Bilib oling! Ravishdosh ish-harakat, holatning belgisini bildiradi.
Ravishdosh fe’lga bog‘lanib, gapda ko‘pincha kesim, ba’zan hol bo‘lib
keladi. (Bilmayin bosdim tikanni - hol. Ishning boshi boshlanguncha -
kesim.)
Ravishdoshlar bo‘lishli - bo‘lishsizlik, nisbatni bildira oladi: aytib -
bo‘lishli, aniq nisbatda, yozdirmay - bo‘lishsiz, orttirma nisbatda.
Ravishdosh ma’noga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Holat ravishdoshlari -b, -ib, -a, -y, -gudek qo‘shimchalari orqali
yasaladi: o‘qib, aytib, ayta-ayta, yig‘lay-yig‘lay.(-a, -y qo‘shimchali
ravishdosh asosan takror holda qo‘llanadi.)
Ravishdoshning bo‘lishsiz shakli -may, -mayin qo‘shimchasi bilan
hosil qilinadi (sezib aytdi- sezmay aytdi, bilib - bilmayin.)
2. Payt ravishdoshlari -gach, -kach, -qach, -guncha, -kuncha, -
quncha qo‘shimchalari orqali yasaladi. (Qosh qorayguncha uyga etib
keldik. Kechga yaqinlashgach, havo aynidi.)
Payt ravishdoshining bo‘lishsiz shakli -ma qo‘shimchasi orqali
yasaladi: aytguncha - aytmaguncha, kelgach - kelmagach.
3. Maqsad ravishdoshi -gani, -kani, -qani, she’riyatda ba’zan -
Do'stlaringiz bilan baham: |