Anorgul atajonova



Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/276
Sana12.01.2021
Hajmi1,23 Mb.
#55243
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   276
Bog'liq
hozirgi ozbek adabiy tili

Mir Arab madrasasi 
 
Buxorodagi  me’moriy  yodgorliklardan  biri  Mir  Arab  madrasasidir. 
Bu  muhtasham  bino  Buxoro  xoni,  mumtoz  shoir  Ubaydullaxon  in’om 
etgan  mablag‘  hisobiga  Shayx  Abdulla  tomonidan  qurilgan.  Mir  Arab  22 
yoshida  Samarqandga  kelib  Xoja  Ahrorga  shogird  tushgan.  U 
naqshbandiya  tariqatining  rivojiga  katta  hissa  qo‘shgan.  Madrasa 
qurilishini  nihoyasiga  yetkaza  olmagan.  1536-yil  boshida  Mir  Arab  vafot 
etgan.  Uning  vasiyatiga  ko‘ra  kuyovi  Shayx  Zakariyo  qurilishni  oxiriga 
yetkazgan. 
Madrasa Minorayi Kalonning qarshisida joylashgan. Bosh tarzi ulkan 
peshtoqli,  darvozasi  orqasida  besh  gumbazli  miyonsaroy,  ikki  yonida 
baland  gumbazli  keng  darsxona  va  masjid  shuningdek,  go‘rxona 
joylashgan.  Koshinkori  naqshlar  yozuvlar  bilan  uyg‘unlashgan 
(saqlanmagan).  Go‘rxona  shipi  va  devorlari  ganch  o‘ymakorligida 
bezatilgan. 
Go‘rxonada  Ubaydullaxonning  yog‘ochdan  hotamkori  usulida 
ishlangan sag‘anasi va Mir Arab, uning qarindoshlari qabrlari bor.  
Madrasa  hovlisi  to‘rtburchak  shaklida  bo‘lib,  atrofini  oldi  ravoqli, 
ikki oshiyonli 114 hujra o‘rab turadi. 
Rivoyatlarga ko‘ra, madrasa asosi chuqur qilinib, tog‘ toshlari bilan 
mustahkamlangan. Qor, yomg‘ir suvini qochirish uchun tazarlar ishlangan, 
ular orqali suvlar shahar qo‘rg‘onidan tashqariga chiqarilgan. 
Mir  Arab  madrasasida  O‘rta  Osiyo  diniy  maktablari  qurilishiga  xos 
an’anaviy loyiha va mujassamot o‘z ifodasini topgan. 
Buxoroning  2500-yilligi  munosabati  bilan  madrasa  peshtoqi  va 
gumbazlaridagi  to‘kilib  ketgan  koshinkori  naqshlar  va  yozuvlar  qayta 
tiklandi.  Hozirgi  paytda  binoda  diniy  o‘quv  yurti  joylashgan.  Madrasada 
o‘quvchilar islom dinidan saboq oladilar. 
Madrasa  O‘zbekiston  musulmonlari  idorasi  tasarrufida.  O‘quv 
muddati to‘rt yil. O‘quv yurti kunduzgi bo‘limga 15 yoshdan 35 yoshgacha 
bo‘lgan o‘rta va to‘liqsiz o‘rta ma’lumotli kishilarni o‘qishga qabul qiladi. 
O‘quv  yurtida  diniy  fanlar  hamda  umumta’lim  fanlari  o‘qitiladi. 
O‘quvchilarga  arab,  ingliz,  rus  va  fors  tillari  ham  o‘rgatiladi.  Darslar 
o‘zbek va arab tillarida olib boriladi.  


 
124
 
Bilib oling!  Ish-harakat  bilan  uning  bajaruvchisi  orasidagi 
munosabatning ifodalanishi fe’l nisbati deyiladi. 
Ular  5  xil:  aniq  nisbat,  o‘zlik  nisbat,  majhul  nisbat,  birgalik  nisbat, 
orttirma nisbat. 

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish