Asosiy qoidalar


-modda. Dastlabki tergovni tergovchilar guruhiga topshirish



Download 6,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/335
Sana29.05.2022
Hajmi6,36 Mb.
#615419
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   335
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

354-modda. Dastlabki tergovni tergovchilar guruhiga topshirish
Jinoyat ishi ko‘p mehnat talab etsa, juda murakkab yoki o‘ta dolzarb bo‘lsa, prokuror yoki
tergov bo‘linmasining boshlig‘i shu ish bo‘yicha dastlabki tergov yuritishni doimiy yoki maxsus
tuzilgan tergov guruhiga topshirishi mumkin. Bunday topshiriq haqida qaror chiqarilishi lozim
bo‘lib, unda tergov guruhining rahbari va a’zolari ko‘rsatiladi. Basharti dastlabki tergovni
tergovchilar guruhiga topshirish to‘g‘risidagi qaror jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror bilan
ayni bir vaqtda qabul qilingan bo‘lsa, ikkala masala bir qarorning o‘zida bayon etiladi. Guruh
tarkibida o‘zgarishlar bo‘lganda va guruh rahbari o‘zgartirilganda ham qaror chiqariladi.
355-modda. Tergovchilar guruhi rahbarining vakolatlari
Guruh rahbari bo‘lgan tergovchi jinoyat ishini o‘z yuritishiga qabul qilib oladi va dastlabki
tergovning umumiy yo‘nalishi va pirovard natijasi uchun, shuningdek jinoyat protsessining shu


08.05.2022, 17:51
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi
https://lex.uz/docs/-111460
129/232
bosqichida bajariladigan har bir harakat va qarorning qonuniy hamda asoslangan bo‘lishi uchun
to‘la javobgar bo‘ladi.
Guruh rahbari bo‘lgan tergovchi:
1) ishni o‘zi rahbarlik qilayotgan tergovchilarga taqsimlab beradi, ularning har biri bajaradigan
ish qismi yoki tergov yo‘nalishini belgilaydi, ayrim tergov harakatlari bajarishni topshirib, ularni ijro
etish muddatini belgilaydi;
2) shaxsan o‘zi tergov harakatlarini bajaradi va rahbarligi ostidagi tergovchilar o‘tkazayotgan
ayrim tergov harakatlarida ishtirok etadi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
3) qarorlar chiqaradi, shu jumladan shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb
qilish, qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida iltimosnomalar
qo‘zg‘atish, ishni to‘la yoki uning biror qismini tugatish yoxud to‘xtatish haqida qarorlar chiqaradi;
(355-moddaning ikkinchi qismi 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-
373-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
4) prokurorning ko‘rsatmalari ijro etilishini ta’minlaydi, ushbu Kodeks 36-moddasining
uchinchi qismida 
nazarda tutilgan hollarda ishni o‘z e’tirozlari bilan birga yuqori turuvchi
prokurorga yuboradi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
5) tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarga va tezkor-qidiruv faoliyatini
amalga oshiruvchi organlarga tergov harakatlarini yoki tezkor-qidiruv tadbirlarini olib borish
to‘g‘risida topshiriqlar va ko‘rsatmalar beradi, shuningdek ulardan tergovchilar bajarayotgan tergov
harakatlarini o‘tkazishda yordam berishni talab qiladi, o‘z topshiriqlari, ko‘rsatmalari, talablari
bajarilishi ustidan nazorat qilib boradi;
(355-modda ikkinchi qismining 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-
442-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
6) jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf
qilish choralari to‘g‘risida taqdimnomalar yuboradi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
7) ayblov xulosasini tuzadi yoki tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash uchun ishni
sudga yuborish to‘g‘risida qaror chiqaradi va tasdiqlash uchun ularni ish bilan birga prokurorga
yuboradi yoxud amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini tugatish to‘g‘risida sudga iltimosnoma kiritish
haqida prokurorga taqdimnoma kiritadi.
(355-modda ikkinchi qismining 7-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 22-dekabrdagi O‘RQ-
193-sonli 
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 509-modda)

Download 6,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   335




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish