8. Quyidagi gapda qo‘llangan sifatdoshning zamonini aniqlang.
Terakzorda chalinayotgan musiqa tobora yaqqol eshitilardi.
A) o‘tgan zamon;
B) hozirgi zamon;
C) kelasi zamon;
D) sifatdosh qo‘llanmagan.
9. Otlashgan sifatdosh qo‘llangan gapni toping.
A) Men she’rga soldim aytar so‘zimni, Baxtiyor sezaman g‘oyat
o‘zimni;
B) U bugungi pochtani indamay ko‘ra boshladi;
C) To‘tixon xatni ko‘zlariga surtar, o‘par, hidlar edi;
D) Chaqirilganlar ro‘yxatga tirkalgandir.
10. Bilgan topib so‘zlar, bilmagan qotib. Bu gapdagi sifatdoshning
qaysi bo‘lak vazifasida kelganini aniqlang.
A) ega;
B) to‘ldiruvchi;
C) kesim;
D) hol.
Mavzuni o‘zlashtirish uchun mustaqil topshiriq
1. "Ustoz otangdan ulug‘" mavzusida 10 - 12 ta gapdan iborat ijodiy
matn tuzing.
2. Ijodiy ishingizda sifatdoshlardan foydalaning.
3. Matnda ishtirok etgan sifatdoshlarning zamonini va gapdagi
vazifasini aniqlang.
140
Do'stlaringiz bilan baham: |