Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. So‘z yasalishi deganda nimani tushunasiz?
2. So‘z yasalishi tizimi qanday qismlarni o‘z ichiga oladi?
3. So‘z yasalishining tizimi bilan so‘zning morfemik tuzilishi
o‘rtasidagi farqni ayting.
4. Tilak, ishchi, o‘roq so‘zlaridagi yasashga asos bilan yasalma
o‘rtasidagi mazmuniy bog‘lanishni tushuntiring.
Mavzuni o‘zlashtirish uchun mustaqil topshiriq
1. Badiiy asardan 30-40 so‘zdan iborat matn tanlab, undagi yasama
so‘zlarni ajratib ko‘rsating.
2. Yasama so‘zlar qatnashgan maqollardan misollar yozing.
3. Matnni o‘qing. Unda ishtirok etgan so‘zlarning yasalish tizimini
ko‘rsating. Matn mazmunini so‘zlab bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |