Bank hisobi va audit” kafedrasi g’aniyeva umida abdugaffarovna mirzayeva matluba g’aybulla qizi “pul va banklar” fanidan


Naqd pullarni qabul qilish tartibi



Download 7,38 Mb.
bet36/100
Sana24.10.2022
Hajmi7,38 Mb.
#855726
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   100
Bog'liq
УМК ПБ 2020-2021 18.10.2021

Naqd pullarni qabul qilish tartibi
Yuridik shaxslardan naqd pullarni bank kassasiga qabul qilish inkassatsiya xizmat yoki istisno tarzida ularning o’zlari tomonidan bankka olib kelib topshirish orqali amalga oshiriladi.
Tijorat banklari quyidagi hollarda yuridik va jismoniy shaxslardan naqd pullarni qabul qilishi mumkin:
savdo va xizmat ko’rsatish sohasidan tushgan tushumlar;
soliqlar, yig’imlar, boj va boshqa majburiy to’lovlardan tushgan tushumlar;
omonatlarga topshirilgan tushumlar;
pochta o’tkazmalari uchun tushgan tushumlar;
bank kartalariga tushgan tushumlar;
boshqa maqsadlardan tushgan tushumlar.
Tijorat banklari kassasiga qabul qilingan naqd pullar bankning aylanma kassasiga kirim qilinadi. Naqd pullarni inkassatsiya qilish mijoz, bank va inkassatsiya xizmati o’rtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Mijozlar istisno tarzida savdo va boshqa naqd pul tushumlarini bankka topshirganda e’lonnoma rasmiylashtiriladi. E’lonnoma uchta qismdan iborat bo’lib, e’lonnoma, kvitantsiya va orderdan iborat bo’ladi.
Quyidagi chizmada mijozlar tomonidan naqd pullarni banklarga topshirish tartibi keltirilgan.

5-rasm. Mijoz o’zi pul tushumlarini bankka topshirganda
hujjatlarning aylanish tartibi

Mijoz naqd pulni e’lonnoma bilan birgalikda kirim kassaga topshiradi (1), bankning mas’ul kassiri pullarni qabul qiladi va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib (2), kvitantsiyani pul topshiruvchiga qaytaradi (3), e’lonnomadagi orderni esa buxgalteriya bo’limiga taqdim etadi (4), buxgalteriya bo’limi tegishli buxgalteriya yozuvini bergandan so’ng (5) mijozni naqd pul topshirganligi haqida qayd etilgan hisobvarag’idan ko’chirmani beradi (6).


Naqd pullarni berish tartibi
Yuridik va jismoniy shaxslarning ehtiyojlari uchun zarur bo’lgan naqd pullar tijorat banklari tomonidan beriladi. Tijorat banklari asosan quyidagi hollarda yuridik va jismoniy shaxslarga naqd pullarni berishi mumkin:
ish haqi va unga tenglashtirilgan maqsadlarga;
pensiya, nafaqa va sug’urta to’lovlariga;
omonatlarni qaytarishga;
pochta aloqasi korxonalariga madad pullar;
bank kartalariga;
boshqa maqsadlarga.
Tijorat banklarida naqd pullarni berish chiqim kassasi orqali amalga oshiriladi. Quyida tijorat banklari chiqim kassasidan ish haqiga va unga tenglashtirilgan maqsadlar uchun beriladigan naqd pullarni berish tartibi keltirilgan.
Mijoz – yuridik shaxs bankdan ish haqi va unga tenglashtirilgan maqsadlarga naqd pul olish uchun bankka naqd pul chekini topshiradi (1), bankning mas’ul buxgalteri naqd pul chekini tegishli nazoratdan o’tkazgandan so’ng uning milki (remarka)ni mijozga (2), chekni esa bank ichki nazoratchisiga taqdim etadi (3), ichki nazoratchi naqd pul chekini qo’shimcha nazorat qilgandan keyin uni chiqim kassaga yo’naltiradi (4), chiqim kassa kassiri tegishli nazoratdan so’ng chekning nomeri bo’yicha mijozdan milkni talab etadi (5) va chekda yozilgan naqd pul summasini mijozga beradi (6), buxgalteriya yozuvini berish uchun kassa chiqim jurnalini buxgalteriyaga jo’natadi (7), naqd pul cheki esa aylanma kassaning kunlik hujjatlar jildiga tikiladi. Iqtisodiyotda naqd pulli hisob – kitoblar hajmini imkoniyat darajasida pasaytirish asosida naqd pulsiz hisob – kitoblar bilan amalga oshiriladigan to’lovlar hajmini oshirish lozim. Buning uchun bankdan tashqari naqd pul aylanamalar hajmini zarur darajada bo’lishiga erishish zarur.

Download 7,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish