Amanov akram mirzayevich zaripov xusan baxodirovich "soliqlar va soliqqa tortish" fani


-bob. Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi faoliyatini



Download 4,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/126
Sana12.06.2022
Hajmi4,86 Mb.
#657848
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   126
Bog'liq
fayl 1707 20210831

7-bob. Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi faoliyatini 
tashkil qilish 
22. Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasiga O‗zbekiston 
Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va 
lavozimdan ozod qilinadigan boshliq boshchilik qiladi.
23. Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‗i: 
davlat soliq boshqarmasining faoliyatiga rahbarlik qiladi 
hamda davlat soliq boshqarmasiga yuklatilgan vazifalar va 
funksiyalarning bajarilishi uchun javob beradi; 
o‗ziga yuklangan vazifalar amalga oshirilishini ta‘minlaydi, 
o‗ziga bo‗ysunuvchi bo‗linmalar faoliyatini tashkil etadi
muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
boshqarma tarkibiy tuzilmalari, o‗ziga bo‗ysunuvchi hududiy 
davlat soliq xizmati organlari rahbarlari va xodimlarining 
javobgarlik darajasini belgilaydi;
belgilangan vakolatlar doirasida O‗zbekiston Respublikasi 
qonunlari, O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari 
qarorlari, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, 
qarorlari va farmoyishlari, O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa qonun 
hujjatlari, shuningdek Davlat soliq qo‗mitasining ichki idoraviy 
hujjatlari asosida va ularni bajarish yuzasidan Toshkent shahar 
davlat soliq xizmati organlari tomonidan bajarilishi majburiy 
bo‗lgan buyruqlar chiqaradi, topshiriqlar va ko‗rsatmalar beradi; 
Davlat soliq qo‗mitasi bilan kelishilgan holda Toshkent shahar 
davlat soliq boshqarmasi va davlat soliq inspeksiyalarining shtatlar 
jadvalini boshqaruv xodimlarining belgilangan soni hamda 
yordamchi xodimlarning amaldagi hisob normativlari va mehnatga 
haq to‗lash fondi doirasida tasdiqlanadi.
xodimlarning cheklangan soni va mehnatga haq to‗lash fondi 
doirasida Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi va davlat soliq 


115 
inspeksiyalari tuzilmasiga belgilangan tartibda o‗zgartirishlar 
kiritish huquqiga ega bo‗ladi;
Davlat soliq qo‗mitasi tomonidan tasdiqlanadigan Davlat soliq 
inspeksiyasi to‗g‗risidagi namunaviy nizom asosida Toshkent 
shahrining davlat soliq inspeksiyalari to‗g‗risidagi nizomlarini 
tasdiqlaydi;
Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi hamda inspeksiyalari 
xodimlarini 
belgilangan 
tartibda 
lavozimga 
tayinlaydi 
va 
lavozimdan ozod qiladi;
alohida o‗rnak ko‗rsatgan xodimlarni respublika davlat 
mukofotlarini va davlat soliq xizmati organlarining mansabdor 
shaxslari uchun O‗zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan 
belgilangan maxsus unvonlarni berish uchun Davlat soliq 
qo‗mitasiga tavsiya qiladi; O‗zbekiston Respublikasining davlat 
organlari, muassasalari va tashkilotlari bilan bo‗ladigan 
munosabatlarda Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi nomidan 
ish olib boradi. Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‗i 
unga berilgan vakolatlar doirasida boshqa huquqlarga ham egadir.
24. Soliqqa oid qonun hujjatlarini qo‗llashning eng murakkab 
va munozarali masalalari bo‗yicha qarorlar tayyorlash, yuqori 
malakali maslahatlashuvlar o‗tkazish uchun Toshkent shahar davlat 
soliq boshqarmasida maslahat-ekspert kengashi tashkil etiladi. 
Davlat 
soliq 
boshqarmasining 
maslahat-ekspert 
kengashi 
to‗g‗risidagi Nizom Davlat soliq qo‗mitasi tomonidan tasdiqlanadi. 
Maslahat ekspert kengashiga davlat soliq boshqarmasi boshlig‗ining 
o‗rinbosari rahbarlik qiladi.
25. Davlat soliq boshqarmasiga aholi o‗rtasida tushuntirish va 
profilaktika ishlarini amalga oshirish uchun o‗zining bosma 
organini ta‘sis etish va nashr qilish huquqi berilgan.
26. Davlat soliq boshqarmasida ajratilgan byudjet mablag‗lari 
limiti hamda Davlat soliq qo‗mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy 
muhofaza, soliq organlarini rivojlantirish va ko‗zda tutilmagan 
xarajatlar maxsus jamg‗armasi mablag‗lari hisobidan Davlat soliq 
qo‗mitasi tomonidan belgilangan tartibda ajratilgan mablag‗lar 
doirasida, davlat soliq xizmati organlari faoliyatining izchilligini 
ta‘minlash uchun zarur bo‗lgan foydalanish, avtotransport, axborot-


116 
hisoblash va boshqa bo‗linmalar tashkil etishi mumkin. 

Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish