To’liq bandlilik deganda biz ishlab chiqarishga yaroqli bo’lgan barcha resurslardan to’la unum bilan foydalanishni tushunamiz. Ishchi majburiy ishsiz bo’lib qolmasligi, iqtisodiyot ishlashni xohlagan va unga layoqatli bo’lgan barchani ish bilan ta’minlashi zarur, haydaladigan yerlar yoki kapital uskunalar ham bo’sh qolmasligi lozim.
Ishlab chiqarishning to’liq hajmi, resurslarni samarali taqsimlashni, ya’ni ulardan mahsulotning umumiy hajmiga eng ko’p hissa qo’shadigan qilib foydalanishni va mavjud texnologiyalarning eng yaxshisini qo’llashni ham bildiradi.
Ishlab chiqarish imkoniyati chegarasini jadval ma’lumotlaridan foydalanib yanada aniqroq tasvirlash mumkin (4-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |