65
76-mashq. Nuqtalar o‘rniga qavs ichidagi mos qo‘shimchani qo‘yib,
gaplarni ko‘chiring.
1. Rais qo‘llarini orqaga qo‘yib, katta qo‘rada unga-bunga ko‘z
tashlab, otboqar yo arava...(-chi, -soz, -kash)lar bilan u-bu to‘g‘risida
so‘zlashib, kimni otalarcha koyib, kimni maqtab, asta yura boshladi. 2.
Xobgohdan ikki xona narida hashamat...(-li, -lik, -kor) tanobiy uyda
allaqachon tuzib qo‘yilgan dasturxon Mirzoga muntazir edi. 3. Pastda
qamishzor, botqoq...(-cha, -lik, -zor) va uning ustidan o‘tgan uzun yog‘och
ko‘prik bor edi. 4. Biz tavakkalchi qimor...(-chi, -boz, -paz) emasmiz. 5.
Biz xalq ishonch bildirib saylagan rahbarlarmiz. 6. Mard...(-chi, -lik, -kor)
– bu ezgu tuyg‘u, muqaddas fazilat, tabarruk meros. 7. Uning joziba...(-li, -
lik, -dor) chehrasidagi alomat shodlikmi, qayg‘umi, payqab bo‘lmas edi.
Do'stlaringiz bilan baham: