O‘zbek tili leksikasining boyish manbalari
62-mashq. "Hikmat"ni o‘qing, o‘z va o‘zlashma so‘zlarni topib
jadvalni to‘ldiring.
Hikmat
Ey aziz! Bilginki, haqiqiy suhbat odamning qalbiga qarab bo‘ladi,
ya’ni odamni dilida birovning dilidan yo‘l ochilmaguncha ikki kishining
orasida haqiqiy suhbat, muhabbat va payvandlik hosil bo‘lmaydi. Shuning
uchun donolar: "Dildan dilga yo‘l bor" degan maqol to‘qishgan. Dil dilni
topgandagina ular bir-birining ahvoliga tushunadi, shundagina haqiqiy
suhbat, sof do‘stlik paydo bo‘ladi. Jaloliddin Rumiy o‘z masnaviylarida
pokiza suhbatni quyidagicha ta’riflagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |