Yog‘och buyumlarni biriktirish uchun yelimlar. Yog‘och buyumlarni biriktirish uchun karbamid yelimlaridan foydalaniladi. Biriktirish qotirgichlaridan foydalanilgan holda xona haroratida (16–24 soat) yoki bir oz qizdirib bajariladi. Biriktiriladigan detal-
302
lar bir-biriga 0,05–0,5 MPа (0,5–5,0 kgk/sm2) bosim bilan siqilishi kerak. Kirishishni kamaytirish uchun to‘ldirgichlar qo‘shiladi.
Yuqori haroratlarda ishlatiladigan yelimlar. Yuqori harorat-larda ham ishlay oladigan birikmalar hosil qilish uchun kremniyor-ganik birikmalar asosida tayyorlangan yelimlardan foydalaniladi. Ular ichida issiq holda ham, sovuqlayin ham qotadigan yelimlar bor (sovuqlayin qotadigan yelimlarning issiqqa chidamliligi past) BK–8, BK–15 yelimlari bilan hosil qilingan birikmalarni qisqa muddat 1000–1200C gacha qizdirish mumkin. So‘nggi yillarda epoksid yelimlar va pastalar keng tarqaldi. Ular yordamida istalgan materiallarni o‘zaro va boshqa materialga mustahkam biriktiriladi. Ular bilan sovuqlayin ham, issiq holda ham biriktirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |