% ish vaqti naychaga ip o’rashga sarflanadi.
Moki bahyaqator hosil qilishda iplar chayqaladigan, tebranadigan va aylanadigan moki yordamida chalishtirilishi mumkin. Aylanadigan mokili mashinalar ko’proq tarqalgan, shuning uchun quyida aylanadigan mokili mashinalarda moki bahyaqator hosil bo’lish jarayonini qarab chiqamiz.
G`altak 5 dagi (46-rasm, a) ustki ipni ip tortgich shaybalar 3 orasidan olib o’tib, ip tortgich 4 ning qulog`idan o’tkaziladida, igna 2 ni ko’ziga taqiladi. Igna 2 materialni teshib, ustki ipni undan olib o’tadi va eng pastki holatga tushadi. Igna ostki holatidan 1.5-2 mm ko’tarilganda ustki ipdan xalqa hosil bo’ladi, bu xalqani moki 1 ning uchi ilib oladi.
Igna (46-rasm, b) yuqoriga ko’tarila boshlaydi, shunda mokining uchi 7 ustki ip xalqasini ilib kengaytiradi. Ip tortgich 4 pastga tomon harakatlanib, mokiga ip uzatib beradi. Ustki ip xalqasini moki naycha atrofidan aylantiradi (46-rasm, v).
Ustki ip xalqasi 180 ortiq burchak hosil qiladigan darajada aylanganda (46-rasm, g), ip tortgich yuqoriga ko’tarilib, bahyani taranglaydi. Tishli reyka 6 gazlamani bahya uzunligiga suradi.
Moki (46-rasm, d) ikkinchi salt aylanishida boshqa ishchi organlar o’z ishini tugallaydi. Tebranma mokili mashinalar ham shu prinstipda ishlaydi. Bunday mokilar past tezlikli mashinalarda ko’proq qo’llanilgan.
46- rasm. Moki bahyasi hosil bo’lishi
Do'stlaringiz bilan baham: |