8. Bo‘lishsiz fe’llar qaysi qatorda berilgan? A) qiziqmoq, kiyinmoq, bajarmoq;
B) egallamoq, aytmoq, sezmoq;
C) ulug‘lamoq, to‘xtatmoq, eslamoq;
D) bormoqchi emas, o‘qimay qo‘ydi, qurmagan.
9. Tasdiq ma’nosi (bo‘lishlilik)ni ifodalovchi fe’l qaysi gapda qo‘llangan? A) Oftob ko‘rinmas edi;
B) Buyuk ishlar birdan qilinmaydi;
C) Munisxon va’da bergan vaqtda kelmay qolmaydi;
D) Agar maqsadsiz bo‘lsang, hech narsa qilolmaysan.
10. Fe’l qaysi qatorda kesim vazifasini bajargan? A) Ikki o‘n besh-bir o‘ttiz;
B) Opamning qizi sakkiz yoshda;
C) Akamning zehni juda o‘tkir;
D) Izlagan imkon topadi.