farq qiladigan konstanta). Bu formulaga muvofiq ta‘sirni sezish ta‘sirning
isbotlangan.Signallar (ta‘sirlar) ning fazoviy farqi, asab tolasi qavatlarida va
retseptor qavatlaridagi tarqalishning bir xil emasligi bilan bog‘liq. Aytaylik
qandaydir ta‘sir bir- biriga qo‘shni bo‘lgan ikkita retseptorni bir vaqtning
o‘zida qo‘zg‘atsa, unda bunday ta‘sirni sezish mumkin bo‘lmay qoladi, o‘z
o‘zidan ular bir butun ta‘sir sifatida qabul qilinadi.Buni ya‘ni ta‘sirni farqlash
kerakki, ta‘sirni qabul qilayotgan retseptorlardan hech bo‘lmasa birttasi
Signalni ( ta‘sirni) uzatish va shakllantirish. Retseptor tomonidan qabul
qilingan fizik va kimyoviy ta‘sir asab qo‘zg‘alishlariga aylantirilganidan
so‘ng qabul qilingan signalning shakllantirilishi va o‘tkazilishi boshlanadi.
Maqsad-qabul qilingan ta‘sirni oliy asab sistemasiga uni qulay va oson qabul
qilish tiliga aylantirib o‘tkazishdan , yetkazib berishdan iborat. Shakllangan
signal shartli ravishda ikkiga bo‘linadi, fazoviy va vaqtli. Fazoviyda- ta‘sir
masshtabining o‘zgarishini kuzatish mumkin. Masalan: ko‘rinayotgan ob‘ekt
va somatosensor sistemada katta yarim sharlar po‘stlog‘ida geometrik
shakllar yoki tana qismlarining namoyon bo‘lishi, akslanishini misol qilib
olishimiz mumkin. Ta‘sirning vaqtga bog‘liq holda shakllanishi – ta‘sirning
alohida-alohida bo‘lib siqilib, turli intervallar va pauzalar orqali berilishi
bilan bog‘liq. Umuman olganda barcha analizatorlar uchuntonik
ko‘rinishdagi signallarning neyronlarning fazali signallariga aylanishi
xosdir.
V.
Qabul qilinayotgan ma‘lumotni kodlash. Kodlash deb analizatorlar
tomonidan
qabul
qilinayotgan
ma‘lumotlarning
shartli
farmaga
aylantirilishi- kodlanishi kuzatiladi.Bu hodisa o‘ziga xos qoidalar yordamida
amalga oshiriladi. Umurtqali hayvonlar analizatorlari qabul qilgan signallar
ikkilamchi kod yordamida kodlanadi, yani kodlanish ma‘lum bir vaqt
ichidagi impulslarning u yoki bu neyronda qabul qilinishi bilan
bog‘liq.Kodlashning bunday usuli yagona va aniq emas. Kodlashning
avzalligi-ta‘sirlarga chidamliligi, juda soddaligi, haqiqatan ham signalning
mavjudligi yoki uning mavjud emasligini aniqlashdir.
Umurtqali hayvonlarda ta‘sir to‘g‘risidagi ma‘lumotlar va ularning
parametrlari alohida guruhlar- ―pachkalar‖ – impulslar guruhlari
ko‘rinishida qabul qilinadi. Yuqorida aytilganidek alohida impulslarning
barcha parametrlari standart, ularning amplitudasi, davomiyligi, shakli bir
xil. Pachkadagi impulslar soni ularning chastotasi, ― pachkalar‖ning
davomiyligi ular orasidagi interval, shuningdek ― pachka‖ning vaqt
birligidagi ― rasmi‖ ham bir xil. Ulardagi alohida impulslarning tarqalishi
asosan har xil bo‘lib , stimul xarakteristikasiga bog‘liq.