Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «tarmoq mashina va jihozlari»


Tikuv mashinalarining asosiy mexanizmlari



Download 5,63 Mb.
bet22/65
Sana23.05.2022
Hajmi5,63 Mb.
#607135
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   65
Bog'liq
texnologik mashinalar va jihozlar (1)

Tikuv mashinalarining asosiy mexanizmlari.


Moki va zanjirsimon bahya hosil qilib tikuvchi mashinalar quyidagi asosiy mexanizmlardan tuzilgan:

    • igna mexanizmi;

    • moki va chalishtirgich mexanizmlari;

    • materialni surish mexanizmi;

    • ip tortgich (ip uzatgich) mexanizmi;

    • tepki uzeli.

Yuqorida ko’rsatilgan asosiy mexanizmlar qatoriga ba’zi tikuv mashinalarida qo’llanilgan taqsimlagich, kengaytirgich kabi mexanizmlar ham kiradi.
Qo’shimcha mexanizmlar mexanizastiyalashtirilgan va avtomatlashti-rilgan guruhlarga bo’linadi.
Mexanizastiyalashtirilgan mexanizm va qurilmalarga quyidagilar kiradi:

    • materialni yo’naltirgichlar;

    • o’lchash va rolikli surish mexanizmlari;

    • igna ostiga to’qilgan tasmalarni uzatuvchi mexanizmlar;

    • bo’rttirgichlar, cheklovchi moslamalar;

    • gazlama chekkasini qirquvchi mexanizmlar;

    • puxtalash mexanizmlari;

    • ignani sovutish qurilmasi va hokazo.

Bu mexanizmlar tikuv mashinalarining vazifalariga va texnologik talablariga qarab har xil konstrukstiyalarga va ish prinstiplariga ega. Avtomatlashtirilgan mexanizm va qurilmalar guruhiga quyidagilar kiradi:

    • avtomatik to’xtatish qurilmasi;

    • ignaning kerakli holatida avtomatik to’xtatish;

    • vertikal pichoq bilan ip va to’rsimon materiallarni qirqish;

    • ostki ipni qirqish;

    • tepkini avtomatik ko’tarish;

    • moylash jarayoni buzilganda va ip uzilganda ma’lumot berish;

    • o’ramlardan gazlamani avtomatik bo’shatish;

    • mahsulotni hisoblagich va hokazo.

Maxsus va avtomatik elementlardan tuzilgan mashina maxsuslashtirilgan va avtomatlashtirilgan tikuv mashinasi deyiladi.
Igna mexanizmi - igna orqali gazlamani sanchib o’tib, ustki ipni ostki ip bilan bog`lanishi uchun etkazib berish vazifasini bajaradi. Igna mexanizmlarining turlari quyidagi sxemada ko’rsatilgan.







2.1-sxema. Igna mexanizmlarining turlari.


Tikuvchilik mashinasozligida markazlashgan va markazlashmagan krivoship shatunli igna mexanizmlari keng tarqalgan. Bu turdagi mexanizmlar asosan yuqori tezlikda ishlatiladigan tikuv mashinalarida qo’llanilgan. Igna mexanizmlari igna harakati bo’yicha quyidagilarga bo’linadi:



    • ilgarilanma-qaytma harakatlanuvchi ignali;

    • gazlama surilishiga yo’nalishi bo’yicha ko’ndalang yoki bo’ylama gorizontal tebranma harakatlanuvchi ignali;

    • yoysimon traektoriya bo’yicha harakatlanuvchi ignali.

Moki mexanizmlari turlari 2.2. sxemada keltirilgan. Sxemadan ko’rinib turibdiki, tebranma va aylanma harakatlanuvchi mokilar mavjud.
Tebranma harakatli mokilarga (2.2-sxema) o’ng va chap tomonga buralma harakatlanuvchi mokilar kiradi. O’ng buralma harakatlanuvchi mokilarning ishchi harakati soat mili yo’nalishi bo’yicha bo’lsa, chap buralma harakatlanuvchi mokilarda, aksincha ignadan tebranma harakatlanuvchan mokiga uzatishlar soni 1:1 ga teng bo’ladi.



2. 2. sxema. Moki mexanizmlari.


Aylanma harakatlanuvchi mokilar asosan yuqori tezlikda ishlaydigan sanoat tikuv mashinalarida qo’llanilgan. Aylanish o’qlari gorizontal va vertikal mokilar mavjud. "Nekki" (Italiya) firmasida ishlab chiqariladigan maishiy tikuv mashinalarida moki gorizontal tekislikka 45 burchak ostida joylashgan. Bosh valdan moki valiga nisbatan uzatish soni 1:1 va 1:2 bo’lishi mumkin. Ayrim hollarda uzatishlar soni 1:3 ga teng moki konstrukstiyalari ham uchraydi. Aylanma harakatlanuvchan mokilar tekis va notekis aylanuvchan bo’lishi mumkin .


Chalishtirgich mexanizmi zanjirsimon baxyali tikuv mashinalarida qo’llanilgan (1.3-sxema).
Chalishtirgichlar harakatlanish bo’yicha quyidagilarga bo’linadi:

    • bir tekislikda to’g`ri chiziqli va yoysimon harakatlanuvchan;

    • fazoda to’g`ri chiziqli va yoysimon harakatli; Kengaytirgichlar harakati bo’yicha quyidagilarga bo’linadi:

    • fazoda aylanuvchan va tebranma harakatlanuvchan;

    • bitta tekislikda tebranma yoki aylanma harakatlanuvchan.




Айланма ҳаракатла нувчи










Битта те- кисликда ҳаракатла- нувчи










Ёйсимон ҳаракатла-
нувчи

2.3- sxema. Chalishtirgich mexanizmlarining turlari.
Tekis zanjirsimon chok hosil qilib tikuvchi mashinalarda taq- simlagich mexanizmlari mavjud. Taqsimlagichlar gazlama yuza tomonidagi bahyaqatorlar orasidagi iplarni taqsimlash vazifasini bajaradi. Taqsimlash mexanizmlarining asosiy xususiyatlaridan biri tepki sterjenining o’qiga nisbatan tebranish o’qining joylashishidir. Bitta yoki ikkita taqsimlagichli tikuv mashinalari bo’ladi.



2.4-sxema. Taqsimlagich mexanizmlarining turlari.


Ip tortgich mexanizmi - bir bahya hosil bo’lishda sarf bo’ladigan ipni uzatish va chokni taranglash uchun xizmat qiladi.


Past tezlikli tikuv mashinalarida asosan kulachokli ip tortgichlar qo’llaniladi. O’rtacha tezlikli (bosh vali aylanishlar soni 3500-4000 ayl/min gacha) tikuv mashinalarida sharnirli-sterjenli, aylanish o’qi vertikal tekislikda joylashgan mokili ikki ignali tikuv mashinalarida kulisali, yuqori tezlikli tikuv mashinalarida (5000 ayl/min va undan yuqori) aylanuvchan ip tortgichlar qo’llanilgan.
Aylanma harakatli ip tortgichlar dinamik muvozanatlanganligi sababli ish jarayonida maxsus moylash sistemasini talab qilmaydi (2.5-sxema).
Gazlamani surish mexanizmlari – konstrukstiya jihatdan bir, ikki, uch tartibli tayyorlangan bo’lishi mumkin (2.6-sxema).

Айланма ҳаракатланувчан







Ротацион типдаги


    1. sxema. Ip tortgich mexanizmlari sinflanishi.

Bu tikuv mashinasiga qo’yilgan talabga va gazlama fizik-mexanikaviy xossasiga bog`liq bo’ladi. Ikki tartibli sistemalarda gazlama surilishi tishli reyka va tebranma harakatlanuvchi igna yoki ustki va ostki reykalar bilan ta’minlanadi. Bir tartibli sistemalar tishli reyka, tepki yoki differenstial mexanizmlardan tuzilgan. Uch tartibli sistemalarda gazlama tebranma harakatlanuvchan igna va ustki va ostki tishli reykalar yordamida suriladi. Bundan tashqari gazlamaning ustki va etakchi ostki qushimcha tortuvchi yoki o’lchovchi roliklarni suruvchi mexanizmli tikuv mashinalari ham mavjud.





    1. sxema. Gazlamani surish mexanizmlari turlari.


Download 5,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish