Inventarizatsiya natijalariga asosan kamomad aniqlansa,kimdan undirib olinadi?
A) xazinachidan;
|
B) buxgalterdan;
|
C) aybdor shaxsdan;
E) bilmayman.
|
D) rahbardan;
| IX BOB. BUXGALТERIYA HISOBI REGISТRLARI VA HISOB SHAKLLARI 1-§. Buxgalteriya hisobi registrlari va hisob shakllari to‘g‘risida tushuncha
Korxona xo‘jalik faoliyatida turli operatsiyalar amalga oshiriladi va har bir amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyasi hujjatlar bilan buxgalteriya hisobi schotlarida o‘z ifodasini topadi. Xo‘jalik operatsiyalarini to‘g‘ri boshqarish ikki tomonlama tekshirilib, birinchi tekshirish hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish davri bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tekshirish hisob registrlariga olish bilan bog‘liq holda olib boriladi. Hujjatlarda [fh] birliklarida ko‘rsatiladi.
Buxgalteriya hisobining registrlari yordamida operatsiyalarni guruhlash, uning iqtisodiy mazmunini o‘rganish uchun asos yaratiladi. Hisob rejalardagi raqamlarni korxona faoliyatini boshqarishda, tovar-moddiy boyliklarining aniqligini xarajat va chiqimlarni kamaytirish omillarini belgilashda foydalanish mumkin. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, buxgalteriya hisobi registrlarini yuritish alohida ahamiyatlidir, chunki bu hujjat asosida hisob registrlariga ma’lumotlar beriladi.
Buxgalteriya hisobining registrlari deb, boshlang‘ich va hujjatlarda aks ettirilgan xo‘jalik mablag‘i, xo‘jalik jarayonining tarkibi va harakatini iqtisodiy mavzuga qarab ro‘yxatga olish uchun mo‘ljallangan maxsus shakli jadvallarga aylanadi. Bu jadvallar buxgalteriya hisobi schotlarining o‘zaro asosini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
Buxgalteriya hisobi registrlaridan ishlab chiqarishni tashkil qilish, xarajatlarni mahsulot shakllariga o‘tkazish, mahsulotni sotish va zaxiradagi tayyor mahsulotlar holati to‘g‘risida aniq ma’lumotlar olish imkoniyati yaratiladi.
Korxona va tashkilotlarda amalga oshirilayotgan har bir xo‘jalik operatsiyasi, mablag‘larning joylashishiga hamda ularning tashkil topish mablag‘lariga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalarini tegishli schotlarda aks ettirish har bir qo‘llanilayotgan buxgalteriya hisobining shakllariga bog‘liqdir, chunki hisob shakllari bir-biridan farq qiladi. Hisob shakllarida xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olishda texnik vositalar yordamida, qo‘l mehnatiga asoslangan holda hisob ishlarini olib borish mumkin, shakllar bir-biridan quyidagi prinsiplar bilan farq qiladi:
Hisob registrlarining tuzilishi bilan.
Sintetik va analitik hisob ma’lumotlarini umumlashtirish tartibi bilan.
Buxgalteriya hisobi registrlarini to‘ldirish va yozishtartibi bilan.
Buxgalteriya hisobida ikki yoqlama yozuvning kashf etilishi birinchi navbatdagi buxgalteriya shakllari to‘g‘risida ma’lumot beradi. Xo‘jalik operatsiyalari schotlarida va uni ikki yoqlama yozishda uchot registrlaridan foydalaniladi. Hisob registrlaridan foydalanish bevosita uchot shakllaridan foydalanishga bog‘liq bo‘lib, shaklni mazmunan boyitib beradi.
Savdo tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish, asosan, turli xildagi hisob registrlari orqali olib boriladi, ular tashqi ko‘rinishiga qarab kitob, kartochka, maxsus vedomost shaklida bo‘lishi mumkin. Bunday registrlar xo‘jalik jarayonlarini ro‘yxatga olishda bevosita qo‘l mehnatiga amal qilinadi. Bunday faoliyat, hisob registrining bir-biri bilan bog‘liqligi, tuzilishi, ulardagi yozuvlarni qanday usulda olib borish, buxgalteriya hisobining qay biridan unumli foydalanish imkonini beradi.
Buxgalteriya hisobi shakllari tarixiy davr mobaynida tashkil topa boradi va har bir davrning o‘ziga xos rivojlanish uslubi kabi hisob shakli ham o‘z o‘rnini ikkinchi bir ma’lum tartibdagi ilg‘or deb hisoblangan hisob shakli bilan almashtiradi.
Hozirgi sharoitda mulkchilik turlarining shakllanishi tashkil topgan davrda, korxona va tashkilotlarda buxgalteriya hisobining jurnal-agrar shakli keng joriy qilingan bo‘lib, uning ijobiy tomonlari keng targ‘ib qilinmoqda.
Buxgalteriya hisobi shaklining tarixiy rivojlanish davrini quyidagi jadvalda ko‘rish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |