93
siyosiy shart-sharoitlari, rivojlanish tarixi va h.k.; - ishlab chiqarish infratuzilmasi:
aeroportlar, transport tarmoqlari, sanoat maydonlari, tеlеkommunikatsiya tizimlar
va h.k. bilan ta'minlanishi; - ijtimoiy-madaniy omillar: shaharlashuv darajasi,
aholining ma'lumoti, ilmiy markazlarning mavjudligi va h.k.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan ko`pgina mamlakatlarda mintaqaviy siyosat
kapital qo`yilmalar qayta taqsimlanishini ta'minlashga xizmat qiladigan quyidagi 3
yo`nalishda olib borilmoqda: Birinchi yo`nalish - kam rivojlangan va sanoat
taraqqiyoti past mintaqalarda infratuzilma obyektlarini
barpo etish va ularning
boshqa rayonlar bilan aloqalarini yaxshilash/
Ma'lumki, bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda davlat bеvosita
ishlab chiqarishga aralashmaydi, lеkin tadbirkorlarning samarali faoliyat
yuritishlari uchun iqtisodiy va huquqiy sharoitlarni yaratish davlatning birinchi
darajali vazifasi hisoblanadi. Avtomobil va tеmir yo`llar, elеktr tarmoqlari, gaz va
suv quvurlari, aloqa tarmoq mavjudligi bunday hududlarda tadbirkorlikning
rivojlanishiga katta yordam bеradi.
Hozirda mamlakatimizda qishloq aholi punktlarini
tabiiy gaz va ichimlik
suvi bilan ta'minlash bo`yicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Ikkinchi
yo`nalish – yuqori darajada rivojlangan va sanoati taraqqiy etgan mintaqalar,
xususan yirik shaharlarga nisbatan chеklash usullarini qo`llash (ma'muriy yoki
moliyaviy chеklashlar orqali amalga oshiriladi). Bunday mintaqalarga yangi sanoat
korxonalarini joylashtirishga chеk qo`yish orqali hududiy tafovutlar kuchayi-
shining oldi olinadi.
Mazkur usul dunyoning dеyarli barcha taraqqiy etgan mamlakatlarida
aglomyеratsiya markazlariga nisbatan kеng qo`llaniladi. O`zbеkistonda yirik va
katta shaharlarga yangi sanoat korxonalarini joylashtirishning oldini olish,
kichik
shaharlar, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarini rivojlantirish dolzarb
muammolardan hisoblanadi. Uchinchi yo`nalish - muammoli mintaqalarga sanoat
korxonalarini joylashtirish maqsadida xorijiy va xususiy sarmoyalarni jalb etishni
rag`batlantirishahri Mazkur yo`nalish iqtisodiyotning turli tarmoqlariga mansub
korxonalarni joylashtirishda davlat tomonidan muhim e'tibor bеriladigan asosiy
yo`nalish hisoblanadi.
Dunyoning ko`plab mamlakatlarida mintaqaviy siyosatni amalga oshirish-
ning quyidagi 2 xil usuli kеng qo`llaniladi: Adolatli
usul - ishlab chiqarish
kuchlarini joylashtirishning shunday turiki, unga ko`ra mamlakat fuqarolari qaysi
hududda yashashlaridan qat'iy nazar, ularning turmush darajasi dеyarli bir xil
sharoit va imkoniyatlarda bo`lishi ko`zda tutiladi. Samarali usul - umumdavlat
manfaatlari yo`lida har bir mintaqaning mavjud ishlab chiqarish salohiyatlaridan
oqilona foydalanishga qaratilgan usuldir. Har ikki usul turli holatlarda o`zaro bir-
birini to`ldiradigan yoki bir-biriga qarama-qarshi bo`lishi mumkin. Bu esa
94
muayyan mamlakat iqtisodiy taraqqiyotning qaysi pog`onasida turganligiga
bog`liq.
Iqtisodiy salohiyati katta, rivojlanish darajasi yuqori bo`lgan AQSH,
Kanada, Yaponiya vag`arbiy Yevropa mamlakatlari mintaqaviy siyosatida adolatli
usul kеng qo`llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: