Ishlab chiqarish jarayonida harakat qilish xususiyatlari. Asosiy kapital tayyorlanayotgan mahsulot moddiy tarkibiga buyum jihatdan kirmaydi, uzoq davr (masalan stanok 10 yil, bino 50-100 yil) davomida faoliyat qiladi, o’zining oldingi natural-buyum shaklini bir nechta doiraviy aylanishlar davomida saqlab qoladi. Aksincha, aylanma kapital (masalan paxta, jun, metall) har bir doiraviy aylanishda to’liq unumli iste’mol qilinadi, o’zining ashyoviy-buyum shaklini yo’qotadi va yangi turlari bilan almashinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |