Tajriba o‘tkazish texnikasi. 12 ta bir xil hajmdagi steril probirka olib, hammasiga 4,5 ml.dan steril GPSH solib chiqamiz. Barcha probirkalarda sho‘rvaning miqdori, ko‘rinishi bir xil bo‘lishi lozim. Agar bunday bo‘lmasa, xatolikka yo‘l qo‘yilganligidan dalolat beradi. Bunday hollarda standart bo‘lmagan probirka almashtiriladi va yangidan steril sho‘rva quyiladi. Sho‘rvani quyishda 5—10 ml.li steril pipetka- lardan foydalaniladi.
Probirkalar shtativga qo‘yiladi va 1 dan 10 gacha tartib raqami qo‘yib chiqiladi. 11-probirkaga «NK» (nazorat kultura), 12-probirkaga «NF» (nazorat fag) deb yoziladi.
Tajriba probirkalarda fagni suyultirib chiqiladi. 1- va 12-probirkaga 0,5 ml fag solinadi, so‘ngra yaxshilab aralashtiriladi. Nazorat fag probirkamizga ham fagdan xuddi shuncha solamiz. Pipetkani almashtirib, boshqa pipetkada birinchi probirkadan 0,5 ml olib ikkinchisiga, ikkinchisidan 0,5 ml olib uchinchisiga va o‘ninchi probirkagacha shu yo‘sinda ishni olib boramiz, har safar pipetkani almashtiramiz. 10- probirkadan 0,5 ml olib, dezinfeksiyalovchi moddagato‘kiladi. «Nazorat fag» probirkasidan ham 0,5 ml olib tashlanadi. Fagni suyultirishda 1—2 ml.li pipetkalardan foydalaniladi. Probirkadagi suyuqliklaming hajmi bir xil qolishi lozim.
«Nazorat fag» probirkasidan tashqari, barcha probirkalarga 1 tom- chidan (0,05 ml) test-kulturadan solib chiqamiz, so‘ngraprobirkalami chayqatamiz. Nazorat fag probirkasidan tashqari barcha probirkalarda biroz loyqalanish bo‘lishi kerak. Agar bunday bo‘lmasa, ishni qayta- dan bajaramiz.
Probirkalaming barchasini termostatda 37°C haroratda 18—20 soatga qoldiramiz. Vaqt o‘tgach, probirkalar termostatdan olinadi, natija nazorat probirkalardan boshlab o‘qiladi.
Nazorat kultura probirkamiz bakteriyalar bo‘linib, ko‘payishi natijasida probirkamizdagi muhit loyqalanishi yuzaga keladi. Bu taj- ribaga olingan kulturamiz bo‘linib ko‘payish xususiyatiga ega ekan- ligini va oziqa muhit uning rivojlanishini qoniqtira olishini ko‘rsa- tadi. Nazorat fag probirkasi tiniq qolishi kerak. Bu muhit, probirkalar va fagning sterilligidan dalolat beradi.
Nazorat probirkalarimizda shunday o‘zgarishlar bo‘lsagina, tajriba probirkalari tekshiriladi. Agar tajriba probirkalarimizda kultura o‘sgan bo‘lsa, bu fagning yo‘qligini yoki kamligini ko‘rsatadi. Fagning titri aniqlanadi, ya’ni kultura lizisga uchragan eng yuqori suyultirish darajasi aniqlanadi. Titr suyultirish darajasining teskari ko‘rsatkichi bilan belgilanadi, bu probirkaning tartib raqamiga to‘g‘ri keladi. Masalan, agar 7-probirkamiz tiniq bo‘lgan bo‘lsa, fagning titri 1(G darajasiga to‘g‘ri keladi.
Gratsia usulida fag titrini aniqlash (zich oziqa muhitida). Bu usul titrlanayotgan materialda faglarning miqdoriy titrini aniqlashga yordam beradi. Bunda har bir fag lizis zonasini berishga asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |