Poliefirakrilatli yelimlar. Poliefirakrilatli yelimlar (masalan, siakrin)ning yopishtirish xossalari juda yuqori bo‘lib, u bilan istal-gan materialni biriktirish mumkin. Xona haroratida bir daqiqada qotadi. Uning suvga chidamliligi past bo‘lganligidan kam ish-latiladi. Fenolkauchuk asosida olingan, qaynoq holda qotadigan yelimlarni yopishtirish xossalari yaxshi. 130–200°C haroratda va 0,5–1,2 MPa (5–12 kgk/sm2) bosim ostida 1–4 soat mobaynida qotadi. Xona haroratida 24 soat, qizdirilganida esa 4 soat mobayni-da qotadigan poliuretan asosida tayyorlangan yelimlar zaharliligi tufayli kam ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |