Yuqori darajali o‘simliklardan olinadigan antibiotik moddalar. 1928- yilda T.P. Tokin yuqori darajali o‘simliklaming ko‘pchiligi uchib ketadigan mikroblarga antimikroblar ta’sir ko‘rsatish xossasiga ega bo‘lgan moddalarni hosil qilishlarini aniqlagan.
Fitotsidlar — uchuvchi efir moylari bo‘lib,juda chidamsiz. Ularni sof holda ajratib olish o‘ta murakkab. Fitotsidlar — piyoz, sarimsoq, evkalipt va lishaynik barglaridan, sariqchoy o‘tlaridan ajratib olinadi. Shuningdek, rediska, aloe, xren o‘simligi va boshqa o‘simliklarda ham aniqlangan. Tibbiyot amaliyotida fitotsidlarning qo‘llanilishi chega- ralangandir, chunki yaxshi tozalangan, kam zaharli va chidamli pre- paratlarni tayyorlashning iloji topilmagan.
Mikroorganizmlarning antibiotikka nisbatan chidamliligi. Ko‘pgina antibiotiklar bilan davolanganda, antibiotikka sezuvchan mikroorga- nizmlaming chidamli shaklda aylanishi sodir bo‘ladi. Bakteriyalaming antibiotik orttirilgan chidamliligi yangi tug‘iladigan bakteriya hujayrasiga nasldan naslga o‘tadi.
Chidamlilikning hosil bo‘lish mexanizmi turlichadir. Ko‘p hol- larda chidamlilik bakteriyalaming fermentlami sintezlashiga, ma’lum antibiotik moddalarning parchalanish xossasiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, stafilokokklarning penitsillinga chidamliligi, ularning antibiotik parchalovchi penitsillinaza fermentini hosil qilish xususiyati bilan asoslanadi. Ichak tayoqchasi, proteriyava boshqa ichakbakteriyalari oilasiga penitsillinaza konstitutiv (doimiy) ferment hisoblanadi, ularning penitsillinga tabiiy ravishda chidamliligini yaratib beradi.
Bakteriyalaming ko‘pgina dorilarga chidamliligi aniqlangan, ya’ni bakteriya hujayrasi bir qancha antibiotiklarga chidamlilik xossasiga ega bo‘lishi mumkin. Antibiotik ta’sirida bakteriyaning morfologik, kultural, biologik xossalari o‘zgaradi, ya’ni bakteriyaning «L» shakli yuzaga keladi. Antibiotikoterapiyaning sifati bakteriyalaming qo‘llani- layotgan preparatning sezuvchanlik darajasiga bog‘liq. Shuning uchun davolashda, avval mikroblarning antibiotikka sezuvchanligi aniqlanadi.
Mikroorganizmlarning antibiotiklarga sezuvchanligini o‘rganish
Klinik amaliyotda mikroorganizmlarga bakteriotsid va bakteriostatik ta’sir ko‘rsata oladigan antibiotiklargina qo‘llaniladi. Har qanday laboratoriya tekshiruvchilarida mikroorganizmning antibiotik sezuvchanlik mezoni bo‘lib, tajribada kasallik minimal konsentratsiyasi hisoblanadi. Dorilaming sezuvchanligini aniqlash uchun qo‘zg‘atuv- chining sof kulturasidan foydalaniladi. Sezuvchanlikka tekshirish uchun bemomi antibiotiklar bilan davolashdan oldin organizmdan mikrob kulturasini ajratib olishimiz lozim, chunki ular ta’sirida kasallik qo‘z- g‘atuvchilarini to‘liq yo‘qotish mumkin.
Mikroorganizmlarning antibiotik sezuvchanligi agar-agarda standart disklar yordamida diffuz usuli yoki suyuq oziqa muhitida seriyalab suyultirish usulida aniqlanadi. Bunda penitsillin va streptomitsinga chidamlilik yaqqol namoyon bo‘ladi. Antibiotik terapiyaning sama- raliligi, asosan, bakteriyaning qo‘llanilayotganpreparatlarga chidamlilik darajasiga bog‘liqligi bilan aniqlanadi. Shuning uchun bemor organizmidan ajratib olingan mikroorganizm kulturasining davolash uchun qo‘llaniladigan turli xil antibiotiklarga sezuvchanligi aniqlanadi.
Antibiotiklaming ta’sir etishjarayonida bakteriyalarning morfologik, kultural, biologik xossalari o‘zgarishi, yangi shakldagi bakteriyalar hosil bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |