Amanov akram mirzayevich zaripov xusan baxodirovich "soliqlar va soliqqa tortish" fani



Download 4,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/126
Sana12.06.2022
Hajmi4,86 Mb.
#657848
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   126
Bog'liq
fayl 1707 20210831

-
 
davlat soliq xizmatining hududiy organlari va tasarrufidagi 
tashkilotlar tomonidan moddiy va pul resurslaridan oqilona 
foydalanish 
chora-tadbirlari 
bajarilishini 
ta‘minlaydi, 
xo‘jasizlik, isrofgarchilik, davlat mablag‘larini va byudjetdan 
tashqari mablag‘larni asossiz ravishda sarflash, smeta 
intizomini buzish hollariga barham beradi. 
3-chizma 
O‟zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo‟mita 
 tashkiliy tuzilmasi 


77 
Ayrim davlatlarda esa soliq organlari ishini tashkil qilishning 
boshqacha uslublari mavjud. Jumladan, Daniyada har bir korxonaga 
soliq xizmati xodimlari guruhi biriktirilib, u korxonaning vujudga 
kelishidan to tugatilishiga qadar bo‗lgan davrda nazorat ishlarini 
amalga oshiradi. 
Davlat soliq xizmati organlari o‗z zimmalariga yuklatilgan 
vazifalarni davlatning boshqa boshqaruv organlari, davlat 
hokimiyati mahalliy organlari, fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish 
organlari, huquqni muhofaza qiluvchi, statistika va moliya 
organlari, banklar va boshqa tashkilotlar bilan o‗zaro hamkorlikda 
bajaradilar.
Mazkur organlar va tashkilotlar soliq haqidagi qonun 
hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish 
va soliqlar bo‗yicha huquqbuzarliklarga qarshi kurashda davlat 
soliq xizmati organlariga ko‗maklashishlari shart. Jumladan, Davlat 
soliq xizmati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, 
moliya organlari, banklar o‗zaro kelishib belgilangan tartibda 
soliqlar bo‗yicha huquqbuzarliklarga oid mavjud materiallar va 
huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan ko‗rilgan chora-
tadbirlar, o‗tkazilayotgan tekshiruvlar to‗g‗risida bir-birlarini 
xabardor qiladilar, shuningdek zimmalariga yuklatilgan vazifalarni 
bajarish maqsadida boshqa axborotlarni almashib turadilar.
Soliq to‗lovchilarning hisobga olinishini va soliq haqidagi 
qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni ta‘minlash 
maqsadida banklar bilan xamkorlikni amalga oshiradilar.
Jumladan, banklar xo‗jalik yurituvchi subyektlar davlat soliq 
xizmati organlarida ro‗yxatga olinganliklarini tasdiqlovchi hujjat 
taqdim etgan taqdirdagina ular uchun hisob-kitob va boshqa 
hisobvaraqlari ochishlari mumkin va bu hisobvaraqlar ochilganligi 
haqida ular ochilgan kunning ertasidan kechiktirmay mazkur 
organga xabar beradilar; xo‗jalik yurituvchi subyektlar budjet 
oldidagi o‗z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, bunday 
subyektlarning hisob-kitob raqamlari va boshqa hisobvaraqlarini 
sudning qaroriga binoan yopadilar; davlat soliq xizmati 
organlarining soliq to‗lovchi mijozlardan belgilangan muddatda 
to‗lanmagan soliqlar va jarimalarni so‗zsiz undirish to‗g‗risidagi 


78 
farmoyishlarini (inkasso topshiriqlarini) mehnatga doir huquqiy 
munosabatlardan kelib chiqadigan, alimentlar undirish haqidagi, 
mualliflik shartnomalari bo‗yicha haq to‗lashga doir, shuningdek 
hayot va sog‗liqqa yetkazilgan zararning o‗rnini qoplash haqidagi 
talablarni qondirish uchun hisobvaraqdan pul mablag‗lari 
o‗tkazilishi yoki berilishini nazarda tutadigan ijro hujjatlari 
bo‗yicha mutanosib ravishda bajaradilar; soliq to‗lovchi mijozning 
mablag‗lari bo‗lsa, uning hisobkitob yoki boshqa hisobvarag‗idan 
mablag‗larni hisobdan chiqarish operatsiyasi amalga oshirilgan kuni 
soliqlar va jarima summalarini budjet daromadiga o‗tkazadilar; 
soliq to‗lovchi — mijozlarning hisob-kitob yoki boshqa 
hisobvaraqlaridan pul mablag‗lari berish, o‗tkazish yoki ularni 
hisobdan chiqarishga doir operatsiyalarni sudning qaroriga binoan 
to‗xtatib qo‗yadi. 
Bunda, albatta, ijro hokimiyatining bir bo‗g‗ini hisoblangan 
Davlat Soliq qo‗mitasi soliq siyosati ijrosini ta‗minlashda alohida 
o‗ringa ega ekanligini qayd etish lozim. 
Soliq siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda qonun 
chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat bo‗g‗inlari bilan birga sud 
hokimiyatining bo‗g‗inlari ham alohida ahamiyatga ega.
Sud hokimiyati tomonidan qonuniy amal qilayotgan soliqlar 
vasoliqlarga tenglashtirilgan majburiy to‗lovlarning o‗z vaqtida 
byudjetga kelib tushishi ustidan nazorat o‗rnatilib, soliq 
qonunchiligi buzilishlarini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar 
qo‗llanadi. 

Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish