Anorgul atajonova


Mavzuni o‘zlashtirish uchun mustaqil topshiriq



Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/276
Sana12.01.2021
Hajmi1,23 Mb.
#55243
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   276
Bog'liq
hozirgi ozbek adabiy tili

 
Mavzuni o‘zlashtirish uchun mustaqil topshiriq 
 
1.  "O‘zbekiston  milliy  ensiklopediyasi"  dan  o‘zingizning  ona 
shahringiz haqidagi ma’lumotni topib daftaringizga ko‘chirib oling.  
2.  Kutubxonadan  kirib  o‘zbek  tilidagi  filologik  lug‘atlardan  birini 
tanlab, o‘sha lug‘at haqida ma’lumot yozing. 
3.  Alpoz-alfoz,  omonim-anonim,  bob-bop,  davo-da’vo  so‘zlarni 
"Paronimlar lug‘ati" dan izohi bilan daftaringizga ko‘chiring. 
 
 


 
60
BIR TILLI VA IKKI TILLI LUG‘ATLAR 
 
Bilib oling!  Ko‘p  tilli  yoki  tarjima  lug‘atlar
.
  Bunday 
lug‘atlarda bir tilga oid tushuncha ikki, uch, ba’zan hatto to‘rt tildagi 
muqobillari  bilan  beriladi  va,  asosan,  til  o‘rganish  hamda  tarjima 
ishlarida  manba  sifatida  xizmat  qiladi.  Ko‘p  tilli  lug‘atning  ilk 
namunasini  buyuk  vatandoshimiz  va  betakror  leksikograf  Mahmud 
Zamaxshariy tuzgan edi. Uning 1137-yilda tugatgan "Muqaddimat ul-
adab"  ("Adabiyotga  kirish")  lug‘ati  4  tilli  bo‘lib,  forsiy  so‘z 
chig‘atoy, mo‘g‘ul va turk tillaridagi muqobillari bilan beriladi. Jahon 
lug‘atshunosligi  o‘shandan  beri  Mahmud  Zamaxshariyning  lug‘atni 
alifbe asosida tartib berishi an’anasiga amal qilib keladi. Ikki tomlik 
"Ruscha-o‘zbekcha"  (1983-84),  "O‘zbek-ruscha  lug‘at"  (1959  va 
1988),  "Ruscha-tojikcha  lug‘at"  (1985),  shuningdek,  inglizcha-
ruscha-o‘zbekcha;  nemischa-o‘zbekcha;  o‘zbekcha  -  tojikcha; 
arabcha - o‘zbekcha lug‘atlar ham shunday xususiyatga ega. 
XIX  asr  oxiri  va  XX  asr  1-choragida  turli  xil  sabab  va 
ehtiyojlar, davr taqozosi bilan Turkistonda ikki tilli lug‘at rivoj topdi, 
o‘nlab  ruscha-o‘zbekcha,  o‘zbekcha-ruscha  lug‘atlar,  so‘zlashgichlar 
nashr ettirilgan. V.I.Nalivkin va M.Nalivkinalarning 1884-1912-yillar 
mobaynida  bir  necha  marta  nashr  etilgan  "Russko-sartovskiy  i 
sartovsk-russkiy  slovar"  (Ruscha-sartcha  va  sartcha-ruscha  lug‘at), 
Ashurali  Zohiriy  tomonidan  1927-yilda  nashr  ettirilgan  2  jildli 
"Ruscha-o‘zbekcha 
mukammal 
lug‘at" 
keyingi 
davrlarda 
O‘zbekistonda  yaratilgan  ikki  tilli  lug‘atlar  uchun  asos  bo‘ldi. 
Ayniqsa,  o‘zbek  tiliga  davlat  maqomi  berilgan  mustaqillik  yillarida 
o‘zbek  lug‘atchiligi  yanada  shiddatli  rivojlanish  pallasiga  kirdi.  Bu 
davrda  lug‘atchilikning  yangidan  yangi  ko‘rinishlari  paydo  bo‘la 
boshladi.  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  huzurida 
lug‘atchilikni  tartibga  soluvchi  maxsus  Atamalar  qo‘mitasi  tuzildi. 
Qo‘mita qisqa muddatda qator xayrli ishlarni amalga oshirdi. Natijada 
hozirgi kungacha 10 ga yaqin xorijiy til bilan o‘zbekcha qiyoslovchi 
xilma-xil  tarjima  lug‘atlari,  fan  sohalariga  oid  100  dan  ziyod  lug‘at 
bir, ikki va uch tilli terminologik lug‘atlar bunyodga keltirildi. XX asr 
o‘zbek  lug‘atchiligi  rivojiga  A.Zohiriy,  A.Qodiriy,  Y.D.Polivanov, 
A.K.Borovkov, 
V.V.Reshetov, 
S.Ibrohimov, 
Olim 
Usmon, 
Z.Ma’rufov, 
Sh.T.Rahmatullayev, 
N.Mamatov, 
A.Hojiyev, 
T.Aliqulov va boshqalar munosib hissa qo‘shdilar.  
 


 
61

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish