08.05.2022, 17:51
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi
https://lex.uz/docs/-111460
57/232
Agar ish bo‘yicha to‘plangan dalillar ish uchun ahamiyatga molik ma’lumotlar olinishi
mumkinligiga yetarli darajada asos bo‘la olsa, surishtiruvchi, tergovchi
telefonlar va boshqa
telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni
eshitib turish,
ular orqali
uzatiladigan axborotni olish to‘g‘risida qaror chiqarishga haqlidir.
170-modda. Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan
so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish tartibi
Gumon
qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining telefonlari va boshqa telekommunikatsiya
qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarini eshitib turish, ular orqali
uzatiladigan axborotni
olish surishtiruvchining, tergovchining prokuror tomonidan sanksiya berilgan qaroriga yohud
sudning ajrimiga binoan amalga oshiriladi.
Jabrlanuvchiga, guvohga, xuddi shuningdek ularning qarindoshlari va yaqinlariga nisbatan
kuch ishlatish, tovlamachilik yoki boshqa qonunga xilof harakatlar sodir etish xavfi mavjud bo‘lgan
taqdirda, ushbu shaxslarning arizalari bo‘yicha yohud ularning yozma roziligi hamda prokurorning
sanksiyasi bilan yoki sudning ajrimiga ko‘ra ularning telefonlari yohud boshqa telekommunikatsiya
qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni
olish amalga oshirilishi mumkin.
Kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda surishtiruvchi, tergovchi prokurorni keyinchalik darhol
yozma
ravishda xabardor qilgan holda, uning sanksiyasisiz telefonlar va boshqa
telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali
uzatiladigan axborotni olish to‘g‘risidagi qarorni maxsus vakolatli davlat organiga yuborishga haqli.
Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib
turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish haqidagi prokuror tomonidan
sanksiya berilmagan
qaror bir sutka davomida qonuniy kuchga ega bo‘ladi.
Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni
eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish to‘g‘risidagi qarori yoki ajrimi unda eshitib
turiladigan axborotning xususiyati hamda hajmi, shuningdek so‘zlashuvlarni eshitib turish,
ma’lumotlar uzatilishini olib borishni va natijalarini
qayd etish shakli belgilanib, ushbu qaror yoki
ajrim maxsus vakolatli davlat organiga ijro etish uchun yuboriladi. Telefonlar va boshqa
telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali
uzatiladigan axborotni olish olti oydan ortiq davom etishi mumkin emas.
Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni
eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish chog‘ida olingan axborot qayd etilishi
(yozilishi) kerak. Qayd etilgan axborot (yoki yozuv) tergov harakati bayonnomasiga qo‘shib qo‘yilishi
lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: