SENSOR TIZIM ADAPTATSIYASI.
Sensor tizimlarini tashkil etadigan barcha analizatorlar yagona sistema
sifatida ishlaydi, uning barcha zvenolari
(qismlari) bir – biri bilan bog‘liq va bir-birini o‘zaro boshqarib turadi.
Analizatorlarning deyarli barcha darajadagi holati to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki
bilvosita retikulyar formatsiya tomonidan boshqarib turiladi, bu formatsiya
analizatorlarni yagona sistemaga birlashtirib turadi, organizm va miyaning
boshqa bo‘limlari bilan integratsiyalaydi. Integratsiyaning bu faoliyatida
analizatorlar adaptatsiyasi, ularning umumiy xususiyatlari , uning barcha
qismlarining uzoq vaqt ta‘sir eteuvchi omilga nisbatan moslanishlari muhin
rol o‘ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |